15. Asosdosh so’zlarni toping.
A) uyimiz, uyining, uyga
B) toshloq, toshbaqa, toshni
C) suvarak, suvamoq, suvsa
D) beoqibat, oqibatli, oqibatsiz
16. Yasama so’zning tub so’z bilan o’zaro
sinonim hosil qilgan qatorini toping.
A) oziq-ovqat, baxt-saodat
B) ishchan-dangasa, mamnun-xurram
C) farmon-buyruq, sevgi-muhabbat
D) odobli-boodob, ilmli-bilimdon
17. Ismlarning munosabat shakllariga qaysilar
kiradi? 1. egalik shakllari 2. kelishik
shakllari 3. ko’plik qo’shimchasi
4. –man, -san, -dir qo’shimchalari
5. so’z yasovchi qo’shimchalar
A) 1, 5 B) 1, 2, 4
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5
18. Lug’aviy shakl qo’shimchalariga qaysilar
kiradi?
A) –chi, dosh, -simon
B) –ni, -ga, -dan, -ning
C) –man, -san, -miz
D) –lar, -roq, -cha, -choq
19. Yasama so’z berilgan qatorni toping.
A) keltirmoq B) botqog’i
C) chirog’i D) karra
20. Quyidagi so’zlarning qaysilari hozir
morfemaga ajralmaydi?
1.ovloq 2. borliq 3. ichak 4. to’rtlik
5. bezor 6. asrandi 7. moddiy 8. jannati
A) 1, 2, 3, 4, 7 B) 1, 3, 6, 7, 8
C) 3, 5, 7 D) 1, 3, 5, 7
21. Qanday so’zlar tuzilishiga ko’ra sodda so’z
hisoblanadi?
A) barcha tub so’zlar
B) barcha yasama so’zlar
C) tub va morfologik usul bilan yasalgan
so’zlar
D) sintaktik usul bilan yasalgan so’zlar
22. Qaysi so’z turkumlari so’z yasovchi
qo’shimchalar yordamida yasalmaydi?
A) fe’l, ot B) son, olmosh C) sifat,
ravish D) barchasi yasalishi mumkin
23. Qaysi so’zlar yasalmagan?
1.ohla 2. quvla 3. dodla 4. qashila
5. kulimsira 6.yaltira
A) 1, 2, 3, 4.5.6 B) 2, 6
C) 2, 4, 5 D) 2, 5
24. Qaysi gapda sondan fe’l yasalgan?
A) Bizning o’quvchilar tanlovda birinchi
o’rinni egallashdi.
B) CHoynakdagi suv qaynayverib yarimlab
qolibdi.
C) Ming marta eshitgandan ko’ra bir marta
ko’rgan afzal.
D) To’rtovlon maslahatlashib ovga chiqdik.
25. –in qanday qo’shimcha sanaladi?
A) ot va sifat yasovchi
B) faqat ot yasovchi
C) ravish va lug’aviy shakl yasovchi
D) yuqoridagilarning barchasi
26. Qaysi qatorda –gi qo’shimchasi ot
yasayapti?
A) yozgi B) kuzgi C) supurgi D) nahorgi
27. Qaysi qatorda ma’nodosh (sinonim)
qo’shimchalar mavjud?
A) ko’kar – kelar
B) hunarli—hunarmand
C) chorvador – puldor
D) moyla – randala
28. Qaysi qatorda fe’ldan yasalgan sifatlar
mavjud?
A) g’amxo’r, zahmatkash
B) noma’lum, qarimsiq
C) yulg’ich, o’tmas
D) kechagi, dastlabki
29. Qaysi qatorda yasama so’z berilgan?
A) chiziq B) qabul qilmoq
C) rahmdil D) A, B, C
30. Qaysi qatordagi so’zlarning asosi bir
bo’g’indan iborat?
1. o’zlik 2. tanlov 3. muzdek 4. siniq
5.vafodor 6. yasha
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4, 6
C) 1, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |