Chapter Summary ………………………………………………
298
Questions for control and discussion.......................................
298
TEST QUESTIONS....................................................................
300
GLOSSARY............................................................................
324
REFERENCES ......................................................................
338
15
16
K I R I SH
Mamlakatimizda bugungi kunda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish
sohasi va eksportni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Korxonalar eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarga
tayyor raqobatbardosh mahsulotlar bilan chiqish, eksportda qo‘shimcha qiymatga ega
bo‘lgan tovarlar ulushini ko‘paytirish hamad jahon bozorida mustahkam o‘rin
egallash bo‘yicha iqtisodiy islohotlar jadal olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining
2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasining uchinchi yo‘nalishida eksportni oshirish bo‘yicha, “...eksport
faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibi va geografiyasini
diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini
kengaytirish va safarbar etish”
1
bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bundan
ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi
hududga bormasin, o‘sha hududda eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab
chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini
2
ta’kidlab o‘tdi.
Aynan, innovatsion iqtisodiyot sharoitida korxonalarning tashqi bozorga
chiqishda xalqaro marketingdan samarali foydalanish bugungi kunda muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishida faol marketing, o‘sish,
differensiatsiya, fokuslashgan, xalqaro segmentlash va raqobatchilik strategiyalaridan
samarali foydalanish talab etiladi. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar nafaqat
ichki bozorni, balki tashqi bozorni egallashga, unda tayyor raqobatbardosh maqsulotlar
eksportini oshirishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan tovarlar assortimentini
kengaytirish, ularning noyobligini oshirish, raqobatbardoshligi va sifatini oshirish,
tashqi bozorlarga chiqishda faol marketing tadqiqotlaridan foydalanish, yangi
texnologiyalar asosida va yangi ishlanmalar asosida yangi tovarlar, ishlanmalar
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz.
2
Мирзиёев Ш.М. Халққа хизмат қилиш, одамларнинг манфаатларини таъминлаш-раҳбарлар
фаолиятининг асосий мезонидир. - // Халқ сўзи, 2017 йил 13 апрель, №73 (6767).
17
yaratish, bozorlarning internatsionallashuvi, xalqaro bozordagi to‘siqlarni engib o‘tish
maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining
ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy
va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va
globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro
maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat
taqsimotidagi o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham
ta’sir ko’rsatadi.
Biroq, o’z o’rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va
globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham
mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda
bormasligi, dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan
tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni
o’zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar jahon xo’jaligining yaxlit tizim
sifatida barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarining
yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini
o’tkazishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport
qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni
takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan
qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy
marketing usullaridan faol foydalanish...”
1
alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy –
iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan xalqaro marketing tizimini har
tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Маҳаллий экспорт қилувчи
ташкилотларни янада қўллаб – қувватлаш ва ташқи иқтисодий фаолиятни такомиллаштириш чора – тадбирлари
тўғрисида”ги қарори Халқ сўзи, 2017 йил 22 июнь, №123
18
Ushbu vazifalarni amalga oshirishi xo’jaliklardan ichki va tashqi itqtisodiy
faoliyatlarida xaqiqiy mustaqil bo’lishlarini talab etadi. Aynan shu paytda xo’jalik
faoliyatining unumdorligini oshirish maqsadida marketingdan foydalanish nafaqat
maqsadga muvofiq, balki ob’ektiv jixatdan zarurdir. Shu munosabat bilan xalqaro
marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega
bo’lgan mutaxassisilarni tayyorlash zarurati yuzaga keladi. Tavsiya etilayotgan
«Xalqaro marketing» fani bo’yicha darslik iqtisodiyotning turli sohalarida, ayniqsa,
xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida zamonaviy kadrlarni shakllantirish uchun
zarur hisoblanadi.
Xalqaro marketing fanidan Anikeeva-Naumenko L.O., Peresvetova E.B.,
Bagiev G.L., Kotler F., Danchenok L.A.lar tomonidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar,
o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan. Ularda marketing elementlarini to’liq
jarayonlari, tovar, narx, sotish, kommunikatsiya siyosatlari keng yoritib berilgan.
Mamlakatimizda Jalolov J., Soliev A., Nosirov P., Abdullaeva SH., Qosimova M.,
Yusupov M.lar tomonidan marketing faniga taalluqli o’quv qo’llanma va darsliklar
chop etilgan.
Anikeeva-Naumenko L.O., Peresvetova E.B. lar tomonidan 2015 yilda
tayyorlangan “Xalqaro marketing” nomli o‘quv qo‘llanmada dolzarb muammolar
batafsil bayon etilgan. O‘quv qo‘llanmada xalqaro marketingni konsepsiyalari,
tamoyillari, fnuksiyalari, muhiti, tovar, narx siyosati aniq yoritilgan. Ushbu kitob oliy
o’quv yurtlarining bakalavriat talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya
qilingan. Bundan tashqari mutaxassis marketologlar ham undan keng foydalanishlari
mumkin.
T.V. Deynekin tomonidan 2008 yilda tayyorlangan “Международный
маркетинг и интернет-маркетинг” nomli o’quv qo’llanmasi 2 bobdan iboratdir. 1-
bobda xalqaro marketing tushunchasi yoritilgan. Ushbu bobda xalqaro marketing
xususiyatlari, unga tegishli asosiy muammolar hamda xalqaro bozorga kirish, tovar
siyosati, tashqi bozorga chiqishni o’rganish, narx siyosati, kompaniyaning asosiy
strategiyasining turlari, tashqi bozor marketing tadqiqotlarini o’rganishni o’z ichida
19
mujassamlashtirgan. O’quv qo’llanmaning 2-bobida internet-marketing hamda uni
tashkil etish masalalariga bag’ishlangan.
Mualliflar tomonidan tayyorlangan darslik O’zbekiston Respublikasining
barcha oliy ta’lim muassasalarida foydalanib, kelinayotgan o’quv dasturi asosida
yozildi. Dasturdagi nazariy xulosalar bevosita amaliyot bilan bog’liq holda yoritishga
xarakat qilindi. Darslikning har bir bobi oxirida qisqa xulosalar, Nazorat va mulohaza
uchun savollar keltirilgan. Darslikda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati, atamalar
lug‘ati, testlar berilgan.
Mazkur darslik ilk marta nashr etilmoqda. Avvalgilaridan farqli ravishda ushbu
darslik 12 ta bobdan iborat bo‘lib, unda xalqaro marketingning mohiyati, tamoyillari,
amaliy usullari ochib berilgan, tashqi savdo tashkilotlari va firmalarni o’zlarining
tashqi iqtisodiy faoliyatini unumli olib borishlari uchun undan keng doirada, ya’ni
yangi tovar (xizmat) yaratishdan to uni chet mamlakatlarga sotish va xizmat
ko’rsatishgacha bo’lgan doirada foydalanish imkoniyatlariga ega bo’lishlarini
ko’rsatib beradi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |