Quritish kameralari va sushilkalarning xillari. Issiqlik bilan ta‘minlanishi
munosabati bilan gaz kameralari va bug` kameralari bo`ladi. Ular havoning kamerada
harakatlanishiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
havo tabiiy harakatlanadigan kamera;
havo sun‘iy harakatlantiriladigan kamera;
havo reversiv harakatlanadigan kamera;
ejektorlikamera.
Kamerada havoning tabiiy harakatlanishiga uning quritilayotgan materialga
tegib namlanishi natijasida og`irligining o`zgarishi sabab bo`ladi. Havoni sun‘iy
harakatlantirish uchun ventilyatordan foydalaniladi.