50.Ajratilgan kesim qatnashgan gapni
aniqlang.
A) Men, Salimov To’lqin, Samarqand
viloyatining Kattaqo’rg’on shahrida 1968 - yili
tug’ildim.
B) Uyda ko’p ish qildi – supurdi, kir yuvdi,
tozaladi.
C) O’sha otga mana bu bolaning,
Xudoyberdining ishqi tushib qolgan ekan.
D) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam,
Qo’msayman birovni – allakimimni.
51. Yillar mana shu xilda, osoyishta o’tar edi.
Ushbu gapda qaysi bo’lak ajratilgan?
A) ega B) kesim C) to’ldiruvchi D) hol
52. Ey Farg’ona! Tushkun kunlar bolasini
tishida tishlab, yuvib, tarab, sevib, o’pib,
quchib, opichlab, Ey baxtlarini balog’atga
yetkazgan ona!
Ushbu gapdagi ajratilgan bo’laklar haqidagi
qaysi fikr to’g’ri?
A) sifatlovchi aniqlovchi ajratilgan
B) kesimlar ajratilgan
C) ravishdosh qurilmali hollar ajratilgan
D) kengaygan birikmali aniqlovchilar
ajratilgan
53. Kechagi, ya’ni urushdan oldingi hayotning
naqadar maroqli ekanini bilgandir.
Ushbu ajratilgan bo’lakda ishlatilgan tinish
belgilari haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) urushdan oldingi birikmasidan so’ng vergul
qo’yiladi.
B) ya’ni bog’lovchisidan so’ng vergul
qo’yiladi
C) urushdan so’zidan so’ng vergul qo’yiladi
D) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan.
54. Ajratilgan bo’lakning o’rni va unda
ishlatiladigan tinish belgilari haqidagi qaysi
fikr to’g’ri?
A) Ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan
bo’lakdan doimo keyin keladi va yozuvda
vergul, tire va qavs bilan ajratiladi.
B) Ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan
bo’lakdan oldin keladi va yozuvda vergul, tire
va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
C) Ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan
bo’lakdan yo oldin yo keyin keladi va yozuvda
vergul, tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
D) Ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan
bo’lakdan doimo keyin keladi va yozuvda tire,
ikki nuqta, qavs bilan ajratiladi.
55. Ajratilgan hol qatnashgan gapni toping.
A) Nasihatimni, otangni so’zini, esingda tut.
B) O’g’lim, qo’zichog’im, orom olib
uxlayapti.
C) Hu ana shu joyda, taxta ko’prikning ostida,
kichik bir buloq bor.
D) Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq,
eshik yonida dag’-dag’ titraydi.
56. Birozdan so’ng Hasan aka, fizika
o’qituvchisi, kirib keldi.
Ushbu gapda ikkinchi vergul qo’llanmasa
qanday grammatik o’zgarish sodir bo’ladi?
A) gap mantiqiy jihatdan buziladi
B) hech qanday grammatik o’zgarish
bo’lmaydi
C) ajratilgan bo’lakli gap uyushiq bo’lakli
gapga aylanadi
D) ajratilgan bo’lak umumlashtiruvchi bo’lakka
aylanadi
57. Ajratilgan bo’lak vazifasida ko’pincha
holning qaysi turlari keladi?
A) ravish holi va daraja –miqdor holi
B) sabab holi va maqsad holi
C) o’rin va payt holi
D) ravish va sabab holi
58. Ushbu gaplarda qaysi bo’laklar ajratilgan?
1. Otam – Rustam Jo’raev – maktabda
biologiyadan dars beradi.
2. Seryoja – oddiy, navqiron, mard yigit –
o’rtoqlari uchun jonini fido qildi.
3. Axir uning, Vohidning ham o’ziga yarasha
obro’si, yigitlik g’ururi bor-ku!
A) ajratilgan hol, ajratilgan qaratqich,
aniqlovchi, ajratilgan sifatlovchi
B) ajratilgan to’ldiruvchi, ajratilgan
aniqlovchi, ajratilgan aniqlovchi
C) ajratilgan izohlovchi, ajratilgan hol,
ajratilgan qaratqich aniqlovchi
D) ajratilgan izohlovchi, ajratilgan sifatlovchi
aniqlovchi, ajratilgan qaratqich aniqlovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |