32. Qaysi qatorda shakl yasovchi
qo’shimchaning ta’rifi to’g’ri berilgan?
A) asosga qo’shilib, yangi ma’no hosil
qiluvchi qo’shimchalar
B) asosga qo’shilib, uning ma’nosiga
qo’shimcha ma’no yuklash yoki o’zi
qo’shilayotgan so’zni boshqa so’zga bog’lash
vazifasini bajaruvchi qo’shimchalar
C) faqat o’zakning oldida keluvchi
qo’shimchalar
D) asosga qo’shiluvchi barcha qo’shimchalar
33. Asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl
yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qolipli
so’zni belgilang.
A) serhashamlik B) yurtimizning
C) bolalarday D) paxtachiliklarni
34. Bog’bon tokzorining tagiga bir xumcha
oltin ko’mib qo’yganman deb o’g’illariga
yolg’on gapiribdi.
Yuqoridagi gapda nechta yasama so’z mavjud?
A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta
35. Qaysi qatorda qo’shma so’zlar berilgan?
A) vatanparvar, serhosil
B) uch tup, yetti yil
C) mashinasoz, musobaqa
D) toshbaqa, fotoapparat
36. Quyida berilgan hukmlardan qaysi biri
noto’g’ri?
A) sifatdan sifat yasash mumkin
B) fe’ldan fe’l yasash mumkin
C) ravishdan ravish yasash mumkin
D) otdan ot yasash mumkin
37. –lik qo’shimchasi quyidagilardan qaysi
biriga qo’shiladi?
A) hovli-joy B) odob
C) sihat-salomat D) ilm
38. –a qo’shimchasi so’zlarga qo’shilganda
qanday vazifalarda kelishi mumkin?
1. fe’l yasovchi 2. ot yasovchi
3. sifat yasovchi 4. sintaktik shakl yasovchi
5. lug’aviy shakl yasovchi
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 5
39. Quyidagi yasama fe’llarning qaysi so’z
turkumidan yasalganini aniqlang.
1. tuzlamoq 2. dodlamoq 3. yangilamoq
4. tezlamoq 5.qishlamoq
A) ot, undov, sifat, ravish, taqlid so’zlardan
B) sifat, undov, sifat, sifat, otlardan
C) son, taqlid so’z, sifat, ravish, otlardan
D) ot, undov, sifat, ravish, otlardan
40. Quyidagi topishmoqlarning qaysi birida
yasama so’z mavjud emas?
1. Qorday oppoq, qorday yumshoq
2. Qat-qat quloq, dum-dumaloq
3. Git-git deydi ishlaydi, yerga kukun tashlaydi
4. Kelib og’zin ochar, tishlab qochar
A) 1, 3 B) 2 C) 4
D) barchasida yasama so’z mavjud
41. Qo’shimchalarning qaysi turi odatda
asosga birinchi bo’lib qo’shiladi?
A) so’z yasovchi B) sintaktik shakl yasovchi
C) lug’aviy shakl yasovchi
D) barchasi ham birinchi bo’lib qo’shilaverishi
mumkin.
42. Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi
–si shaklida qo’shiladi?
A) parvo B) avzo C) mavzu D) barcha
so’zlarga –si shaklida qo’shiladi
43. Buningiz , o’shanisi olmoshlarida qanday
qo’shimchalar mavjud?
A) qaratqich, tushum kelishigi va egalik
qo’shimchalari
B) faqat egalik qo’shimchalari
C) tushum kelishigi va egalik qo’shimchalari
D) mazkur qo’shimchalar olmoshlarda
yaxlitlanib qolgan
Do'stlaringiz bilan baham: