24-rasm. Buralish
- 68 -
Yog`och tuzilishining normal darajada emasligi, yog`och sifatini buzadigan
shikastlar yog`ochning nuqsoni deb atash qabul qilingan. Nuqsonning yog`och
sifatini qanchalik pasaytirishi bu nuqsonning turiga, kattaligiga, yog`och
(maternal)ning qayerida joylashganligiga va materialning nimaga ishlatilishiga
bog`liq.
Yog`ochdagi nuqsonlar quyidagi turlarga bo`linadi: ko`z (butoq) lar, zamburug`
(mog`or) ranglari, chiriklik, ximiyaviy ranglar, qurt yegan joylar, deformatsiyalanish
(shakl o`zgarishi), yorilish, daraxt tanasining shaklidagi nuqsonlar, yog`ochlikning
tuzilishidagi nuqsonlar, jarohatlar, yog`ochdagi g`uddalar, yog`ochni ishlagan vaqtda
yetkazilgan mexanik shikastlar va kamchiliklar.
Aytib o`tilgan nuqsonlardan ko`pchiligining kelib chiqishiga sabab bo`lgan
narsa – daraxtning noqulay sharoitda o`sishi, iqlim ta‘siri, shuningdek, daraxtga
turlicha mexanik zarar etkazilishidir. Ko`pgina nuqsonlar tayyorlangan yog`och-
taxtada paydo bo`lishi ham mumkin (masalan, yog`och-taxtaning yorilishi, dars
ketishi, qurt eyishi). CHirish hodisalari ko`karib turgan daraxtda ham, tayyorlab
qo`yilgan yog`och-taxtalarda ham bo`ladi.
Ko`z (Butoq)lar daraxt tanasidagi butoq negizi ko`z deb ataladi. Ko`zlar
qoramtir dog`larga o`xshab ajralib turadi, ular mustaqil yillik qavatlariga ega. Ko`zlar
yakka-yakka holda betartib joylashgan (tarqoq ko`zlar) bo`lishi ham, daraxt
tanasining aylanasida bir xil balandlikda uchtadan va bundan ko`proq bo`lib to`da -
to`da joylashgan (g`o`shsha ko`zlar) bo`lishi ham mumkin. Ko`zlarning qanday
joylashishi daraxtning turiga bog`liq.
Ko`zlar tilingan taxtadagi shakliga qarab, dumaloq, oval va uzunchoq bo`ladi.
Butoq ko`ndalang o`qiga nisbatan tik yo`nalishda yoki o`tkir burchak hosil qilib
qirqilsa, dumaloq ko`z hosil bo`ladi; shu bilan birga, katta diametrining kichik
diametrga nisbati ikkidan oshmaydi.
Oval shakldagi ko`zning katta diametri bilan kichik diametri nisbati ikkidan
katta, lekin to`rtdan kam bo`ladi.
Butoq bo`yiga qirqilsa yoki ko`ndalang o`qiga nisbatan kichik burchak hosil etib
kesilsa, shu bilan birga, katta diametrining kichik diametriga uzunchoq ko`z nisbati
to`rtdan katta bo`ladi
Uzunchoq ko`zning xillari:
quroq ko`z – material (sortiment) ning butun yoqiga cho`zilgan uzunchoq ko`z.
tarmoqli yoki panjasimon ko`z — o`zakka nisbatan simmetrik joylashgan ikkita
ko`z.
Bachki — o`tkir burchak hosil kilib, tananing ichiga juda chuqur kirgan katta
uzunchoq ko`z (butoq). Bachki daraxtning o`smay qolgan yoki o`lib qolgan ikkinchi
uchidir.
- 69 -
Atrofidagi yog`ochlikka qanchalik tutashib o`sganligiga qarab, ko`zlar
(butoqlar) tutashgan, qisman tutashgan va tutashmagan ko`zlarga ajratiladi.
Tutashgan ko`z butoqning yillik qavatlari o`z atrofidagi yog`ochlikka butoq
ko`ndalang qirqimining kamida ¾ perimetriga tutashgan bo`ladi. Butoq yillik
qavatlarining atrofdagi yog`ochga tutashishi deganda daraxt tanasidagi yillik
qavatlarning butoqdagi davomi tushuniladi.
Yog`och quriganda, arralab yo`nib ishlanganda ham bunday ko`z (butoq) tushib
ketmaydi, hatto yog`och-taxtaning chetida bo`lganida ham joyida mahkam
turaveradi.
Qisman tutashgan ko`z (butoq) ning yillik qavatlari atrofidagi yog`ochga butoq
ko`ndalang qirqimining 3/4 perimetridan kam, ammo 1/4 perimetridan ko`proq
tutashib o`sgan bo`ladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, qisman tutashgan butoq
tilingan taxtaning bir tomonida yog`ochga mutlaqo tutashmagan bo`lishi mumkin,
lekin ikkinchi tomonida yoki ko`zning ichida albatta tutashgan bo`ladi.
Tutashmagan ko`z (butoq) ning yillik qavatlari atrofidagi yog`ochga mutlaqo
tutashmagan yoki butoq ko`ndalang qirqimining 1/4 perimetriga yoxud bundan ham
kam tutashgan bo`ladi
Tutashmagan ko`z (butoq) lar taxtani quritganda yoki ishlaganda tushib ketishi
mumkin. Tutashmagan ko`zlar ko`karib turgan daraxtdagi qurib qolgan yoki singan
shoxlardan hosil bo`ladi. Bunday shoxlarning yog`ochligi o`smaydi. Tananing yangi
yillik qavatlari shoxni gir aylantnrib oladi. Vaqt o`tishi bilan singan shoxni yangi
yog`ochlik qatlami butunlay qoplab, bekitib yuboradi. Yog`ochlik qatlami tagida
qolgan butoqni shu o`rindagi jarohatsimon dog`dan (butoq ustidagi g`uddadan) bilib
bo`ladi.
Butoq juda ostda, qalin qatlam tagida qolib ketgan bo`lsa, po`stloqda ayni butoq
tepasidagi jarohatsimon dog` yulduz shaklida bo`ladi, g`o`la yog`ochda esa
jingalakka o`xshaydi.
Daraxtlarning ba‘zi turlarida (qayin, qoraqayin, tog`terakda) po`stloq ostida,
qolib ketgan butoq tepasida brovka, ya‘ni qoshsimon chiziq hosil bo`ladi. Qayin
daraxtida o`ziga xos brovkalar bo`ladi. Brovka yorilib-yorilib ketgan va qoraygan
po`stloqdagi burmalardir. Ular butoq po`stlog`ining tana po`stlog`iga tutashgan
joyida hosil bo`ladi va bir-biriga nisbatan burchak hosil qilib joylashgan ikkita chiziq
(mo`ylov)dan iborat. Bu chiziqlarning uchrashgan joyda jarohatsimon dog` bo`ladi.
Po`stbutoq qanchalik yo`g`on bo`lsa, bu chiziqlar shunchalik uzun bo`ladi. Eng katta
chiziqning santimetr hisobidagi uzunligi bekilib qolgan butoqning millimetr
hisobidagi diametriga taxminan mos keladi.
Butoq obdan tutashib o`sib ketgandan kenin brovka o`tkir burchak shakliga
kiradi. Bora-bora daraxt tanasi yo`g`onlashib, brovka chiziqlari orasidagi burchak
- 70 -
kattalashadi. Butoqning qanday chuqurlikda tutashganligini (uning uchini) shu
burchakning kattaligiga qarab bilib bo`ladi.
Daraxt tanasining pastki qismidagi bekilib qolgan butoqlar tananing novdalardan
tabiiy tozalanishi va yangi yog`ochlik qatlami o`sishi natijasida vujudga keladi.
Po`stloq tagida qolib ketgan ana shunday butoqlari bo`lgan taxtalar tilganda
maekur butoqlar o`rnida tutashgan, qisman tutashgan va tutashmagan ko`zlar hosil
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |