O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

Rasmiy  murojaatlarda
  «xonimlar  va  janoblar»  deb  jamoatga  murojaat 
qilinadi.Rasmiy  murojaatlar  mehnat  jamoasida  rahbarga,  ishlab  chiqarish 
korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta‘lim muassasalarida ta‘lim beruvchi ustozga, 
harbiy  va  huquq  tartibot  organlarida  unvoni  katta  zobitlarga,  davlat  ahamiyatiga 
molik  tadbirlarda  jinsga  qarab  yoki    barchaga  rasmiy  murojaat  qilinadi.  M:  Yakka 
Shaxsga  nisbatan  janob  Toxirov  deb  murojaat  qilish  mumkin.  Agar  familiya 
ishlatilmasa  janob  direktor,  direktor  xonim  deb  murojaat  qilish  maqsadga  muvofiq. 
O‗rtoq  Abdullayev,  o‗rtoq  general,  ya‘ni  ―o‗rtoq‖  so‗zi  harbiylar  qo‗llaydilar. 
Elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan 
“Janobi oliylari”
 deb murojaat 
qilinadi.  Rasmiy  munosabatda  faqat  sizlab  gaplashiladi.  Rahbarning  qo‗l  ostidagi 
barcha  kishilar  bilan  bo‗lgan  munosabatida  ham,  9  yoshdan  yuqori  bo‗lgan  maktab 
o‗quvchilardan  tortib,  talabalar  bilan  bo‗lgan  munosabatda  ham,  notanish  insonga 
murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi. 
Ishonchli  munosabatlarda 
yaqin  insonlar,  qarindosh  urug‗,  hamqishloq, 
vatanishlarga  qilinadigan  munosabatlarga  aytiladi.  Bunday  munosabatlarda    «Sen» 


39 
 
deb  faqat  oilada  yoki  yaqin  munosabatlarda  murojaat  qilish  mumkin. 
«Amaki», 
«xola», «tog„a», «opoqi», «kelinoyi»
 va boshqa qarindoshlar o‗rtasida shevadan kelib 
chiqqan  holda  murojaat  qilish  mumkin
.  «Yaxshi  yigit»
  yoki 
«yaxshi  qiz»
  degan 
so‗zlar yoshlarga qarata qo‗llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor daraja hamda yoshga 
qarab shofyor, doktor, o‗quvchilar,talabalar, yo‗lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi 
nomlarni  ishlatish  mumkin.  Intim,  ya‘ni  yaqin  munosabatlarda  «azizim,  jonim, 
begim,  oyim,  yulduzim»  kabi  murojaatlarni  uchratamiz.  Egasiz  murojaatlar 
munosabatda  – 
“Kechirasiz  falonchi  ko„cha  qayerda?”,  “Aytib  berolmaysizmi  soat 
necha  bo„ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam”
va boshqalar. 
Intim  murojaatlarda 
shaxsga  nisbatan  chiroyli,  yoqimli,  erkalash  ma‘nosidagi 
so‗zlardan  foydalangan  holda  murojaat  etiladi:  ―Azizim‖,  ―Mehribonim‖,  ―Jonim‖, 
―Begim‖ kabi so‗zlardan o‗rinda va samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi 
insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq ushbu so‗zlarni bemavrid 
ishlatish  insonni  bachkanalikka  olib  keladi.  Ayniqsa,  «jonim‖  so‗zini  barchaga 
nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‗z faqatgina nikohdan o‗tgan, hayotini bir-
biri bilan bog‗lagan kimsalarga nisbatan ishlatilsa maqsadga muvofiq. 
Nomsiz  murojaatlarda
shaxsni  kim  ekanligini  yaqindan  bilish  katta  ahamiyatga 
ega  emas.  Bunday  murojaat  qisqa  mazmunda  bo‗lib,  biror  noma‘lum  ob‘yekt  yoki 
sub‘yektni  aniqlash,  u  haqda  muayyan  ma‘lumot  olish  uchun  qo‗llaniladi.  Masalan, 
―Kechirasiz, Olmazor ko‗chasini ko‗rsatib yuborsangiz?‖ ―Hurmatli yo‗lovchilar yo‘l 
haqini o‗z  vaqtida to‗lashni  unutmang‖    ―Doktor  bolamni  ko‗rib qo‗ysangiz, issig‗i  
tushmayapti    ―singari  murojaatlarda  shaxsning  aniq  ismi  ko‗rsatilmasada, u  haqdagi 
ma‘lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli bo‗ladi.  
Aslini  olganda,  O‗zbekistonda  murojaatning  aniq  bir  shakli  yo‗q.  Ko‗p 
holatlarda har bir joyning o‗zidan kelib chiqib, shevaga hamda urf-odatga asoslangan 
holda murojaat qilinadi.  
Yangi tanishgan odam bilan munosabatda  tushunmovchilikdan saqlanish uchun 
tashrifnoma  juda  qulaydir.  Chet  mamlakatlarda  tashrifnoma  juda  keng  qo‗llaniladi. 
Ularning  raqamlari  hamda  o‗lchamlari  qat‘iy  qoida  bilan  cheklanmagan.  Inson  o‗z 
tashrifnomasini  tutqazar  ekan,  kelajakda  shaxsiy  hamda  ish  bilan  bog‗liq  aloqani 
qo‗llab-quvvatlayotganini bildiradi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish