Grafika, fonetika va orfoepiya



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/100
Sana11.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#352112
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100
Bog'liq
Ona tili mavzulashtirilgan test 5-9

59. Bu kampir Toshkentda ishlaydigan 
o’g’linikida bir oy turib,  yana qishloqqa,  
boshqa bolalari,  nevaralari huzuriga 
ketayotgan ekan. 
Ushbu gapda qaysi bo’lak ajratilgan? 
A) aniqlovchi       B) hol     C) to’ldiruvchi      
D) ushbu gapda ajratilgan bo’lak mavjud emas. 
60. So’zlovchining o’zi bayon etayotgan fikriga 
munosabati,  fikrning birovga nisbatan 
nisbatlanishi,  o’z fikri tarkibiy qismlarining 
ahamiyatliligi darajasi,  fikriga va uning 
tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan 
qo’shimcha axboroti yoki izohi nima deyiladi ? 
A) undalma                 B) kiritma              
C) so’z-gap                 D) ajratilgan bo’lak 
61. Aytishlaricha,  bugun kelishi kerak. 
Ushbu gapdagi aytishlaricha kiritmasining 
ma’nosi......... 
A) o’z fikriga munosabat 
B) o’z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi 
C) fikrning birovga nisbatlinishi 
D) o’z fikriga qo’shimcha axborot berish 
62. Murakkab kiritmalar ishtirok etgan gapni 
toping. 
A) Nahotki,  daryolar oqar teskari,  
     Nahotki,  odamlar kezar darbadar. 
B) Qani,  kiring,  ichkarida bemalol 
gaplashamiz. 
C) Lekin o’rinsiz haq so’zdan,  nazarimda,  
sukut yoki bezarar yolg’on yaxshiroq. 
D) Dunyoda hech bir xalq to’g’ri kelolmas,  
Mening bilishimcha,  sening elingga. 
63. 1.So’zsiz,  bu yil imtihonlarni yuqori 
baholarga topshiramiz.   2.O’rtog’i bilan 
so’zsiz salomlashdi.   Ushbu gaplardagi so’zsiz 
so’zi... 
A) har ikki gapda ham kirish so’z         
B) har ikki gapda ham hol 
C) 1-gapda kirish so’z,  ikkinchi gapda – hol 
D) 1-gapda kirish so’z,  2-gapda aniqlovchi 
64. O’z fikri tarkibiy qismlarining 
ahamiyatliligi darajasi ma’nosida kelgan 
kiritmani toping. 
A) Yaxshi hamki,  yomg’ir yog’madi      
B) Yolg’on gapirish,  albatta,  gunohdir. 
C) Birinchidan biz yaxshi o’qidik,  ikkinchidan,  
o’qituvchimiz yaxshi o’qitdi. 
D) Dadam,  ehtimol,  Qo’qonga ketgandir. 
65. Kiritma gap berilgan qatorni aniqlang. 
A) CHindan ham,  mashina dehqonning 
og’irini yengil qiladigan zabardast kuchga 
aylandi. 
B) Yaxshi hamki,  yomg’ir yog’madi 
C) “O’tkan kunlar” (siz bu romanni o’qigansiz,  
albatta) o’zbek romanchiligi tarixida alohida 
o’rin egallaydi. 
D) Uning boshida do’ppi,  Marg’ilon nusxa 
do’ppi,  bor edi. 
66. Kiritma gap berilgan qatorni aniqlang. 
A) Maxsim o’sha yerda,  aftidan,  tanish chiqib 
qolgan bir odam bilan gaplasha ketdi. 
B) Qurbon ota uning suhbatini xushlamasa 
ham,  odamning yuzi issiq – hamsafar bo’lish 
to’g’risidagi sazasini o’ldirmadi.  
C) Yaxshi,  o’tni shu yerdan ochamiz.        
D) Olimlarning fikricha,  havoning isishi yer 
yuzining sahrolashuviga olib kelar ekan 
67. Kiritma gap eng ko’p qo’llanadigan soha.... 
A) she’riy asarlar            B) nasriy asarlar             
C) dramatik asarlar         D) publitsistik asarlar 
68. So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki 
predmet....... 
A) kirish so’z                   B) kirish gap             
C) undalma                      D) so’z-gap 
69. Omon (o’qiydi va qotib-qotib kuladi). 
Bunisi ham shunaqa...       Ushbu matnda 
qanday birlik mavjud? 
A) undalma              B) kirish so’z      
C) kiritma gap         D) ajratilgan bo’lak 
70. Odamlar kasal  bo’laveribdi,  ulardan 
qanchasi o’laveribdi-yu,  sen bu dorilarni 
bosib yotaveribsanda,  noinsof! 
Ushbu gapdagi noinsof so’zi........ 
A) undalma,           B) kirish so’z          
C) kiritma gap       D) ajratilgan bo’lak 


 
 
71. Undalmali gaplarning kesimi ko’proq 
qanday shakllarda bo’ladi? 
A) birinchi shaxs-son shaklida 
B) birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida 
C) ikkinchi shaxs-son shaklida 
D) birinchi,  ikkinchi,  uchinchi shaxs-son 
shakllarida 
72. Uyushgan undalmalar berilgan qatorni 
toping. 
A) Seni unutolmas yuragim aslo,  
     Ey O’rta Osiyo,  O’rta Osiyo? 
B) O’-o’,  boylik,  boylik! Mening uyimga sen 
kiradiganbo’lsang-u,  iymon ketadigan bo’lsa,  
men senga o’t qo’yaman,  o’t! 
C) Muhtaram onalar,  opalar va o’g’illar,  sizga 
shu haqda murojaat qilamiz. 
D) A,  B,  C 
73. Yoyiq undalma qatnashgan gapni aniqlang. 
1. Muhtaram Umidaxon,  sizni tug’ilgan 
kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman. 
2. Qarg’avoy,  men seni yeyman. 
3. Sobir,  Naim,  Murod,  tezroq kela qolinglar. 
4. Ming afsuski,  o’zlashtirilmagan yerlar juda 
ko’p. 
A) 1        B) 1, 2, 3, 4       C) 1, 4       D) 1, 3.4 
74. Murakkab kiritmalar qanday birliklar bilan 
ifodalanadi?  1. so’z birikmalari    
 2. kengaygan birikmalar      3. gaplar 
A) 1,  2         B) 2           C) 1          D) 1, 2,  3 
75. Qanday undalmalar yoyiq undalma 
sanaladi? 
A) o’ziga qarashli aniqlovchisi bor undalmalar 
B) o’ziga qarashli aniqlovchisi va izohlovchisi 
bor undalmalar 
C) o’ziga qarashli izohlovchisi bor undalmalar 
D) uyushgan undalmalar 
76. Taraldi kuy: mayin va g’amgin. Yuqoridagi 
matn haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri? 
A) bog’lovchisiz qo’shma gap                
B) kiritmali sodda gap 
C) kiritma gapli sodda gap               
D) ajratilgan aniqlovchili sodda gap 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish