Ergashxodjaeva Sh. Dj


 Turli mamlakatlarda savdoni cheklash amaliyoti va monopoliyaga



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

 
10.12. Turli mamlakatlarda savdoni cheklash amaliyoti va monopoliyaga 
munosabat 
 
Korxonalarning  xalqaro  bozorga  chiqishi  noaniqlik  omilini  vujudga  keltirib,  bu 
omil korxonaning faoliyat sohasi kengaygan sari kuchayib boradi. Yangi muhit bilan 
bog’liq  tavakkalchiliklarga  (bozorlarning  o’zgarishi,  yangi  raqobatchilar,  valyuta 
kursining  tebranishi,  siyosiy  barqarorlikning  yo’qligi)  qaramay,  importchi  yoki 
eksportchi mamlakatning urf-odatlari, qoidalari va qonunlarini etarlicha bilmasligi va 
yaxshi tushunmasligi  noaniqlikka yoki xaridor va sotuvchi o’rtasida ishonchsizlikka 
olib keladi. Buni esa uzoq muddat davomida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan o’zaro 
ishbilarmonlik munosabatlari natijasidagina bartaraf qilish mumkin. 
Urf-odatlar  va  xarakterlarning  har  xilligi  natijasida  yuzaga  keluvchi 
qiyinchliklarni  yo’qotish  yo’llaridan  biri  xalqaro  savdo  jarayonini  strandartlashdan 


 
242 
iborat. Xalqaro savdoning vazifasi xalqaro operasiyalarni amalga oshirishning bir xil 
shaklga keltirilgan qoida va usullarini nasho qilish hisoblanadi. 
Eksport  va  import  sohasiga  tegishli  hukumat  qarorlari  (cheklovlari)  xalqaro 
savdoga  jiddiy  to’siq  bo’lishi  mumkin.  Quyidagi  qaror  va  cheklovlarni  ajratib 
ko’rsatish mumkin: 

 
valyutani tartibga solish bo’yicha qarorlar; 

 
eksportni Litsenziyalash; 

 
importni Litsenziyalash; 

 
savdo  embargosi,  ya’ni  ba’zi  tovarlarni  mamlakatdan  eksport  qilish 
taqiqlanishi mumkin; biroq ba’zi tovarlarni import qilishning taqiqlanishi (chunki bir 
xil  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  mahalliy  va  xorijiy  kompaniyalar  raqobatchi 
hisoblanadi) yoki ba’zi mamlakatlardan siyosiy sabablarga ko’ra tovarlar importining 
cheklanishi haqiqatga yaqinroq; 

 
import kvotalari — bu holatda mamlakat ayrim mamlakatlardan keltiriluvchi 
ba’zi bir tovarlar miqdori har oy yoki yil davomida cheklab qo’yiladi; 

 
mamlakat  hududida  sotilayotgan  barcha  tovarlar  sifati,  o’ziga  xos 
xususiyatlari  va  xavfsizlik  standartlariga  oid  qonun  hujjatlari  (masalan,  ba’zi 
mamlakatlarda  import  qilinuvchi  avtomobillar  va  yumshoq  o’yinchoqlarga 
qo’yiluvchi  texnik  talablar  boshqa  mamlakatlarga  qaraganda  jiddiyroq  bo’lishi 
mumkin),  sog’liqni  saqlash  va  gigienaga  (ayniqsa,  oziq-ovqat  mahsulotlariga)  oid 
qonun  hujjatlari  standartlari;  patentlar  va  savdo  markalari,  tovarlar  o’rovi  va  unda 
keltirilgan    ma’lumotlar  hajmi  (masalan,  ba’zi  bir  konservalangan  oziq-ovqat  va 
ichimliklarda  sog’liq  uchun  xavf  to’g’risidagi  ma’lumotlar);  import  qilinuvchi 
tovarlar uchun bojxona kliringida zarur bo’lgan hujjatlar (bojxona kliringida ushlanib 
qolish  xalqaro  savdoda  qiyinchiliklar  tug’dirishi  mumkin)  ga  tegishli  hukumat 
qarorlari. 
Valyutani  tartibga  solish  bo’yicha  qarorlar  mamlakatga  kirib  kelayotgan  va 
mamlakatdan  chiqib  ketayotgan  valyuta  oqimini  nazorat  qilish  tizimini  ifodalaydi. 
«Valyutani  tartibga  solish  bo’yicha  qarorlar»  va  «valyutani  tartibga  solish  bo’yicha 
cheklovlar»  atamalari  odatda  kamdan-kam  amalga  oshiriluvchi  chora-tadbirlarga 


 
243 
mansub bo’lib, bunda mamlakat hukumati tomonidan  milliy valyutani himoya qilish 
ko’zda  tutiladi.  Har  bir  mamlakat  hukumati  quyidagicha  qarorlarni  qabul  qilishi 
mumkin: 

 
xorijiy  valyuta oluvchi  firma  yoki alohida  shaxslardan  uni  hukumatga berish 
yoki  sotishni  talab  qiluvchi,  shuningdek,   
xorijiy 
valyuta  zahiralarini 
normalashtiruvchi qarorlar; 

 
chet  elga  to’lovlarni  xorijiy  valyutada  amalga  oshirishga  to’sqinlik  qiluvchi 
qarorlar,  masalan,  valyuta    hajmi  cheklab  qo’yilib,  bozor  sub’yekti  chet    elda 
hohlaganicha  tovar  xarid  qila  olmasligi  mumkin.  Masalan,  Nigeriyada  tovar 
sotayotgan ingliz firmasi Nigeriya hukumati tomonidan kiritilgan valyuta cheklovlari 
sababli nigeriyalik xaridordan to’lovlarni o’z vaqtida olmasligi mumkin.  
Hukumatlarning  valyutani  tartibga  solish  bo’yicha  cheklovlarni  yo’qotishi  chet 
ellik firmalarga bu mamlakatlarda quyidagilarga imkon beradi: 

 
bu mamlakatlar banklarida xorijiy valyutada hisob raqamlariga ega bo’lish; 

 
tovarlarni  import  qilish  va  to’lovni  istalgan  valyutada  (to’lov  summasidan 
qat’i nazar) amalga oshirish; 

 
istalgan maqsad uchun xorijiy valyutada ssuda olish; 

 
xorijiy  valyutani  istalgan  maqsadda  yoki  «spot»  bitimlari  bo’yicha,  ya’ni 
valyutani forvard bitimi vositasida darhol sotib olish va sotish; 

 
chet elda o’z biznesini ochish. 
Shu  bilan  bir  paytda  chet  eldagi  mamlakat  hukumati  firma  ochiq  filialining 
aksiyadorlik kapitali va biznesining bir qismi mamlakat fuqarolariga tegishli bo’lishi 
va  mamlakatning  ayrim  fuqarolari  firmaning  direktorlar  kengashiga  a’zo  bo’lishini 
talab  qilib  turib  olishi  mumkin.  Hukumatning  bunday  filiallarga    ta’sir  ko’rsatish 
darajasi turli mamlakatlarda turlichadir. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish