47. Qaysi birikmalarni ham erkin, ham
turg’un birikma sifatida qo’llab bo’lmaydi?
1. ko’zi ochiq 2. og’zi katta 3. ko’z
tashlamoq 4. boshga ko’tarmoq
5. oyoqni qo’lga olib yugurmoq
A) 1, 3, 5 B) 3, 4, 5 C) 3, 5
D) barchasini erkin birikma sifatida qo’llab
bo’lmaydi
48. Qaysi so’zlar el so’zining sinonimi bo’lishi
mumkin?
1. gulzor 2.bola 3. yer 4. diyor
5. osmon 6.vatan 7.oyoq
A) 4, 6 B) 2, 3, 4, 6 C) 1, 5, 6, 7
D) hech biri el so’zi bilan sinonim bo’la
olmaydi
49. Quyidagi so’zlardan qaysi biri ko’p
ma’noda qo’llanishi mumkin?
1. tarvuz 2. oshxona 3. shkaf
4. yurak 5. qandil
A) 2, 3, 4 B) 2, 5 C) 4
D) barchasi gap tarkibida ko’p ma’noda
qo’llanishi mumkin
50. Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping.
A) angob, betlik, poshna
B) juva, keli, supra
C) aylana, qoldiq, son
D) momo, mayak, o’jak
51. Quyidagi hodisalarning qaysi biri shakliy
bir xillikka ega?
1. ko’p ma’nolilik 2. shakldoshlik
3. ma’nodoshlik 4. uyadoshlik 5. ziddoshlik
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2 D) 2, 3, 5
52. Besh qo’l barobar emas. Ushbu gapda
qanday ma’no ko’chish yuz bergan?
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
53. Sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chgan
qatorni belgilang.
A) To’qson besh choy ichdik.
B) Urush ko’plarning yostig’ini quritdi.
C) Ota-onangdan tirikligingda qarzingni uz.
D) Montyor to’yxona chiroqlarini yondirdi.
54. Ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi aloqa
uzilib, omonimga aylanib qolgan so’zlarni
belgilang.
1. Kun (quyosh) -- kun ( sutka ma’nosida)
2. Qosh (insonning qoshi) – qosh (ayvoning
qoshi) 3. Ko’k ( rang) – ko’k (osmon)
4. gap (nutq birligi) – gap (ziyofat)
A) 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 5 D) 1, 2, 3, 4,
55. Quyidagilardan qaysi biri lug’aviy birlik
hisoblanmaydi?
1. so’z 2. gap 3. so’z birikmasi
4. tasviriy ifoda 5. qo’shma so’z
6. frazeologik ibora
A) 2, 3, 4 B) 1, 5, 6 C) 1, 3 D) 2, 3
56. Qaysi qatorda tasviriy ifoda noto’g’ri
berilgan?
A) qaldirg’ochlar – samo lochinlari
B) maktab – ilm o’chog’i
C) Toshkent – non shahri
D) yozuvchilar – kishi ruhining injenerlari
57.Asli fors-tojikcha bo’lgan so’zlarni toping.
A) milliy, balki, harakat, oddiy
B) darvoza, poyafzal, sust, dono
C) tuman, shijoat, choy, pero
D) yaxshi, non, bugun, sigir
58. “Og’zing qani desa qulog’ini ko’rsatadi”
iborasining ma’nosi nima?
A)yuvosh B) sodda
C) lapashang D) kamgap
59. Nofaol so’zlarga quyidagilardan qaysi biri
mansub?
1. atamalar. 2. shevaga xos so’zlar
3. kasb-hunarga oid so’zlar
4. eskirib qolgan so’zlar 5. jargon so’zlar
A) 1, 3, 5 B) 1, 5 C) 3, 4, 5
D) yuqoridagilarning barchasi
60. Iboralar asosan qaysi uslubda qo’llanadi?
A) so’zlashuv uslubida
B) so’zlashuv va badiiy uslubda
C) badiiy uslubda
D) iboralar barcha uslubda keng qo’llanadi
61. “Devonu-lug’otit turk” va “Abushqa”
lug’atlarining yaratilgan davrlari qaysi
qatorda to’g’ri berilgan?
A) “Abushqa” lug’ati XI asrda, “Devonu-
lug’atit turk” XVI asrda yaratilgan. B) Har
ikkovi XI asrda yaratilgan.
C) “Devonu-lug’otit turk” XI asrda,
“Abushqa” asari XVI asrda yaratilgan.
D) Har ikkala asar ham XVI asrda yaratilgan.
62. Bir so’zning ikki ma’nosi deganda nimani
tushunasiz?
A) ko’p ma’nolilik B) ma’nodoshlik
C) shakldoshlik D) ziddoshlik
63. Bir xil shaklga ega bo’lgan ikkita so’z
deganda nimani tushunasiz?
A) ko’p ma’nolilik B) ma’nodoshlik
C) ziddoshlik D) paronimlik
64. Quyidagi so’zlarning qaysi birida
shakldoshlik ot va fe’l turkumi o’rtasida
vujudga kelmaydi?
A) osh B) tut C) qo’y D) son
65. Qaysi qatorda Izohli lug’atning ta’rifi
to’g’ri berilgan?
A) so’zlarning to’g’ri yozilishini ko’rsatuvchi
lug’at
B) tildagi barcha so’zlarning qanday
ma’nolarni bildirishini tanishtiruvchi lug’at
C) bir tildagi so’z ikkinchi tilda qanday so’zga
teng kelishini ko’rsatuvchi lug’at
D) iboralarning ma’nosini izohlovchi lug’at
66. Birja so’zining ma’nosi...
A) matematik hisob B) ishbilarmon
C) ulgurji bozor yoki qimmatbaho qog’ozlar
bozori D) dallol
67. Bitim tuzishda vositachilik qiluvchi shaxsni
kim deb ataladi?
A) biznesmen B) broker
C) magistr D) veterinar
68. Fors-tojikcha so’zlarni belgilang.
A) harakat, sanoat, oddiy
B) tuman, navkar, yasovul
C) kaptar, xursand, korxona
D) manti, lag’mon, manpar
69. Kishi ismlarini o’rganuvchi soha...
A) toponimika B) etimologiya
C) onomastika D) leksikografiya
70. Toponimika nimani o’rganadi?
A) joy nomlarini B) kishi ismlarini
C) so’z ma’nolarini D) so’z shakllarini
71. Bakalavr atamsining ma’nosi...
A) ish boshqarish faoliyati bilan
shug’ullanuvchi shaxs
B) to’rt yillik oliy ta’lim bosqichini o’tagan
mutaxassis
C) bolalar shifokori
D) to’rt yillik bosqich o’qishidan so’ng ikki
yillik mutaxassislik kursini o’tagan shaxs
72.Ahkom so’zining ma’nosi nima?
A) hukmlar B) shariat C) xulqlar D) xalqlar
73.SHarir so’zining ma’nosi nima?
A) shavkat B) yomon, yaramas
C) ulug’, qudratli D) mehribon, munis
74.Aqd so’zining ma’nosi nima?
A) aqida B) nikohiga olish
C) ajralish D) aql, farosat
75.CHaksa og’irlik o’lchovi taxminan
qanchaga teng?
A) 10 kg B) 5 kg C) 3 kg D) 7 kg
76.Qarluq-chigil-uyg’ur shevalari qaysi
guruhga mansub?
A) janubiy-sharqiy guruhga
B) janubiy - g’arbiy guruhga
C) shimoliy - g’arbiy guruhga D) A, C
Do'stlaringiz bilan baham: |