O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi.
3.
Tabiiy monopoliyalar, ularning belgilari va tartibga solinish
hususiyatlari.
4.
Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari.
1.
Antimonopol qonunchilikning zarurligi va kelib chiqishi. Antimonopol
siyosat
Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin raqobatga to‘sqinlik qilib, iqtisodiy
rivojlanishga ancha jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi
mumkin. Shunga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni
davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga
qarshi siyosatning mazmunini tashkil etadi.
Davlatning antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini cheklash,
tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi.
Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi
qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan.
Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham
qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi.
Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi,
uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan
yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini
qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Bular asosan antimonopol qonunchilik
yordamida hal qilinadi. Jahon tajribasida bunday qonunchilik 120 yildan ortiq davr
davomida rivojlanib kelgan. Jumladan, u birinchi bo‘lib, AQShda monopoliyalar
gurkirab tashkil topa boshlagan davrda paydo bo‘lgan.
171
Hozirgi davrda, erkin raqobatni himoya qiluvchi qonunchilik bitimlari
G‘arbiy Evropaning barcha mamlakatlarida mavjud. Ularda mazkur qonunchilik
ikki yo‘nalishga ega: narxlar va kompaniyalar qo‘shilishi ustidan nazorat qilish.
Antimonopol tartibga solish takomillashmagan va muayyan xarajatlar bilan birga
borsa-da, ular bozor iqtisodiyotida monopolistik tamoyillarni cheklashga olib
keladi.
Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda
amal qiladi.
Odatda AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va
mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi qonunchilik
hujjatlariga asoslanadi:
1. Sherman qonuni
(1890 y.) Kartel bitimlarini noqonuniy deb hisoblaydi,
savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga
olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni ta‘qiqlaydi. Bu qonun asosan savdo va tijorat
faoliyatining monopollashuviga qarshi yo‘naltiriladi. Hamda erkin savdoni
cheklashga qaratilgan kelishuvlarning har qanday shakliga taqiq qo‘yadi. Mazkur
qonunda jazo chorasi sifatida jarimalar, zararni qoplash, qamoqqa olish va hatto
aybdor firmani tugatishni ham ko‘zda tutadi. Qonunning eng muhim hususiyati
mavjud faoliyat qilib turgan monopoliyalarga qarshi kurashga qaratiladi. Uning
kamchiligi asosiy qoidalar noaniqligi, qonunning bajarilishini nazorat qiluvchi
doimiy muassasa yo‘qligi va antimonopolistik tadbirlarning profilaktik xarakterga
ega bo‘lganligidir.
2. Kleyton qonuni
(1914 y.) Bu qonun savdodagi kamsitishni, mahsulot
sotish sohasidagi cheklashni narx bo‘yicha kamsitishni firmalarning ma‘lum
ko‘rinishda birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqa-
larni taqiqlaydi. Trestlarga qarshi qonunchilikka doir asosiy tushunchalar
aniqlashtirildi va monopoliyalarga qarshi faoliyat tushunchasi kengaytirildi.
Trestlarga qarshi qonunlarning bajarilishini nazorat qilish hukumat Federal savdo
172
komissiyasiga yuklatiladi. Shu qonun tufayli ―monopol kasallik‖ deb nomlangan
tushuncha paydo bo‘lgan.
3. Robinson-Payman qonuni
(1936 y.) Bu qonun savdo sohasidagi
cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqa
shu kabilarni taqiqlaydi. AQShdagi trestlarga qarshi mavjud qonunchilik ko‘proq
darajada boshqa mamlakatlarda ham antimonopol qonunchilikning rivojlanishiga
ta‘sir ko‘rsatgan.
4. Unler-Li qonuni
(1938 y.) Savdo bo‘yicha federal komissiyaga ―savdoda
chalg‘itishga olib keladigan harakatlarni‖ nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha
majburiyat qo‘ygan. Natijada komissiya iste‘molchini reklama va yolg‘on
ma‘lumot natijasida jabr ko‘rishdan himoya qilish vazifasini oldi. Unler-Li qonuni
iste‘molchilar huquqini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur qonun yolg‘on
reklama va ma‘lumotlarni soxtalashtirishga qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z
ichiga oladi.
5. Kleyton qonuniga Keller-Kefover qonuni tuzatishi kiritgan (1950 yilda).
Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib
olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning
gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Keller-Kefover
tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi
36
. Unda moddiy
aktivlar sohasida monopoliyalar o‘zaro ta‘siriga e‘tibor qaratadi. AQShda XXasr
80-yillarining birinchi yarmida monopoliyalarga qarshi qabul qilingan yo‘riqnoma
hujjatlarida
Xorfindal-Xirishman
indeksidan
foydalanib
tarmoqlar
kontsentratsiyalashuvining normativlarini o‘rnatdi. Agar bu indeks 1000 dan
yuqori bo‘lmasa, bozor kuchsiz kontsentratsiyalashgan, 1800dan yuqori bo‘lsa
kuchli darajada kontsentratsiyalashgan deb tan olingan.
Ayni vaqtda bir qator tarmoqlarda (gaz-ta‘minoti, elektr ta‘minoti va h.k.)
tabiiy monopoliyalardan holi bo‘lish qiyin. Shu sababli davlat ularga nisbatan
36
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar, muammolar va siyosat. O‘n ettinchi Nashr.
583-597 b.
173
bevosita yoki bilvosita tartibga solish dastak va vositalarini qo‘llashga majbur
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |