Ergashxodjaeva Sh. Dj



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

 
10.5. Agentlik kelishuvlari 
 
Agentlik  kelishuvi  bu  huquqiy  yoki  jismoniy  shaxs  (agent)  bilan  tuziluvchi 
shartnoma  turi  bo’lib,  odatda  yozma  shaklda  tuziladi.  Bu  hujjatda  odatda  agentga 
taqdim  etiluvchi  vakolatlar;  topshirilgan  faoliyatni  amalga  oshirish  tartibi,  xarakteri 
va  sohasi;  agentga  to’lanishi  lozim  bo’lgan  mukofot  miqdori  va  shartlari; 
tomonlarning        huquq  va  majburiyatlari;  amal  qilish  muddati;  agentlik  kelishuvini 
buzgan  tomonga  nisbatan  qo’llanuvchi  jarima  chorasi  va  shartnomani  bajarishda 
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish tartibi ko’rsatiladi. 
Xalqaro agentning o’ziga xos jihati shundaki, u o’z faoliyatini prinsipal nomidan 
va uning hisobiga (prinsipal deb nomlanuvchi bir tomonning savdo yoki tijorat agenti 
deb nomlanuvchi ikkinchi tomonga beruvchi topshirig’i) amalga oshiradi. Uning roli 
prinsipal  tomonidan  yuklatilgan  majburiyat  doirasida  oldi-sotdi  bitimining  amalga 
oshirilishiga ko’maklashishdan iborat. 
Oddiy  agentlik  to’g’risidagi  kelishuv  prinsipalga  belgilangan  hududda  agentlik 
kelishuvi  predmeti  bo’lgan  tovarlarni  mustaqil  ravishda  yoki  boshqa  firmalarni  jalb 
qilgan holda sotish yoki sotib olish huquqini beradi. 
Agentning  monopol  huquqi  to’g’risidagi  kelishuv  prinsipalni  belgilangan 
hududda  agentlik  kelishuvi  predmeti  bo’lgan  tovarlarni  mustaqil  ravishda  yoki 
boshqa firmalarni jalb qilgan holda sotish yoki sotib olish huquqidan mahrum qiladi. 
Ustunlik  huquqi  (o’ng  qo’l  huquqi)  to’g’risidagi  kelishuv  prinsipal  ziimasiga 
birinchi  navbatda  agentlik  kelishuvi  predmeti  hisoblangan  tovarni  agentga  taqdim 
etish  majburiyatini  yuklaydi,  agent  mazkur  tovar  partiyasi  bilan  ishlashni  rad 
etgandan so’nggina prinsipal bu tovarni belgilangan hududda mustaqil ravishda  yoki 
boshqa firmalarni jalb qilgan holda sotish yoki sotib olish huquqiga ega bo’ladi. SHu 


 
230 
bilan bir paytda xorijiy firma vakili hisoblangan agent eksportchi manfaatlari yo’lida 
quyidagi funksiyalardan har birini bajarishi lozim bo’ladi
1


 
agent joylashgan mamlakatda mijozlardan buyurtma olish; 

 
potensial  mijozlar  uchun  narx  kotirovkasini  amalga  oshirish  va  mijozlarning 
boshqa talablarini bajarish; 

 
eksportchining  mahsulotlarini  reklama  qilish  va  bozorga  kiritish  bilan 
shug’ullanish; 

 
eksportchini mahalliy bozor, narx va shu kabilar to’g’risidagi ma’lumotlardan 
xabardor qilib borish; 

 
mijozlarning shikoyatlari bilan shug’ullanish. 
Agent  o’z  mamlakatida  eksportchining  mahsuotlarini  sotishda  mutlaq  huquqqa 
ega  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  Fransiyalik  laminat  (o’ta  kuchli  laminasiya  parketi) 
ishlab chiqaruvchi Toshkentlik agentiga o’z  mahsulotlarini Toshkent shahrida sotish 
uchun mutlaq huquqni berishi mumkin. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish