8
II BOB
.
YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYASI HAQIDA MA‘LUMOTLAR
Qo‘yim va o‘tqazishlar
Detallarni yirik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishda, ular-
ni qo‘shimcha ravishda to‘g‘rilamasdan buyumlar va ularning
qismlarini yig‘ishga imkon yaratish uchun detallar o‘lchamlar
va shakli jihatdan bir-biridan farq qilishi kerak. Buning uchun
detal va qismlar tayyorlashda GOST 6449—76
“Yog‘ochdan
va yog‘ochli materiallardan yasalgan buyumlar. Qo‘yimlar va
o‘tqazishlar”da bayon etilgan normativ qo‘yimlarga qat‘iy rioya
qilinadi.
Detallar, buyumlar va ularning tarkibiy qismlarining o‘l-
chamlari hamda shakli chizmadan aniqlanadi. Detallarni yig‘ish
vaqtida bir detal ikkinchi detalga kirsa, u holda tutashtirilgan
qismlarning o‘lchamlari
tutashuvchi o‘lchamlar
deb ataladi.
Masalan, detallarni turum orqali biriktirishda turumning oichami
bilan turum kirgiziladigan teshikning o‘lchami tutashuvchi
o‘lchamlar bo‘ladi. Detallarning tutashmaydigan o‘lchamlari
erkin o‘lcham
deb ataladi. Bevosita o‘lchash yo‘li bilan olingan
o‘lchamlar
haqiqiy o‘lcham
deyiladi. Yo‘l qo‘yilgan chegaradagi
ikkita o‘lcham
chekli o‘lcham
deyiladi; haqiqiy o‘lcham yo‘l
qo‘yilgan shu o‘lchamlar oralig‘ida bo‘ladi (haqiqiy o‘lcham
chekli o‘lchamga mos kelishi mumkin).
Chekli oichamlarga nisbatan aniqlanadigan o‘lcham
nomi-
nal o‘lcham
deb ataladi. Nominal o‘lcham hisobiy chetga
chiqishlarning boshlanishi bo‘Iib ham xizmat qiladi. Haqiqiy,
chekli o‘lcham va boshqa o‘lchamlar hamda tegishli nominal
9
o‘lcham orasidagi
chetga chiqishlar
ham aniqlanadi.
Qo‘yim
—
eng katta va eng kichik chekli o‘lcham orasidagi farqdir. Ma-
salan, detaining nominal yo‘g‘onligi
15
mm va chekli chetga
chiqishi ±0,2
mm bo‘lsa, u holda eng katta chekli o‘lchami (eng
katta yo‘g‘onligi)
15 -4- 0,2 = 15,2
mm, eng kichik chekli oi-
chami (eng kichik yo‘g‘onligi) esa
15 — 0,2=14,8 mm bo‘lishi
mumkin. Bu misolda qo‘yim 15,2 —14,8 = 0,4 mm.
Detallar yig‘ish vaqtida qo‘zg‘aluvchan (tirqish qoldirib o‘t-
qazish) yoki qo‘zg‘almas qilib (tarang o‘tqazish) biriktiriladi.
Qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirilgan detallar bir-biriga nisbatan
ma‘lum darajada suriladi. Qo‘yim va o‘tqazishlar tizimida sirt-
qi (qamraluvchi) unsurlar uchun «val» atamasi, detallarning
ich- ki (qamrovchi) unsurlari uchun esa «teshik» atamasi ishlati-
ladi. Agar teshikning o‘lchami valning o‘lchamidan katta bo‘l-
sa, ularning devorlari orasida
tirqish
paydo bo‘ladi, valning
o‘lchami teshikning o‘lchamidan katta bo‘lganida esa ular ora-
sida
taranglik
hosil bo‘ladi.
O‘tqazish
deganda, detallarni birik-
tirish xarakteri tushuniladi, biriktirish joyi hosil bo‘lgan tirqish
yoki taranglikning kattaligi bilan belgilanadi. Biriktirilgan teshik
va val qo‘yimlarining yig‘indisi o‘tqazish qo‘yimi hisoblanadi.
Ham tirqish, ham taranglik hosil boiishi mumkin bo‘lgan
o‘tqazish
oraliq o‘tqazish
deb ataladi (bunda teshik va valning
qo‘yimlar maydoni qisman yoki to‘la berkitiladi). Buyumlarni
konstruksiyalashda, ularni unifikatsiyalash va ishbopligini
oshirish maqsadida, o‘tqazishlar sonini asosli ravishda cheklash
kerak. Yog‘och buyumlarni konstruksiyalashda qo‘yimlarni
hisoblab topish uchun GOST
6449—76
da to‘qqizta kvalitet
ko‘zda tutilgan (10, 11, ... , 18).
Tutashtiruvchi o‘lchamlar
kvalitetini o‘tqazishlar hisobi bilan bir vaqtda tanlash kerak;
bu hisob o‘tqazish qo‘yimlari (tirqish qoldirib o‘tqazish va
tarang o‘tqazish qo‘yimlari)ning talab qilinadigan qiymatlariga
asoslanib chiqariladi.