4. Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari
Monopol faoliyatni tartibga solish – bu davlatning ishlab chiqaruvchilarning
bozorni monopollashtirish imkoniyatini cheklash maqsadida amalga oshiradigan
qonunchilik, ma‘muriy va iqtisodiy tavsifdagi chora-tadbirlaridir.
Antimonopol qonunchilik asosida maxsus antimonopol muassasa (qo‘mita)
tashkil qilinib u davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatini amalga oshiradi.
Uning asosiy vazifalariga quyidagilardan iborat: bozor tuzilishini joriy tahlil qilish;
monopollashuv omillarini aniqlash; antimonopol qonunchilikni amalga oshirish;
sohaga tegishli qonun va hukumat qarorlarini ekspertizadan o‘tkazish; monopolist
korxonalarga sanktsiyalar qo‘llash; monopoliyalarni bo‘lish va qayta tashkil qilish
bo‘yicha takliflar berish.
Ma‘muriy chora-tadbirlar dekartel va detrest tavsifiga ega bo‘lishi mumkin.
Masalan, Germaniya va Yaponiya iqtisodiyotida ikkinchi jahon urushidan keyin
ana shunday tadbirlar qo‘llanilgan. Iqtisodiy tadbirlar odatda monopol ishlab
chiqaruvchilar mahsulotlariga narx o‘sishini cheklashga qaratiladi va tegishli narx
siyosatini taqozo etadi. Narx siyosati ijtimoiy xizmatlardan tashqari tovarlarning
ko‘pchilik guruhiga narxlarni erkinlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu siyosatning asosiy
maqsadi milliy bozorga chet ellik ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishini yo‘l
qo‘yiladigan darajada nazorat qilish asosida raqobatni rag‘batlantirish, mavjud
monopoliyalarga qarshi turuvchi raqobatchi korxonalarni moliyaviy, soliq va
kreditli vositalar orqali rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash
uchun shart-sharoit yaratishdir.
181
Davlatning monopoliyalarga qarshi amalga oshiradigan iqtisodiy chora-
tadbirlarini quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:
1.
Monopol mahsulotning o‘rnini bosuvchilarini ishlab chiqaruvchilarini
rag‘batlantirish;
2.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
3.
Xorijiy investittsiyalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalar va erkin savdo
zonalari tashkil qilish;
4.
Taqchil tovarlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha tadbirlarni
davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish.
Davlatning monopoliyalar faoliyatini tartibga solish usullari quyidagi
maqsadlarni amalga oshirishga qaratiladi.
bozorning monopollashuvini cheklash;
doimiy davlat monitoringini amalga oshirish;
monopol narxlar o‘rnatilishini taqiqlash;
raqobatni saqlash va qo‘llab-quvvatlash ya‘ni raqobatchi kompaniyalar
qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Raqobat zamonaviy shakllarda amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.
Hozirgi davrda: ―iqtisodiy tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh
muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida
monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish‖
37
davlat antimonopol siyosatining
negizini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |