30-rasm. Uchburchak prizma shaklidagi taxta materiallari taxlami:
a-b – gorizantal, v – egilgan
II.5. Yog`ochni sun’iy quritish, sun’iy quritish turlari, quritish kamerelari
va quritgichlarning xillari, ulardan foydalanish mexanizmlari.
Quritish kameralari yog`och materiallarni har qanday iqlim sharoitida, yilning
istagan faslida va har qanday ob-havoda juda tez quritish imkonini beradi. Quritish
kameralarida yog`ochning namligini istagan darajaga tushirish va quritish jarayonini
belgilangan rejimga muvofiq to`la boshqarib turish hamda yog`ochdagi zamburug`
kasalliklarini zararli xasharotlarni va ularning qurtlarini mutlaqo yo`qotish mumkin.
Kamerada quritish usulining birdan-bir kamchiligi shuki, kameralar qurishga va
ularni asbob uskunalar bilan ta‘minlashga hamda yoqilg`iga ko`p mablag` ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |