O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov


-sxema. Grechixa donining separatsiyalash texnologiyasi



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

 
16-sxema. Grechixa donining separatsiyalash texnologiyasi. 
(don massasini 3 fraksiyaga (A) va ikkita fraksiya (B) bo‘lib separatsiyalash 
usuli): ch.n. – chiqindilar nazorati; O III k – III darajali chiqindilar;                       
y.f.–grechixani yirik fr.; m.f. – mayda; o‘r.f. – o‘rta fraksiya maxsus separator-
tozalagichlarni qo‘llab tashkil etiladi. 
 
Don  avvaldan  uch  fraksiyaga  bo‘linadigan  chizmada  afzalroq 
ko‘rinadi. U BRU rassevlarida separatsiyalashning ikkinchi bosqichida 


252 
teshiklari uchburchak shaklli elakdan yanada samaraliroq foydalanishga 
imkon  beradi.  Shu  bilan  birga,  2  rassevning  texnologik  chizmasidan 
qo‘llash  bu  elaklarga  tushadigan  yuklamani  kamaytirishga  imkon 
beradi,  shu  bilan  birga  shakliga  ko‘ra  grechixa  donidan  farq  qiluvchi 
aralashmalarning ajralishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak. 
«B»  texnologiyasida  qiyin  ajraladigan  aralashmalar  ma’lum 
miqdorning tushishini ajratish bilan birga grechixa doni ikki fraksiyaga 
ajratiladi. Ikkinchi bosqichda dastlabki ikki guruh elaklarida bo‘luvchi 
kesimda  uzunligi  bo‘yicha  ajralib  turuvchi  aralashmalar  qalinligi  elak 
teshigi  kengligidan  kichik  bo‘lgan,  shuningdek  mayda  aralashmalar, 
madaniy  va  yovvoyi  o‘simliklar  urug‘lari  katta  samaradorlik  bilan 
ajraladi.  Yormabop  donni  tayyorlash  texnologiyasida  qo‘llanadigan 
yana boshqa o‘ziga xos usullar ham mavjud. 
Shunday qilib, turli donlarning fizik-kimyoviy xossalaridagi katta 
farq,  o‘ziga  xos  shakli,  anatomik  tuzilishdagi  o‘ziga  xoslik  yormabop 
donni  qayta  ishlov  berishga  tayyorlashning  universal  texnologiyasini 
ishlab  chiqishga  imkon  bermaydi.  Biroq  har  qanday  don  uchun 
texnologik  chizma  loyihasini  tuzishda  ular  uchun  xos  bo‘lgan  qator 
umumiy holatlarni ko‘rsatish mumkin: 
1.
 
Qayta  ishlov  berish  uchun  tayyorlangan  yormabop  don  toza-
lanish uchun maxsus omborlarda saqlanadi, omborlarning hajmi zavod-
ning kamida bir sutka davomida to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash imko-
nini berishi lozim. 
2.
 
Texnologiyada mayda donni ko‘zda tutish zarur, chunki nimjon, 
mayda,  to‘liq  bo‘lmagan  dondan  yuqori  sifatli  yorma  olish  mumkin 
emas.  Mayda  donni  ajratish  uchun  ikkinchi  va  uchinchi  proxod  sepa-
ratorlarining qo‘shimcha elaklari siyraklashtiriladi, ajratilgan proxodni 
esa elakka eng qulay yuklanish bilan qo‘shimcha nazorat qilinadi. 
3.
 
Yormabop  donni  fraksiyalarga  bo‘lib  tozalash  yuqorida 
grechixa misolida ko‘rsatilganidek juda yaxshi samara beradi. Shu bilan 
birga, yovvoyi o‘tlarning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda, 
har bir don fraksiyasiga ishlov berish mumkin. 
4.
 
Texnologiya, shuningdek, trierlardan foydalangan holda donni 
kalta va uzun aralashmalardan tozalashni ko‘zda tutadi. 
5.
 
Zarb beruvchi ta’sirli mashinalardan oldin don va chiqindilarni 
nazorat  qilishda,  donni  yengil  va  mineral  aralashmalardan  separatsi-
yalashda, shuningdek, kelayotgan donni va oxirgi mahsulotlarni nazorat 


253 
qilish va og‘irligini qayd yetish maqsadida tortishda metallomagnit ara-
lashmalarni ajratish texnologiyadagi majburiy jarayonlar hisoblanadi. 
6.
 
Texnologiya  foydali  don  chiqishi  va  uni  texnologik  jarayonga 
qaytarish maqsadida chiqindilar va yem mahsulotlarini nazorat qilishni 
ko‘zda tutishi kerak. Bu, shubhasiz, dondan to‘liq foydalanish darajasini 
oshiradi.  Bunda  nazorat  jarayonlari  o‘tkazilgandan  so‘ng  don  chiqin-
dilari miqdori tegishli kategoriyadagi mahsulotlar uchun standartlar va 
texnik  shartlarda  belgilangan  normalardan  oshmasligi  kerak.  Texno-
logiyalar,  shuningdek  faqat  ma’lum  bir  yormabop  donga  xos  bo‘lgan 
usullarni  ham  ko‘zda  tutish  mumkin.  Tozalashdan  so‘ng  qayta  ishlov 
berish  uchun  uzatilayotgan  don  sifati  ko‘rsatkichlarga  mos  bo‘lishi 
kerak.  Yormabop  don  yuzasi  bilan  mustahkam  bog‘liq  bo‘lmagan 
aralashmalarni ajratish uchun havo elakli separatorlardan foydalaniladi. 
Ikki–uch martadan kam bo‘lmagan separatsiyalash jarayonlari amalga 
oshiriladi.  Ularning  real  ish  samaradorligiga  bog‘liq  holda  bir  turdagi 
separator  proxodlarining  miqdorini  to‘g‘rilab  turish  mumkin.  Qabul 
qiluvchi elaklar teshigining o‘lchami don uzunligidan katta bo‘lmasligi 
va  undan  donning  erkin  o‘tishini,  elakda  esa  yirik,  tasodifan  tushib 
qolgan  aralashmalar  ushlanib  qolishini  ta’minlashi  kerak.  Texnolo-
giyada ikki qator elakli separatorlardan foydalanilganda yirik, tasodifan 
tushib  qolgan  aralashmalarni  ajratish  yormabop  donlarni  avvaldan 
tozalash  va  shakllantirish  bosqichida  yoki  don  tozalash  bo‘limida 
amalga oshiriladi. 
Saralovchi  elaklar  teshigining  o‘lchami  don  yirikligiga  bog‘liq 
holda shunday tanlanadiki, bunda don  elakdan o‘tib, elakda esa yirik 
aralashmalar  qolishi  kerak.  Qo‘shimcha  elaklar  teshigining  o‘lchami 
xas-cho‘p,  ayniqsa,  mayda  mineral  aralashmalarni  to‘liq  chiqishini 
ta’minlaydi.  

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish