O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov


-sxema. Donning texnologik xususiyatlarini aniqlovchi  tuzilma



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

 
6-sxema. Donning texnologik xususiyatlarini aniqlovchi  tuzilma 
Sifgatli  
tsiy  
Q
uvvat
n
i i
shl
ov be
ri
lgan
 
m
ahs
ul
ot
da 
to
ʻpl
ash
 v
a ol
ib
 
chi
q
ish
 
.  


124 
anatomik  tuzilish  xususiyatlari  va  mikrostrukturani,  fizik-kimyoviy, 
mexanik  tuzilish,  gidrotermik,  biokimyoviy  xossalari  va  kimyoviy 
tarkibini o‘z ichiga olgan  don tuzilish  xususiyatlarining  beshta guruhi 
bilan butunligicha aniqlanadi. Bu birlamchi xossalarning, sifat belgila-
rining  va  tuzilish  xususiyatlarining  donning  texnologik    xossalariga 
ta’siri  qonuniyatlarini  aniqlash  texnologiyaning  birinchi  darajali  vazi-
fasidir.  O‘zining mohiyatiga ko‘ra, bu – donni ratsional tayyorlash va 
qayta ishlash kalitidir.   
Donning  texnologik ko‘rsatkichlari  ahamiyatli darajada uning tu-
zilishi va kimyoviy tarkibi hamda kimyoviy moddalar  uning bo‘laklari 
va anatomik qismlari bo‘yicha taqsimlanishi bilan aniqlanadi. Donning 
texnologik xossalarini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlar, bu: 
1) navlar bo‘yicha jami tayyor mahsulotning chiqishi; 
2) tayyor mahsulot sifati; 
Solishtirma ekspluatatsiya sarf-xarajatlar (tayyor mahsulot  og‘ir-
ligi  birligini  ishlab  chiqarishga  ketadigan  xarajatlar).  Bu  ko‘rsatkich-
lardan  tashqari  un  tortish  sanoatida  qo‘shimcha  ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi: birinchi sifatli mahsulotlarni chiqarib olish va kuldorlik 
(dastlabki uchta tizimdan) hamda mahsulot chiqishi uning kuldorlikka 
bo‘lgan  munosabati.  Tayyor  mahsulotni  (un,  yorma  va  omixta-yem) 
iste’mol  (tovar)  sifatlarining  yig‘indisiga  ko‘ra  baholashadi.  Don 
sifatining  ortishi,  texnologiya  va  jihozlar  bilan  bir  qatorda,  ishlab 
chiqarishning  yuqori  samaradorligiga  erishish  imkonini  beradi.  Gap 
texnologik  jarayon  haqida  borar  ekan,    “Un  sifati”  va  “donning 
texnologik  xossalari”  atamalari  bir  xil  ma’noga  ega.  Bundan  kelib 
chiqadiki, sifatli don yaxshi texnologik xossalarga ega bo‘lishi kerak. 
Donning    sifati  –  bu    ma’lum  bir  ekspluatatsiya  xarajatlarida 
donning  istalgan  miqdorda  va  sifatdagi  mahsulot  berish  qobiliyatini  
baholaydigan  belgilar,  ko‘rsatkichlar,  tabiiy  xususiyatlar  yig‘indisidir. 
Texnologik xossalar darajasi shuning uchun baholanadi: 
– berilgan assortiment bo‘yicha mahsulot chiqishi bilan ma’lum 
bir talablar bajarilganda donning  og‘irlik birligidan  mahsulot chiqishi 
qancha ko‘p bo‘lsa, texnologik jarayon shunchalik samarali bo‘ladi; 
– ma’lum bir chiqishda mahsulotning sifati bilan, texnologiyaning 
har bir individual turi uchun sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda; 
– tayyor mahsulot chiqishi birligiga ketgan ekspluatatsiya xarajat-
lari bilan. 


125 
Asosiy  mezonlardan  tashqari  donning  texnologik  xossalarini 
baholash uchun  oliy nav unlarning chiqishi va kuldorligi, o‘rtacha o‘l-
changan kuldorligi va oliy navli unlarning o‘rtacha o‘lchangan kuldor-
lik,  butun  va  maydalangan  yormalarning  chiqishi  kabi  ancha  xususiy 
bo‘lgan mezonlardan ham foydalaniladi. Shuningdek, jarayonning sifat 
va  miqdor  tomonlarini  baholash  imkonini  beruvchi  kompleks 
mezonlardan ham foydalanish mumkin. 
Yorma  sanoatida  donning  texnologik  xossalarini  baholash  va 
jarayon  kechishining  samaradorligi  uchun  quyidagi  sifat  ko‘rsatkich-
laridan foydalaniladi: moy, fosfor  miqdori, shaffofligi donlarning foizi. 
Amaliy faoliyatda donning texnologik xossalarini baholash uchun 
o‘rtacha  o‘lchangan  sifat  ko‘rsatkichlaridan  foydalanishadi  (o‘rtacha 
o‘lchangan    kuldorlik    yoki  o‘rtacha  o‘lchangan  namlik).  O‘rtacha 
o‘lchangan kattalikni har bir komponentning salmog‘ini hisobga olgan 
holda hisoblashadi. 
Donning texnologik xossalariga uning yirikligi  ahamiyatli ta’sir 
ko‘rsatadi. Yirikroq don tarkibida katta miqdorda endosperm  va kam 
miqdorda  qobiq  va  aleyron  qatlam  bo‘ladi.    Yirikroq  donda  1000  ta 
donning  og‘irligi  oshadi  va  uning  texnologik  fazilatlari  ko‘payadi. 
Donning yirikligi ko‘rsatkichi sifatida uning geometrik o‘lchamlaridan 
foydalanishadi. 
Donning mayda fraksiyasi qiyinchilik bilan po‘st tashlaydi va bu 
unning  o‘rtacha  o‘lchangan  kuldorlikni  oshiradi.  Mazkur  omilning 
salbiy  ta’sirini  kamaytirish  uchun  texnologik  jarayonda  donni  pofrak-
sion qayta ishlashdan foydalaniladi. 
Texnologik xossalarga ahamiyatli ta’sirni donning namligi  yoki 
“texnologik  namlik”  ko‘rsatadi  –  bu  shunday  namlikki,  bunda  donni 
qayta ishlash maksimal samara bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Donning  texnologik  xossalari  atrof-muhit  sharoitlariga  (xususan 
haroratga)  va  texnologik  jarayon  parametrlariga  (donning  namligiga)  
bog‘liq. Past haroratli va namligi past bo‘lgan donning qobiqlari mo‘rt 
bo‘ladi va bu uning maydalanishini oldindan belgilab qo‘yadi. Buning 
oqibatida    texnologiya  samaradorligi  keskin  pasayadi  va  bu  tayyor 
mahsulotning o‘rtacha o‘lchangan kuldorlikni oshishida ifodalanadi.  
Qayta ishlanayotgan donning texnologik xossalarini aniqlaydigan 
asosiy quvvat ko‘rsatkichlaridan biri – bu quvvatning solishtirma sarfi 
bo‘lib,  nafaqat  uning  tuzilish-mexanik  xossalariga,  balki  texnologik 


126 
jarayonni  tashkillashtirish,  jihozning  konstruktiv  xususiyatlari  va 
ularning donga ta’siri prinsipiga ham bog‘liq.  
Asosiy quvvat talab jarayonlar: un zavodlarida – bu donni va uni 
qayta ishlashning oraliq mahsulotlarini maydalash; yorma zavodlarida 
donni  va  yormani  oqlash;  omixta-yem  zavodlarida  –  omixta-yem 
komponentlarini maydalash. Yorma va omuxta-yem zavodlarida elektr 
energiyasining  solishtirma  sarfi  un  zavodlarinikiga  qaraganda  ancha 
kam, chunki texnologiyada quvvatga talab operatsiyalar kamroq. 
Quvvat  sarfining  kattaligi  xomashyoning  tuzilish-mexanik  xususi-
yatlari,  texnologik    jihozlar  tayyorlanishining  konstruksiyasi  va  sifati, 
texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati va sexning ichki transport turi, qayta 
ishlashning oraliq va yakuniy mahsulotlarining sifati bilan aniqlanadi. 
GTIni    optimal  rejimda  olib  borish  don  tuzilishini  radikal 
o‘zgartirish, uning tuzilishi yaxlitligini  mikro va makro yoriqlar bilan 
oldindan  buzish,  texnologiya  jarayonida  ajratiladigan  anatomik 
qismlarning  aloqalarini  buzish  imkonini  beradi  va  bu  shaksiz  elektr 
energiyasi sarfining kamayishiga yordam beradi. 
Donning texnologik xossalarini yaxshilashda tayyor mahsulotning 
chiqishi  va  sifati  oshadi  hamda  solishtirma  ishlab  chiqarish  sarf-
xarajatlari kamayadi. 
 

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish