O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov


partiyasini elevatorda shakllantiriladi



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi


partiyasini elevatorda shakllantiriladi.   
 Buning uchun donning fizik-kimyoviy va strukturaviy, mexanika 
xususiyatlarini  hamda  texnologik  parametrlarini  barqarorlashtirish 
zarur  bo‘ladi.  Unning  yuqori  ozuqaviyligi  va  vitaminga  boyligini  ta’-
minlash  hamda  nonboplik  xossalarini  yaxshilash  uchun  esa  biokim-
yoviy xususiyatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi. Bu masalani hal etishda 
donning  shaffofligi,  vazni,  o‘lchami  bo‘yicha  tekisligi,  qattiqligi, 
kleykovina tarkibi va sifati, namligi, gaz hosil qilishi hamda gaz saqlash 
xususiyatlari kabi sifat ko‘rsatkichlari hisobga olinishi lozim. 
Shuni  aniq  aytish  mumkinki,  subyekt  tomonidan  ma’lumotlarga 
qo‘lda  ishlov  berilsa,  bu  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  un  tortish  parametr-
larini  barqarorlashtirib  bo‘lmaydi.  Amalda  uchta  ko‘rsatkichdan 
ortig‘ini  amalga oshirish imkoniyati  bo‘lmaydi. Un tortish partiyalarini  
shakllantirishda va sifatli boyitilgan un olishda ABTni qo‘llash yagona 
jarayon hisoblanadi. 
S.N.  Morev  o‘z  ishlarida  masalani  hal  etishning  eng  yaxshi 
variantini taklif etadi. U ishlab chiqqan EHM uslubi bo‘yicha barqaror-
lashtirilgan parametrli un tortish partiyalarining variantlari izlanadi (un 
zavodi elevatordagi don partiyalari haqida mashina xotirasiga kiritilgan 
ma’lumotlar asosida).  
Bu  uslub  cheklanmagan  miqdordagi  ko‘rsatkichlarni  ko‘rib 
chiqish  imkonini  beradi.  S.N.  Morev  uslubining  asosiy  afzalligi  un 
tortish  partyasini  shakllantirishda  tanlangan  mezonlarning  ratsional 
tuzilmasidir. Bu sistemaga miqdor va sifat bahosi haqidagi ma’lumot-
larni maqbul varianti kiritiladi. Miqdoriy baho un tortish aralashmasiga 
kiritish  uchun  elevatordagi  donning  partiyasiga  yo‘naltirilgan  bo‘lib, 
talablar miqdorini hamda shu partiyadagi donning umumiy sarflanishini 
aniqlaydi.  Sifat  bahosi  un  tortish  aralashmasining  sifat  ko‘rsatkichla-
ridagi ma’lum qiymatga nisbatan farq  darajasini  aniqlaydi. 
Bu  uslubni  amalga  oshirish  un  aralashmasining  uzoq  muddat 
davomida barcha asosiy sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori darajada 
barqororligini ta’minlaydi. Natijada un zavodining don tozalash va un 


130 
tortish  bo‘limlarini  texnologik  jarayonlarida  ABTni  joriy  etish  uchun 
zarur sharoitlar yaratiladi. 
Un  va  yorma  ishlab  chiqarish  jarayonida  turli  xil  omillarni  juda 
katta  miqdorini  aniqlaydi,  buning  ustiga  ularning  ko‘pini  miqdoriy 
baholash juda qiyin. Texnologik operatsiyalar bajarilishini belgilovchi 
sharoitlar tinimsiz o‘zgarishi texnologik  jarayon samaradorligiga ta’sir 
etadi. 
Un ishlab chiqarish korxonalaridagi donni tozalash va un tortish 
bo‘limlarida  tortilgan  bug‘doy  navining  o‘zgaruvchanlik  koeffitsiyent 
V  % qiymatlarini aniqlangan parametrlari 
 
 Namligi 
Tabiiy og‘irligi  
Shaffofligi 
I drannoy sistema yuklamasi 
Navlar bo‘yicha un miqdori: 
Oliy 
Birinchi 
Ikkinchi 
Kuldorlik bo‘yicha unning navlari: 
Oliy 
Birinchi 
Ikkinchi 
Kepak chiqishi 
4 – 6 
0,8 – 1,5 
3 – 6 
14 -16 
 
10 -12  
4 -6  
6 – 8  
 
2 – 3  
4 – 5  
9 - 11   
4 – 5  
 
Bu ma’lumotlardan ko‘rinadiki, eng kam barqarorlik I dr.sistema 
yuklamasiga,  oliy  nav  unning  chiqishiga  va  ikkinchi  nav  unning 
kuldorligiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, unning miqdoriga ichki omillar-
ning  ta’siri  sezirarli,    masalan  oliy nav unida 15%, birinchi navda 
55%,  ikkinchi  navda  60%.  Un  sifatiga  ta’sir  etishda  ularning  ulushi                 
10–12%  dan  kam.  Un  tortish  bo‘limidagi  namlikning  barqarorligi 
muhim ahamiyatga ega. Donning strukturali mexanik xususiyatlardagi 
va anatomik qismlardagi o‘zgarishlar maydalash xususiyatlari navlarga 
ajratish  natijasida  ±0,1%li  namlik,  oliy  nav  miqdoriga  ±0,8%ga, 
birinchi  navda  ±0,5%ga,  ikkinchi  navda  ±1,0%ga  o‘zgaradi.  Don 
namligining o‘zgaruvchanlik koeffitsiyent qiymati 4–6% bo‘lsa, absalut 


131 
o‘zgarish 0,5–1 %ga tengligini bildiradi. Demak,  faqat ana shu omil-
larning ta’sirida oliy navli un miqdori 8%gacha, birinchi nav 5%gacha, 
ikkinchi navlar 10%gacha o‘zgarib turadi. Oliy navli un kuldorligidagi 
o‘zgaruvchanlik  0,08%ga,  birinchi  navda  0,10%ga,  ikkinchi  navda 
0,35%ga yetadi. 
Birinchi navli un miqdorining o‘zgaruvchanlik diapazoni 1%dan 
oshmaslik uchun un tortish bo‘limiga kelgan don namligi o‘zgaruvchan  
koffitsiyenti  0,2%    bo‘lsa    unning  barqarorligi  ±0,1%ga  teng  bo‘lishi 
mumkin, ayni payitda  bu amalga oshmaydigan murakkab masala. 
Bunday ko‘rinish yorma tayyorlash zavodlari uchun ham xosdir. 
Texnologik jarayon parametrlarining o‘zgaruvchanligi, tayyor mahsulot 
miqdori va sifatini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Demak, un va 
yorma  ishlab  chiqarishda,  texnologik  jarayonlarni  nazorat  qilish  va 
barqarorlashtirish tizimlari bunday o‘zgaruvchanlikni hisobga olishlari 
hamda  xomashyoni  qayta  ishlashning  yuqori  samaradorligini  ta’min-
lashlari kerak. 

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish