Ergashxodjaeva Sh. Dj


 Xalqaro marketing tushunchasi va mohiyati



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

1.2. Xalqaro marketing tushunchasi va mohiyati 
 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  marketing  tamoyillari  va  usullaridan  foydalanish 
tobora  dolzarb  ahamiyat  kasb  etib  bormoqda.  Chet  el  mamlakatlarida  marketing 
sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro marketing nomini olgan.  
Uning  yuzaga  kelishiga  o’tgan  asrning  60-yillarida  xalqaro  mehnat  taqsimoti, 
ishlab  chiqarish  sharoitlarining  jadallashuvi  va  turli  mamlakatlarda  tovar  iste’mol 
qilishning  chuqurlashuv  jarayoni  asosiy  sabab  bo’ldi.  Xalqaro  marketing  sohasida 
Evropa  marketing  jamiyati  (ESOMAR),  Xalqaro  marketing  federasiyasi  (IFM), 
shuningdek,  ko’pchilikka  ma’lum  bo’lgan  Amerika  marketing  assosiasiyasi 
(American  Marketing  Association  –  AMA)  kabi  xalqaro  tashkilotlar  faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
Xalqaro  marketing  ko’pincha  mamlakatlar  chegarasidan  tashqaridagi  tovar  va 
xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda 
ishlab  chiqaruvchi  va  taqsimlovchi  xalqaro  kompaniya  tomonidan  amalga 
oshiriluvchi  marketing  sifatida  ta’riflanadi.  Xalqaro  marketing  konsepsiyasining 
mazmuni  va  uning  rivojlanish  yo’nalishlari  tovar  va  xizmatlar  jahon  bozori  bilan 
aloqasi xarakteri va kengligiga bog’liq bo’ladi. Bu aloqalarni quyidagilar yordamida 
tavsiflash mumkin:
1
 
1.  Korxona  mahsulot  eksportchisi  ham,  importchisi  ham  bo’lmaydi  va  xalqaro 
mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok etmaydi. 
2.  Korxona  vaqti-vaqti  bilan  tayyor  mahsulotlarni  eksport  qiladi  hamda  chet 
eldan tovar va xizmatlarni import qiladi. 
3. Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, 
nou-xauni  iste’mol  qilish  orqali  ishtirok  etadi  yoki  aksincha,  u  etkazib  beruvchi 
material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi. 
4.  Korxona  shartnomaviy  ishlab  chiqarish  yoki  qo’shma  korxona  shaklida 
xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi. 
                                                
1
  Аникеева-Науменко  Л.О.,  Пересветова  Е.Б.  Международный  маркетинг:  Учебное  пособие  для 
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. –  79 с. 


 
23 
Korxonalarning  xalqaro  mehnat  taqsimotida  ishtirok  etishiga  quyidagilar  sabab 
bo’ladi: 

 
mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to’laroq foydalanishga intilish; 

 
eksport  hisobiga  ishlab  chiqarish  apparatini  modernizatsiyalash  uchun  o’z 
moliyaviy ahvolini yaxshilash; 

 
mamlakat ichkarisida eksortchi sifatida mashhur bo’lishga intilish; 

 
mamlakatda raqobatchilik ustunligiga ega bo’lishni ta’minlash; 

 
chet el valyutasini olish imkoniyati; 

 
xorijiy bozorlarda aylanmalarning rentabelligi yuqori bo’lishini ta’minlash; 

 
chet eldan qimmatli nou-xaularni olish. 
Xorijiy bozorga chiqish yoki chiqmaslik uchun o’z motivlarini aniqlash korxona 
uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etib,  jiddiy  marketing  ishlarini  boshlashga  turtki 
vazifasini  bajarishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  motivlar  ro’yxatini  ishlab  chiqish  va 
taqsimlash  korxonaning  xalqaro  mehnat  taqsimotida  ishtirok  etish  shakllari  va 
muayyan maqsadlarini aniqlashga imkon beradi. 
Shu  tariqa,  milliy  kompaniyalarni  xalqaro  biznesni  amalga  oshirish,  xalqaro 
marketing  faoliyatiga  kirishishga  chorlovchi  uchta  asosiy  jihatni  ajratib  ko’rsatish 
mumkin:  sotuvni  kengaytirish;  resurslarni  sotib  olish;  ta’minot  manbalarini 
diversifikasiyalash. 
Xalqaro  sotuv  milliy  kompaniyalarning  xalqaro  marketing  faoliyatida  ishtirok 
etishining  asosiy  motivi  hisoblanadi.  Biroq  xalqaro  marketing  faoliyati  faqatgina 
kompaniyalarning  milliy  sotuv  bozorlarini  kengaytirishga  qaratilgan  hatti-
harakatlaridan 
iborat  emas.  Jahon 
iqtisodiyoti 
uchun 
ishlab  chiqarishni 
baynalminallashtirish  va  buning  natijasida  marketingni  bayonalminallashtirish  ham 
xarakterlidir. 
Baynalminallashtirish bosqichlarini quyidagi ko’rinishda aks ettirish mumkin:
1
 
1-bosqich.  Mahalliy  rivojlanish  bosqichi  –  mahalliy  ishlab  chiqarish  bilan 
tavsiflanadi. 
                                                
1
 
Аникеева-Науменко  Л.О.,  Пересветова  Е.Б.  Международный  маркетинг:  Учебное  пособие  для 
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. –  80 с.
 


 
24 
2-bosqich.  Baynalminallashtirishning  boshlang’ich  bosqichi  chet  ellik  diler  va 
agentlar bilan hamkorlikni boshlashdan avval chet el mamlakatalri bilan aloqalarning 
mavjudligi bilan ajralib turadi. 
3-bosqich. Ushbu bosqich chet elda ishlab chiqarish korxonalari tuzishdan avval 
chet ellik kontragentlar bilan turli xil shartnomalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. 
4-bosqich.  O’sish  bosqichi  chet  elda  6  tadan  ortiq  bo’lmagan  mamlakatlarda 
joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining mavjud bo’lishini nazarja tutadi. 
5-bosqich.  Baynalminallashtirishning  ko’p  millatli  bosqichi  6  dan  ortiq 
mamlakatlarda  ishlab  chiqarish  korxonalarini  tashkil  qilishni  ko’zda  tutadi  (mazkur 
bosqich transmilliy korporatsiyalar uchun xosdir). 
Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liq tovar va xizmatlarning jahon 
xarakteri  ko’zga  tashlanib  turibdi.  Biroq  axborot  texnologiyalari 
va 
telekommunikatsiya  vositalarining  rivojlanishi  bilan  deyarli  barcha  bozorlar  global 
bozorga aylanmoqda. Mamlakatlar o’z hududlari bilan cheklanib qolmay, birgalikda 
jahon  bozori  segmentlarini  tashkil  etmoqda.  Iqtisodiy  agentlar  endi  faqat  sotuvchi, 
xaridor  yoki  savdo  vositachisi  sifatidagina  ishtirok  eta  olmaydilar.  O’zaro  aloqalar 
omili  xalqaro  marketingning  muhim  jihatlaridan  biriga  aylanib  bormoqda.  «Ichki» 
(mamlakatning  ichki  bozorida  faoliyat  ko’rsatuvchi)  va  xalqaro  marketing  o’rtasida 
katta farq  mavjud emas. Ikkala holda ham marketing faoliyatining bir xil tamoyillari 
qo’llanadi.  SHu  bilan  birga,  tashqi  bozorlarning  faoliyat ko’rsatishi  va  ularda  ishlar 
sharoitlari  yuzaga  keltiruvchi  o’ziga  xos  xususiyatlar  xalqaro  marketingga  alohida 
e’tiborga olish zarur bo’lgan jihatlarni baxsh etadi. 
Xalqaro  bozorda  korxonaning  marketing  faoliyati  markazida  quyidagi 
vazifalarni  hal  qilishga  imkon  beruvchi  boshqaruv  qarorlarini  tayyorlash  va  qabul 
qilish turadi: Xalqaro bozorga chiqish kerakmi? Bunda qanday maqsadlarni belgilash 
lozim?  Korxona  oldida  qanday  istiqbollar  ochilishi  va  qanday  xavf-xatarlar  yuzaga 
kelishi  mumkin?  Mamlakatning  qaysi  bozoriga  chiqish  lozim?  Bu  bozorda 
iste’molchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni taklif qilish lozimmi yoki yangi 
tovarlarnimi? Tanlangan bozorga qanday kirib borish, iste’molchilarni qanday topish 
va  ularga  o’z  mahsulotini  qay  tariqa  taklif  qilish  kerak?  Bozorga  importchi  yoki 


 
25 
eksportchi  sifatida  mustaqil  chiqish  kerakmi  yoki  boshqa  tajribali  hamkor  bilan 
birgalikdami?  Tanlangan  bozorga  tayyor  mahsulot  etkazish  kerakmi  yoki  yarim 
tayyor  mahsulotlarmi?  Tanlangan  bozorda  qo’yilgan  maqsadlarga  erishish  uchun 
qanday marketing chora-tadbirlari majmuasi dasturini ishlab chiqish zarur? 
Boshqacha  qilib  aytganda,  xalqaro  bozorga  chiqishdan  avval  korxona  o’zining 
xalqaro  marketing  konsepsiyasining  hech  bo’lmasa  umumiy  qoidalarini  ishlab 
chiqishi lozim. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish