O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

Ishxonada
.  Yangi  xodimni  jamoaga  rahbar  tanishtiradi.  Eski  xodimlar  yangi 
kasbdoshlarni ishning jarayoni bilan tanishtiradilar va o‗zlarini to xodim 
«joylashib»
 
olguncha  sharoit  yaratishga  harakat  qiladilar.  Ba‘zi  bir  xodimlar  o‗rtasidagi  barcha 
og‗ir  munosabatlar,  hamda  o‗zaro  arazlar  haqida  yangi  xodimga  «yetkazish»  shart 
emas.  Bir  jamoa  munosabatining  shakli  ularning  o‗zaro  do‗stona  layoqati  hamda 
oldindan  mavjud  rusmlarni  ushlash  darajasiga  bog‗liq.  Ammo  har  qanday  holatda 
ham do‗stingiz familiyasini aytib murojaat qilishingiz noto‗g‗ri. Ish vaqtida xizmatga 
doir vazifalarni bajarayotganda o‗zingizni idorangiz nomidan tanitasiz, shunga ko‗ra 
hamma vaqt ham ism, familiyani aytish shart emas. 
Dam  olish  maskanidagi  hayot  tanishishning  nisbatan  oddiyroq  shaklini  taqozo 
etadi. 
«Kitobingizni  ko„rsam  maylimi?»
  deb  boshlangan  murojaatning  o‗zi  yaqin 
munosabatga  asos  bo‗la  oladi.  Bunday  holatda  qo‗shni  stol  va  hamxonaningizga 
o‗zingizni  tanishtirishingiz  maqsadga  muvofiq.  Umumiy  tanishuv  hamda  do‗stona 
kayfiyatni  paydo  qilishda  ba‘zi  oromgohlarda  bo‗lgani  kabi 
«tanishuv  kechalari»
 
o‗tkazish yaxshi qo‗l keladi. O‗zaro tengdoshlar  – qizlar va bolalarning tanishuvida 
ismning o‗zi yetarli. 


36 
 
Mana  sizni  tanishtirishdi.  O‗zingizni  endi  qanday  tutasiz?  Agar  sizni 
tanishtirayotgan  kishi  ismi-sharifingizni  aytgan  bo‗lsa,  ko‗rishish  uchun  qo‗lingizni 
uzatayotib, buni qaytarishingiz shart emas. Birinchi bo‗lib  tanishishga taklifni qabul 
qilgan  odam  uzatadi,  ya‘ni  ayol  kishi  erkak  kishiga,  katta  –  kichikka,  rahbar  – 
xodimga. Tanishtirilgan shaxs to unga javoban ko‗rishishga qo‗l uzatmagunga qadar 
qo‗l  uzatmaydi.  18  yoshgacha  bo‗lgan  qizlar  kattalar  ko‗rishayotganda  turib 
ko‗rishadilar. Uy bekasi yoshi va jinsidan qat‘i nazar o‗rnidan turib ko‗rishishi lozim. 
Agar  taklif  qilinganlardan  biri  kechikib  kelsa,  mezbon  birvarakay  uni  hamma  bilan 
tanishtiradi  va  joyga  o‗tkazadi.  Kechikib  kelgan  odamning  o‗zi  keyinroq  stol 
atrofdagilar bilan tanishib olishi mumkin. 
Ko‗chada  sizga  notanish  ayol  bilan  ketayotgan  tanishingizni  ko‗rib  qolgan 
paytda,  ayolga  qarab  bosh  bilan  ta‘zim  qilib,  bir  chetga  o‗tasiz,  ko‗rishishni  esa 
tanishingizga qo‗yib bering – kerak bo‗lsa uning o‗zi sizni tanishtiradi. 
O‗zini  boshqalarga  tanitish  ham  bir  san‘atdir.  Bunday  vositachisiz  tanishish 
qiyinroq bo‗lib, juda odob saqlashni talab qiladi. Odobli kishi istagan vaqtda o‗zini 
tanita  oladi.  Tanishi  uchun  yo‗l  ochib  beradigan  vositalar  juda  ko‗p.  Tanishish 
mulozamat  bilan  eshik  ochish,  tushirib  yuborilgan  narsani  olib  berish  va  Shu 
kabilardan  boshlanishi  mumkin.  Shuning  o‗zi  gaplashib  kyetishga  va  keyinchalik 
tanishishga sabab bo‗ladi.  
Ismi-shariflar  haqida  gap  ketadigan  bo‗lsa,  bu  borada  yaxshi  xotiraga  ega 
bo‗lish  odamni  vaziyatdan  olib  chiqib  ketadi.  Bir  ko‗p  yillardan  so‗ng  biz  tezda 
yodga  olgan  ismning  egasi  xursand  bo‗ladi.  Ammo  begona  ismlar  tezda  xotiradan 
uchib  ketadigan  vaziyatlar  juda  ko‗p.  Bunday  holatda  nuqsonni  bildirmaslikka 
harakat qiling. Ammo agar siz bu vaziyatdan chiqish yo‗lini topa olmasangiz: 
«Uzr 
yodimdan  ko„tarilibdi»
  deb  tan  olishga  to‗g‗ri  keladi.  Bu  vaziyatdan  hazil  yoki 
ishonchlilik orqali chiqib kyetish mumkin. Yomon xotirada qayta tanishishga to‗g‗ri 
keladi.  Bunda 
«Biz  tanishmiz»
  degan  javobni  eshitmaslik  uchun  o‗z  ismi-sharifini 
aytib  so‗rashmagan  ma‘qul.  Boshqa  tarafdan,  bizni  tanimay  hayron  bo‗layotgan 
yaqinimizga  quvonch  va  ehtiros  bilan  tashlanar  ekanmiz: 
«meni taniyapsizmi?»
  deb 
uni qiynamaganimiz ma‘qul. Bundan u noqulay bo‗lishi mumkin. Ammo 
«biz falon 
joyda  tanishgandik»
  degan  ma‘noda  so‗z  orasida  silliq  qilib  eslatib  ketganimiz 
durust. Bu uni kim bilan gaplashayotgani haqida eslashga yordam beradi. 
Ishxonada  ham  ayol  ayolligini  yo‗qotmaydi.  Odobli  erkak  ayol  kishiga  joy 
beradi  va  turli  xil  achchiq  hamda  qo‗pol  so‗zlardan  o‗zini  tiyadi.  Ammo  barcha 
mulozamat turlari asosiy narsaga – ishni borishiga xalaqit bermaslik lozimdir. Erkak 
ishlayotgan bo‗lsa, ayol uchun o‗rnidan turib paltosini olib berishi shart emas. Ammo 
garderobda birga bo‗lib qolishsa, kiyishga yordam berishi shart. Ayol kishi ham o‗z 
o‗rnida,  agar  ishxonada  erkak  kishi  o‗zini  og‗irroq  tutsa,  shikoyat  qilmasligi,  erkak 


37 
 
kishi ishlab o‗tirgan bo‗lsa, faqat ayol turgani uchun o‗rnidan turishni talab qilmasligi 
lozim. 
Ayollar!  Ish  sharoitida  o‗z  ayollik  latofatingizni  suiste‘mol  qilmang.  Ish 
muammolarini  ko‗z  yoshi  bilan  hal  qilishga  intilmang.  Va  yana  bir  maslahat.  Ish 
stolni  chiroyli  sumkalar,  shlyapa  va  atir-upalar  chiroyli  ko‗rsatmaydi.  Ular  uchun 
boshqa  joyni  topgan  ma‘qul.  Telefon  go‗shagini  ko‗tarayotib 
«Bu  kim?»
  deb 
qiziqmang. Buni faqat kotiba muloyimlik bilish imkoniyatiga ega. 
«Kim so„rayapti?»
 
deb  so‗rash  mumkin.  Ayni  paytda  telefon  suhbatlariga  doir  bir  narsani  aytib  o‗tiz 
joiz. Imkon qadar ishxonada telefonda kamroq va qisqaroq so‗zlashish lozim. Ammo 
agar iloji bo‗lmasa, buni yarim ovozda ham qisqaroq shaklda olib borish mumkin.  
Ishxonadagilarni yo‗qotilgan kalit yoki tikuvchi bilan bo‗lgan uchrashuvga doir 
masalalar bilan boshlarini qotirmang. Ishxonadagi alohida jamoa o‗rtasida xodimlar 
tug‗ilgan  kunlarini  nishonlash  rusmga  aylanib  qolgan.  Rusm  bo‗lgani  o‗z-o‗zidan 
yaxshi,  ayyom  qanchalik  tor  doirada  bo‗lsa,  shuncha  yaxshi.  Tabriklar  qabul 
qilayotgan  ayyom  sababchisi  o‗rnidan  turadi.  Bunga  javoban  oddiy  o‗tirishni  taklif 
qilish mumkin: kofe, shirinlik. Haddan ziyod mehmondorchilikka berilmaslik ma‘qul. 
Ish sharoitida bu noqulayliklarni tug‗diradi va keyingi tug‗ilgan kun egasini 
«qiynab»
 
qo‗yishi  mumkin.  Aynan  mana  shunday  vaziyatlar  chiroyli  rusmlarni  falokatga 
aylantiradi.  Agar  sovg‗a  sifatida  shirinlik  olgan  bo‗lsangiz,  atrofdagilarni  u  bilan 
mehmon  qiling.  Rahbarning  tug‗ilgan  kunini  mavjud  muassasining  rusmiga  qarab 
nishonlanadi.  Rahbarni  tabriklashning  eng  mos  shakli  –  uning  ish  stoliga  gullarni 
qo‗ymoqdir.  Lekin  baribir  xodimlar  rahbarga  sovg‗a  qilishni  istasalar,  unda  eng 
yaxshisi – o‗rtame‘yona, qimmat bo‗lmagan, masalan, shirinliklar, kamyob mevalar, 
kuldon  yoki  stol  uchun  mayda-chuyda  narsalar,  albom,  kitoblar  sovg‗a  qilish 
mumkin.  Yaxshi  tashkillashgan,  kirishimli  jamoalarda  karmon,  portfel  yoki  qo‗lqop 
ham  hadya  qilish  mumkin.  Muassasa  rahbari  ayniqsa,  yoshroq  bo‗lsa,  yoshi  ulug‗ 
xodimlar  va  ayollar  bilan  birinchi  bo‗lib  ko‗rishadi.  Bo‗limga  kirib  kelgan  rahbar 
birinchi bo‗lib so‗rashadi. Bu qoidada istisno jihatlar mavjud emas. Xodimlar javob 
beradi,  ammo  o‗rinlaridan  turmaydilar.  O‗zining  xonasida  rahbar  oldiga  bir  masala 
bo‗yicha  kelgan  ayol  xodim  uchun  o‗rnidan  turmaydi.  Suhbat  uzoqqa  cho‗zilgan 
taqdirda, rahbar xodimga o‗tirishni taklif qilishi mumkin.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish