VI BOB. DON TOZALASH BO‘LIMIDAGI TEXNOLOGIK
JARAYON. DONLARNI BEGONA ARALASHMALARDAN
TOZALASH TEXNOLOGIYASI
6.1. Don tozalash texnologiyasining strukturasi
Donni saqlash va qayta ishlash korxonalaridagi asosiy jarayonlardan
biri bu – don tozalash bo‘limi hisoblanadi. Bu texnologik jarayonlar-
ning afzalligi donlarni saqlashga tayyorlash va tarkibidagi begona
aralashmalardan tozalash kiradi.
TEGIRMON
Don tozalash
Begona aralashmalardan
tozalash
Gidro termik ishlov
Donni oqlash
Separator
Havo separatori
Mineral
aralashmalardan
tozalash
Suli ajratgich
Bug’doyni euvish
Dimlash
Qo’shimcha
namlash
Ustki qismiga ishlov
berish
Havo separatori
Begona o’t
urug’lardan
tozalash
Donni ustki
qismini
tozalash
Ustki qismiga
ishlov berish
9-sxema. Donni tozalash texnologik sxemasi.
Tegirmon
Don tozalash
Tegirmon
Begona aralashmalardan
tozalash
Gidrotexnik ishlov
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
B
ugʻ
doyni yuvish
135
AJ “Gʻalla-alteg’’don tozalash sexining strukturasi
с
с
Donni tozalash – bunda korxonalarga keltirilgan donlar maxsus
o‘lchamdagi elaklardan ketma-ket tartibda o‘tkaziladi. Begona aralash-
malardan tozalash, separatorlardan o‘tkazish, mineral aralashmalardan
tozalash, sulini ajratish, begona o‘t urug‘laridan ajratish, donni ustki
qismi tozalanadi.
Gidrotermik ishlov berish – bunda korxonalarga keltirilgan donlar
tozalangandan so‘ng yuviladi, dimlanadi, qo‘shimcha namlanadi.
Don tozalasn
separasiya
Mineral
primislar
Begona
uruglar
примис
Don sirtiga ishiov
berish
Ҳ
а
v
о
separasiysi
Ҳ
а
v
о
separatori
GTO
Suniy
namlikni
singdrisn
Don sirtiga ishiov
berish
Takrori
namlash
Namlikni
singdirish
takroriy
Don sirtiga ishiov
berish
Qisqa mudatli
namlash
с
с
т
С
Т
н
о
к
т
а
н
о
к
elash
136
61-rasm. Donni tozalash bo‘limidagi texnologik jarayon.
Don tozalash bo‘limidagi texnologik jarayonning faoliyatiga
donning tarkibidagi begona aralashmalardan tozalash kiradi. Bir-biridan
geometrik belgilari va fizikaviy xossalari bilan farq qiladigan
sochiluvchi materiallarni guruhlarga bo‘lish jarayoni ajratish jarayoni
deyiladi. Bu jarayonni amalga oshirishda ishlatiladigan mashinalarga
g‘alvirli ajratgichlar (separator) deb ataladi.
Donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida asosiy tur dondan
aerodinamik xossalari bilan farq qiladigan aralashmalar havoli
ajratgichlar yordamida ajratiladi. Havoli ajratgichlar asosan un tortish,
yorma va omixta-yem zavodlarida donni chang va yengil aralashma-
lardan tozalashda ishlatilsa, shu bilan birga ular yorma zavodlarida
qobig‘i sidirilgan donlar (sholi, grechixa, suli arpa yormalari)ni poʻst-
log‘idan tozalashda hamda yorma va chiqindini nazorat qilishda ham
ishlatiladi. Donga qarshi havo oqimining bosimi donning massasiga,
uning o‘lchamiga, shakliga, yuzasining holatiga, donning havoda turish
vaziyatiga, harakatning nisbiy tezligiga bog‘liq. Havoli ajratgich turlari,
ularning tuzilishi, tuzilish qismlarining funksiyalari va texnologik
sxemalari bilan donni havo oqimi yordamida ajratishini nazariy asoslab
berilgan.
Don aralashmasi ajratgichlarda tozalangandan keyin ham
tarkibida shunday organik va mineral aralashmalarni saqlab qoladiki,
ular dondan yengilroq yoki og‘irroq bo‘lib, o‘lchamlari va aerodinamik
137
xossalari bilan asosiy dondan farq qilmasligi mumkin. Shu sababli,
bunday aralashmalarni g‘alvir va havo oqimi bilan ajratib bo‘lmaydi.
Bu aralashmalar amalda qiyin ajraluvchi aralashmalar deb yuritiladi.
Don tegirmonning tayyorlash bo‘limidan yanchish bo‘limiga
yuborganda tarkibida mineral aralashmalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi, zero, ularning juda kam miqdori ham tayyor mahsulotning
g‘ijirlashiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning un tarkibida
uchrashi organizm uchun ham zararlidir. Komplekt uskunali un tortish
zavodlarida mineral aralashmalarni yuvib tozalaydigan yuvish mashi-
nalari ishlatilmaydi, shuning uchun ham donni mineral aralashmalardan
quruq tozalash usuli yuqori samarali bo‘lishi zarur.
Bug‘doyni tarkibida mavjud, bug‘doyga nisbatan o‘lchamlari har
xil bo‘lgan aralashmalar suli, arpa, javdar, mayda singan bug‘doylar,
yovvoyi o‘t urug‘lari qoraburchoq aralashmalaridan tozalashda diskli
yoki silindirli uskunalar qo‘llanilib, ular trierlar deb nomlanadi,
uskunalar ikki xil bo‘ladi. Birinchi singan, yarimta, kalta, yovvoyi o‘t
urug‘larini qoraburchoq (kukol) ajratishda qo‘llaniladi, ikkinchisi
uzunlik jihatdan farqlanuvchi yovvoyi suli, arpa shunga o‘xshash
aralashmalardan tozalaydi.
Don tozalash bo‘limidagi texnologik jarayonning xususiyati don
yuzasini quruq va ho‘l usulda tozalashning samarali borishidir.
O‘zbekistonda yetishtirilgan bug‘doy navlarining tuzilmaviy-mexanik
xususiyatlarini va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda don
yuzasini tozalash jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topadi.
Donlarning ustki qatlamlarini quruq va ho‘l holda ishlov berishda
ularning kul moddalarini kamaytirishdan tashqari donlarda joylashib
olgan turli mikroorganizmlardan tozalashdir. Bu jarayonda don
yuvadigan uskunadan yuqori samara bilan foydalanish mumkin.
Don korxonalariga keltirilgan donlar ichidagi metallomagnit
chiqindilar donlarni o‘rayotganda, transportirovka qilish va bir
maydondan ikkinchi joyga ko‘chirayotgan vaqtda aralashib qolishi
mumkin. Bundan tashqari, don tozalash sexidagi uskunalarning
nosozligi natijasida, tegirmonda esa valetsli stanok rifillarining yeyi-
lishi va sexlarda uskunalarni ta’mirlash vaqtida tushib qolishi mumkin.
Metallomagnit chiqindilar, ayniqsa, gorizontal tozalash mashinalariga
tushib qolsa, turli xavfli hodisalarga (yong‘inga) sabab bo‘ladi. Donni
magnit
chiqindilardan
tozalash
uchun
magnit
separatoridan
138
foydalaniladi. Donni saqlash va qayta ishlash uchun davlat tomonidan
me’yorlar belgilangan. Ushbu me’yorlarga asoslanib saqlash va qayta
ishlash jarayonlari tashkillashtiriladi.
Donning sifat ko‘rsatkichlari GOST bo‘yicha quyidagicha
belgilangan:
Namlik – 14,0% ko‘p emas;
Kuldorlik toza bug‘doy uchun – 1,97%;
Begona aralashmalar – 2%, (sh.b. birga mineral aralashmalar –
0,1%, zararli aralashmalar – 0,01%);
Bug‘doyli aralashmalar – 5 %;
Tabiiy og‘irligi (natura) – 730 gr/l.dan (kam bo‘lmaslik kerak);
Kleykovina miqdori – 23% IIgr.;
IDK sifati – 100 (asbob birligi, yuq.e.);
Elevatorlarga qabul qilinayotgan donning sifat ko‘rsat-
kichlari:
Namlik – 14,0% ko‘p emas;
Kuldorlik toza bug‘doy uchun – 1,97%;
Begona aralashmalar –2%, (sh.b. birga mineral aralashmalar -
0,2%, zararli aralashmalar – 0,01%);
Bug‘doyli aralashmalar – 5%;
Tabiiy og‘irligi (natura) – 750 gr/l.dan (k.e.);
Kleykovina miqdori – 23% P gr.;
IDK sifati – 100 (asbob birligi, yuq.e.);
Shaffoflik – 40% kam emas;
Zararlangan
don – ruxsat etilmaydi.
Don
tozalash
bo‘limiga uzatilayotgan donning sifat
ko‘rsatkichlari:
Namlik – 12,5% ko‘p emas;
Kuldorlik toza bug‘doy uchun – 1,92%;
Begona aralashmalar – 1%, (sh.b. birga mineral aralashmalar -
0,1%, zararli aralashmalar – 0,01%);
Bug‘doyli aralashmalar – 4%;
Tabiiy og‘irligi (natura) – 750 gr/l.dan (k.e.);
Kleykovina miqdori – 23% P gr.;
IDK sifati – 100 (asbob birligi, yuq.e.);
Shaffoflik – 40% kam emas;
Zararlanganligi – bo‘lishi mumkin emas.
139
Tegirmonda yanchishga tayyorlangan donning sifatiga quyiladigan
talablar
:
Namligi 15,5 % kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Begona aralashmalar miqdori 0,4%, (shulardan begona o‘t urug‘lari
0,01%dan oshmasligi zararli va mineral aralashmalar tayyorlangan don
Do'stlaringiz bilan baham: |