Ergashxodjaeva Sh. Dj


-BOB. XALQARO MARKETINGNING NAZARIY ASOSLARI



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

1-BOB. XALQARO MARKETINGNING NAZARIY ASOSLARI  
 
1.1. Globallashuv sharoitida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning 
rivojlanishi 
 
Insoniyat  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichi  globallashuv  jarayonlarining  jadal 
rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, 
u  jahon  xo’jaligining  butun  makonini  qamrab  oluvchi  iqtisodiy  munosabatlar 
tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. 
Globallashuv  jarayonlarining  kengayishi  jahon  mamlakatlari  o’rtasidagi 
iqtisodiy  munosabatlarning  yanada  takomillashuviga  olib  keladi.  Jumladan, 
globallashuv  natijasida  transmilliy  korporatsiyalar,  ularning  turli  ko’rinishdagi 
xalqaro  birlashmalari  faoliyatining  tarkib  topishi  va  kengayishi,  xalqaro  ishlab 
chiqarish  kooperatsiyasi  va  mehnat  taqsimotining  nisbatan  yuqori  darajaga  o’tishi, 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi. 
Umuman  olganda,  globallashuv  jarayonlari  jahon  xo’jaligining  yaxlit  iqtisodiy 
tizim  sifatida  rivojlanishida  sifat  bosqichi  hisoblanib,  yangi  imkoniyatlarni  ochib 
beradi. 
Biroq,  globallashuv  jarayonini  mutlaqlashtirish  va  unga  bir  tomonlama  qarash 
to’g’ri bo’lmaydi. Chunki,  mazkur jarayon o’zining  ijobiy jihatlari bilan bir qatorda 
ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy  larzalarning  muqarrar  ravishda  boshqa  mamlakatlarga  ham  o’z  ta’sirini 
o’tkazishi  shulardan  biri  hisoblanib,  bugungi  kunda  ro’y  berayotgan  moliyaviy 
inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi. 
Dunyo  yanada  integratsiyalashgan  tizimga  aylanib,  turli  xil  davlat 
strukturalarining  siyosiy  integrasiyasi  intensivlik  bo’yicha  iqtisodiy  integratsiyadan 
ortda bormoqda.  
Hozirgi  kunda  jahon  hamjamiyati  uchun  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning 
xalqaro  mehnat  taqsimoti  asosida  rivojlanish  jarayoni  juda  xos  bo’lib,  ayrim 
mamlakatlar  yoki  mamlakatlar  guruhlari  o’rtasida  ob’yektiv,  barqaror  tijorat 


 
21 
munosabatlarini  aks  ettiradi.  Rivojlanib  borayotgan  jahon  hamjamiyati  iqtisodiy 
jarayonlarni  baynalminallashtirish  tendensiyasini  kuchaytiradi,  ishlab  chiqarishning 
xalqaro  ixtisoslashuvi  va  kooperasiyasiga  ko’maklashadi,  savdo  va  ilmiy-tadqiqot, 
konstruktorlik  ishlari  bilan  almashinishga  xizmat  qiladi.  Bu  jarayon  sotuv  bozorini 
kengaytirishning 
barcha 
omillarini 
hisobga 
olish, 
xalqaro 
tijorat-xo’jalik 
aloqalarining barcha zamonaviy shakllarini rivojlantirishni talab qiladi. 
Tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  kengayishi  eksport  va  importda,  xalqaro  auksion 
va savdolarda, chet el korxonalariga kiritiluvchi investitsiyalarda va nihoyat tovar va 
xizmatlar  jahon  bozorida  namoyon  bo’lib,  ko’plab  mamlakatlarda  faoliyat 
ko’rsatuvchi  hamda  chet  eldagi  ishlab  chiqarish  va  sotuv  bo’linmalaridan 
foydalanuvchi  transmilliy  korporatsiyalar  amalda  butun  jahon  uchun  ishlaydi. 
Bularning  barchasi  tovar  va  xizmatlarni  mamlakat  hududidan  tashqarida  sotish 
bo’yicha  maxsus tadbirlar  majmuasi  -  xalqaro  marketing zaruratini  yuzaga keltiradi. 
Bu  yerda  gap  xalqaro  firmalar  haqida  boradi.  Bu  firmalarning  ishlab  chiqarish  va 
tijorat  faoliyati  xorijiy  mamlakatlarda  ham  tarqaladi  hamda  ular  sho’’ba 
korxonalarning  mavjudligi,  texnologik  kooperatsiya  va  ixtisoslashuv,  resurslar 
bazasining umumiyligi, boshqaruv va nazoratning markazlashuvi bilan tavsiflanadi. 
Ushbu  vazifani  muvaffaqiyatli  hal qilish uchun  xalqaro  marketing  usullaridan  – 
ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  tovar  mahsulotlarini  sotish  kompleks  tizimi, 
xalqaro bozor tadqiqotlari va prognozlash asosida muayyan xorijiy iste’molchilarning 
talab  va  ehtiyojlari,  hohish-istaklari  va  odatlarini  qondirish  uchun  xizmat 
ko’rsatishdan unumli foydalanish zarur. 
O’zbekistonda  bozor  munosabatlarining  rivojlanishi  va  u  bilan  bog’liq  bo’lgan 
ko’plab  korxonalar  iqtisodiy  faoliyatidagi  o’zgarishlar  tobora  o’z  mahsulotlarini 
eksport  qilishga  yo’naltiradi,  shuningdek,  boshqa  mamlakatlardan  tovarlarni  import 
qilishga  ixtisoslashgan  savdo  tashkilotlarining  paydo  bo’lishi,  mamlakatimizdagi 
xo’jalik  strukturalarining  xalqaro  mehnat  taqsimotiga  jalb  etilishi  –  bularning 
barchasi,  ayniqsa,  korxona,  tashkilot,  bank  va  sug’o’rta  kompaniyalarining    ishlab 
chiqarish,    sotuv  va  boshqaruv  faoliyatini  muvofiqlashtirish  sohasida  xalqaro 
marketing funksiyalari va usullarini yaxshi bilishni talab qiladi. 


 
22 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish