Urganch davlat universiteti X. R. Matyoqubov, J. K. Tojiyev texnologiya va dizayn



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/136
Sana11.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#352246
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136
Bog'liq
texnologiya va dizayn amaliy mashgulotlar uslubiy qollanma

25-rasm. Yog`ochning yillik qavatlarida naylarning joylanish: 
a-halqa nayli yog`och; b-tarqoq nayli yog`och (ko`ndalang qirqilgan 
yuzadagi ko`rinishi) 
Yaproqli  daraxtlarning  yogochligida  o`zak  nurlari  turlicha  rivojlangan  bo`ladi, 
ular  eman,  qoraqayin,  zarang,  chinor  daraxtlarida  yog`ochlikning  istalgan 
yo`nalishdagi  kesimida  yaqqol  ko`rinib  turadi  va  ninabargli  daraxtlardagi  singari 
mayda bo`ladi.  
Ko`karib  turgan  daraxtning  turini  uning  po`stlog`i,  barglari  yoki  ninalariga 
qarab,  uzoqdagi  daraxtning  turini  esa  shox  shabbalari  shakliga  qarab  osongina  bilib 
bo`ladi.  Ancha  narida  yotgan  yog`ochning  turini  aniqlashda  uning  shakliga, 
yog`ochligi va po`stlog`ining rangiga e‘tibor berilsa, yaqin joyda yotgan yog`ochning 
turini  aniqlashda  rangi  va  shaklidan  tashqari,  shox,  butoqlarining  joylanishiga, 
yadrosining bor-yo`qligiga ham e‘tibor beriladi.  
                                                 
1
 Skipidar-(xushbo`y o`simlik boshog`i), igna bargli daraxtlarning smolasini suv bug`i ishtirokida haydash shuningdek
yog`ochni quruq haydash yo`li bilan olinadigan o`tkir hidli rangsiz, tiniq, uchuvchan suyuqlik (lok bo`yoq ishlab 
chiqarishda, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi) 


- 73 - 
 
Daxtalarga tilingan va to`sinlarga qirqilgan yog`ochning turini bilishda ularning 
rangi, yaltiroqligi, hidi, teksturasi(tabiiy naqshi), mikrostrukturasining xossalari katta 
ahamiyatga ega.  
Mazkur  yog`och-taxta  namunasining  qanday  daraxtlarga  mansubligini  bilish 
uchun,  dastlab,  uning  yillik  qavatlariga  e‘tibor  berish  kerak.  Yillik  qavatlarning 
yaqqol  ko`rinib  turishi  yog`och  –  taxtaning  ninabargli  daraxtlarga  yoki  yaproqli 
daraxtlarning  halqasimon  nayli  turiga  mansub  ekanligini  bildiradi.  Ninabargli 
daraxtning  yog`ochini  rangiga,  yillik  qavatlarining  tuzilishiga,  ko`pincha  ko`rinib 
turadigan o`zak nurlariga qarab halqasimon nayli yaproqli daraxtlar yog`ochidan farq 
qilish qiyin emas.  
Tarqoq  nayli  daraxtlarning  yog`ochligida  yillik  qavatlar,  odatda,  yaxshi 
ko`rinmaydi.  
Daraxtlarning belgilangan gruppaga taalluqli har bir turini uning o`zigagina xos 
bo`lgan belgilariga qarab biladilar. Yog`och qayishqoqligi tufayli, qoqilgan mixlarni, 
yog`och qoziq» burama mix va hokazolarai ushlab tura oladi. Qoqilgan mix yog`och 
tolalarini  keradi,  tolalar  esa  mixni  qisadi,  shunday  qilib,  uning  sug`urilib  chiqishiga 
qarshilik ko`rsatadi.  
Burama  mixlarni  sug`urish  uchun  ko`p  kuch  sarflash  kerak,  chunki  bunda 
tolalarning mixni qisish kuchinignia emas, balki burama mix rezbalarini o`rab turgan 
tolalarning yemirilishga ko`rsatadigan qarshiligini ham yengishga to`g`ri keladi.  
Yog`ochning  mix  va  shu  kabilarni  ushlab  turish  xususiyati  bu  buyumlarni 
sug`urish uchun zarur kuch bilan (kilogrammlar hisobida) ifodalanadi.  
Mixlarning  yog`ochda  ushlanib  turish  kuchi  yog`ochning  ularga  tegib  turish 
maydoniga  bog`liq.  Ko`ndalang  kesimi  kvadrat  yoki  ko`p  qirrali  shakldagi 
mixlarning  yuzasi  dumaloq  kesimli  mixlarnikidan  kattaroqdir,  shu  sababli,  ular 
dumaloq mixlarga qaraganda mahkamroq ushlanib turadi.  
Har  qanday  shakldagi  mixni  faqat  bo`sh  yog`ochga  qoqsa  bo`ladi.  Qattiq 
yogochni,  dastlab,  parmalab  teshib,  mix  shu  teshikka  qoqiladi  (teshikning  diametri 
mixning  0.  7  –  0,8  yo`gonligiga,  chuqurligi  esa  mixning  kamida  yarim  uzunligiga 
teng bo`lishi kerak). Shunday qilinmasa, mix yog`ochni yorib yuborishi mumkin.  
Bundan tashqari, mix, ko`pincha, qattiq yog`ochga kirmay egiladi.  
Yog`ochning mixni qoqish va sug`urishga qarshilik ko`rsatishi uning zichligiga 
(hajmiy  og`nrligiga),  namlik  darajasiga, qoqiladigan  mixning tuzilishiga va  yog`och 
tolalariga nisbatan qanday yo`nalishda kirishiga bog`liqdir.  
Qattiq yog`och mixni bo`sh yog`ochga qaraganda mahkamroq ushlab turadi.  
Quruq  yog`ochga  qaraganda  ho`l  yog`ochga  mix  qoqish  osonroq,  chunki  ho`l 
yog`ochning  qayishqoqligi  kam.  Ho`l  yog`ochga  mix  qoqqanda  yog`och  tolalari 
egiladi, yog`och qurigandan keyin ham tolalar shu holicha qoladi, shu sababli, tolalar 
mixni qattiq qisib turmaganligidan mix oson sug`urilib chiqaveradi.  


- 74 - 
 
Tolalari  to`g`ri  yotgan  yog`och  qayishqoqroq  bo`ladi.  Bunday  yog`och  mixni 
yaxshi ushlab turadi, lekin tolalari to`g`ri yotgan yog`och oson yoriladi.  
Yog`ochning qirqilgan uchiga (toresiga) qoqilgan mixning ushlanib turish kuchi 
yog`ochning  yon  tomoniga  qoqilgan  mixning  ushlanib  turish  kuchidan  25  –  30  foiz 
kamroq  bo`ladi.  Bunga  sabab,  yog`ochning  qirqilgan  uchida  tolalar  kamroq 
qayishqoq  bo`lishidir.  Yog`ochning  yon  tomoniga  radial  va  tangensial  yo`nalishda 
qoqilgan mixlar deyarli bir xilda mahkam ushlanib turadi.  
 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish