Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2. O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi 

Raqobatning  amal  qilishi  ma‘lum  shart-sharoitlar  mavjud  bo‘lishini  taqozo 

qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi 

mumkin.  Shunday  ekan,  bozor  iqtisodiyotiga    o‘tish    ayni  vaqtda  raqobatchilik 

muhitining shakllanishini bildiradi. 

Raqobatchilik  muhitini  vujudga  keltirish  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ektlarning 

erkinligi  va  iqtisodiy  mustaqilligini  oshirish,  tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish 

yo‘lidagi  mavjud  to‘siqlarni  bartaraf  etishni  iqtisodiyotda  monopol  tuzilmalar 

faoliyatini tartibga solishni  taqozo etadi. Bunday tartibga solishning zaruriy sharti 

uning me‘yoriy huquqiy asoslarining yaratilishidir.  

«Monopol  faoliyatni  cheklash  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi 

qonuniga  (1992  yil)  ko‘ra,  bozorda  ataylab  taqchillik  hosil  qilish,  narxlarni 

monopollashtirish,  raqobatchilarning  bozorga  kirib  borishiga  to‘sqinlik  qilish, 

raqobatning  g‘irrom  usullarini qo‘llash  man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga 

yetkazgan  zararni  qoplashlari,  jarima  to‘lashlari,  g‘irromlik  bilan  olgan  foydadan 

mahrum etilishlari shart. 

Respublikada  monopoliyaga  qarshi  faol  choralarni  amalga  oshirish  uchun 

Moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh 

boshqarmasi  tuzildi.  Boshqarmaga  ro‘yxatga  kiritilgan  monopoliya  mavqeidagi 

korxonalar  mahsuloti  bo‘yicha  narxlarni  va  rentabellikni  tartibga  solib  turish 

huquqi berildi. 

Respublikada  monopol  mavqega ega bo‘lgan korxonalarni Davlat Reestriga 

kiritish  uchun  mezonlar  belgilashda  jahon  tajribasi  hamda  o‘tish  davrining  o‘ziga 

xos jihatlari hisobga olinadi. 

Iqtisodiyot  va  monopoliyaga  qarshi  amaliyot  sohasidagi  ahamiyatli 

o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini  yanada takomillashtirishni taqozo etadi. 

Shunga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  (1996  yil  27 




174 

dekabrda)  «Tovar  bozorlarida  monopolistik  faoliyatni  cheklash  va  raqobat 

to‘g‘risida»gi  yangi  qonun  qabul  qilindi.  Ushbu  qonun  monopolistik  faoliyat  va 

g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy 

asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini 

shakllantirish  va  samarali  amal  qilishini  ta‘minlashga  qaratilgan.  Shuningdek, 

mazkur  qonunda  mavjud  va  saqlanib  qolgan  monopolistlar  tomonidan  bozorda 

hukmronlik  mavqeini  suiste‘mol  qilishning  oldini  olish  va  unga  barham  berishni 

ko‘zda tutsa,  ikkinchidan,   monopoliyadan chiqarish  va sog‘lom raqobat  muhitini 

shakllantirish zarurligi belgilab qo‘yilgan. 

Mazkur  qonun  monopoliyalarning  amal  qilishini  taqiqlamay,  balki  bozorda 

ularning  hukmronligi  oqibatida  kelib  chiquvchi  salbiy  holatlarning  oldini  olishga 

qaratilgan.  Qonunda  ko‘zda  tutilgan  taqiqlar  ham  rivojlangan  bozor  iqtisodiyoti 

mamlakatlari  uchun,  ham  O‘zbekiston  va  boshqa  o‘tish  davri  iqtisodiyoti 

mamlakatlari  uchun  xos  bo‘lgan  monopolist  tuzilmalar  xatti-harakatiga  qarshi 

o‘rnatilgan. 

Quyidagi 

hatti-harakatlar 

monopoliyaga 

qarshi 


qonunchilikka 

zid 


hisoblanadi: 

-  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ekt  tomonidan  bozordagi  ustunlik  mavqeining 

suiste‘mol qilinishi (5-modda); 

-  xo‘jalik  sub‘ektlarining  raqobatni  cheklashga  qaratilgan  bitimlari  (o‘zaro 

kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda); 

- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni 

cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda); 

- g‘irrom raqobat (8-modda). 

 Respublikada  agar  korxona  ishlab  chiqargan  muayyan  mahsulotlar 

bozordagi  shu  turdagi  tovarlarning  35  foizidan  ortiq  bo‘lsa,  bu  korxona 

monopolistik  korxona  sifatida  Davlat  Reestriga  kiritiladi.  Oziq-ovqat  tovarlari 

guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan. 




175 

Respublikada  monopoliyalar  ro‘yxatiga  kirgan  korxona  (tarmoq)larning 

bozordagi  mavqeini  tartibga  solishda  davlat  bir  qator  usullardan  foydalanadi.  Bu 

usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim: 

1.  Monopol  mavqeidagi  korxonalar  mahsulotlariga  narxlarning  eng  yuqori 

darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish. 

2.  O‘z  monopol  mavqeini  suiste‘mol  qilgan  monopolistik  birlashmalarni 

bo‘lib  tashlash  yoki  maydalashtirish.  Bu  usul  Vazirlar  Mahkamasining  (1994  yil 

18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob‘ektlarning xo‘jalik yurituvchi 

jamiyatlar  va  shirkatlar  tarkibidan  chiqish  tartibi  to‘g‘risidagi  Nizom»  asosida 

amalga  oshiriladi.  O‘zbekiston  Respublikasining  «Iste‘molchilarning  huquqlarini 

himoya  qilish  to‘g‘risidagi»  (1996  yil,  aprel)  qonuni  asosida  g‘irrom  raqobatga, 

shu  jumladan  respublika  bozorlariga  belgilangan  talablarga  javob  bermaydigan 

tovarlarni  chiqarishga  yo‘l  qo‘ymaydigan  mexanizmni  yaratishga  ham  alohida 

e‘tibor beriladi.

 

Respublikada  raqobatchilik  muhitini  shakllantirish  maqsadida  va  davlatga 

qarashli  bo‘lmagan  sektorni  qo‘llab-quvvatlash  uchun  tadbirkorlikni  rivojlantirish 

fondi,  kichik  va  o‘rta  biznesni  rivojlantirishga  ko‘maklashish  fondi  tashkil  etildi. 

Raqobatchilik  muhitini  shakllantirishga  ko‘plab  xalqaro  tashkilotlar  ham  faol 

qatnashmoqda.  Jumladan,  YuNIDO  yordamida  bir  nechta  biznes  inkubatorlar 

tashkil  etildi.  Evropa  jamiyati  Komissiyasi  Amaliy  aloqalar  markazi,  Germaniya 

texnikaviy  ko‘maklashuv  jamiyati  kichik  va  o‘rta  biznesni  qo‘llab-quvvatlash 

markazi  tashkil  etildi.  Respublikada  raqobatchilik  muhitini  vujudga  keltirishda 

amalga  oshirilayotgan  barcha  ishlar  rivojlangan  bozor  iqtisodiyotini  tarkib  topti-

rishga xizmat qiladi. 

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish