Ergashxodjaeva Sh. Dj


-rasm. Litsenziya kelishuvi turlari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

 
10.1-rasm. Litsenziya kelishuvi turlari
1
 
 
Texnologiyalar  moddiy  tashuvchidan  mustaqil  ravishda  berilganda  Litsenziya 
kelishuvi mustaqil kelishuv deb ataladi. Qo’shimcha Litsenziya kelishuvi texnologik 
asbob-uskunalarni  etkazib  berish  va  injiniring  xizmatlari  ko’rsatish  shartnomalari 
doirasida o’ringa ega bo’ladi. 
Patentli  Litsenziya  kelishuvi  bu  patentdan  foydalanish  huquqini  nou-xausiz 
berilishini  tasdiqlovchi  hujjat.  Patentsiz  Litsenziya  bu  nou-xaudan  ixtiroga  patentsiz 
foydalanishni tasdiqlovchi hujjat. 
Mutlaq  bo’lmagan  Litsenziya  Litsenziatning  texnologiyaga  monopol  huquqini 
va  Litsenziarnnig  hududni rad etishini  nazarda tutadi. To’liq  Litsenziya  Litsenziatga 
kelishuv amal qiluvchi muddatda patent yoki nou-xaudan foydalanish huquqini berish 
va Litsenziarning shu muddat davomida texnologiyadan mustaqil foydalanishdan voz 
kechishini nazarda tutadi. 
                                                
1
 Карпова С.В. Международный маркетинг. Учебник и практикум для бакалавров. – М.:Дашков и Ко, 
2018 – 178c. 
• 1. Mustaqil
• 2. Qo’shimcha
Texnologiyani  berish 
usuli bo’yicha 
• 1. Patentlangan
• 2. Patentlanmagan
Patentga munosabati 
bo’yicha 
• 1.Mutlaq
• 2.Mutlaq bo’lmagan
• 3. To’liq
Texnologiyalardan 
foydalanish  huquqi 
xarakteri va hajmi 
bo’yicha


 
236 
Litsenziya to’lovlarining quyidagi asosiy turlari amal qiladi: 
Royalti  –  Litsenziya  kelishuvi  amal  qiluvchi  muddat  davomida  xaridorning 
daromadlaridan  vaqti-vaqti  bilan  ajratiluvchi  mablag’  bo’lib,  Litsenziyadan 
foydalanish natijasida olinuvchi foyda hajmiga bog’liq bo’ladi. Royalti foyda miqdori 
yoki  savdo  hajmining  foizlarida  qat’iy  belgilangan  stavka  ko’rinishida  belgilanishi 
mumkin. U litsenziat tomonidan belgilangan vaqt oralig’ida har yil, shar chorak yoki 
har oy to’lab boriladi. 
Paushal  to’lovi  litsenziya  kelishuvida  qayd  etilgan  bir  martalik  to’lov  bo’lib, 
Litsenziyadan  amalda  foydalanish  muddati  bilan  bog’liq  bo’lmay  ekspert  baholari 
asosida  belgilanadi.  Bunday  to’lov  turi  odatda  texnologiyalar  qiymati  asbob-
uskunalar  qiymatiga  kiritilgan  paytda  asbob-uskunalar  etkazib  berishda,  shuningdek 
Litsenziat  texnologiyalardan  keyinchalik  foydalanishni  Litsenziar  nazorat  qilishini 
istamagan hollarda qo’llanadi. 
Foydada ishtirok etish Litsenziat tomonidan Litsenziya predmetidan foydalanish 
natijasida  olingan  foydaning  bir  qismini  Litsenziarga  berilishini  ifodalaydi. 
Litsenziarning  Litsenziat  foydasida  ishtirok  etishi  mutlaq  Litsenziyada  30%  va 
mutlaq bo’lmagan Litsenziyada 10% belgilanadi. 
Mulkda  ishtirok  etish  bu  Litsenziatning  korxona  aksiyalarining  bir  qismini 
Litsenziarga berilgan Litsenziya uchun to’lov tariqasida taqdim etishdir. Ushbu to’lov 
turi  ularning  texnologiyalaridan  foydalanuvchi  chet  el  korxonalari  ustidan  nazorat 
o’rnatishni maqsad qilib olgan transmilliy kompaniyalar tomonidan qo’llanadi. 
Litsenziya  savdosida  venchur  kompaniyalari  muhim  rol  o’ynaydi.  Bu 
kompaniyalarning  xalqaro  texnologiyalar  ayirboshlashdan  manfaatdorligini  quyidagi 
sabablar  bilan  asoslash  mumkin.  Venchur  firmalari  bu  odatda  tor  ixtisoslashgan 
kichik  va  o’rta  sanoat  firmalari  bo’lib,  ularning  ITTKI  dasturlari  kichik  texnik 
muammolar  doirasi  bilan  cheklanib  qoladi.  Bunday  firmalarning  jahon  bozoridagi 
muvaffaqiyati  asosan  fan-texnika  yutuqlariga  bog’liq  bo’ladi,  chunki  ular  moliyaviy 
resurslarning cheklanganligi sababli tovarlar narxini pasaytira olmaydilar. 
Nou-xau  to’g’risidagi  kelishuvlar  xalqaro  bitimda  texnologik,  iqtisodiy, 
ma’muriy va moliyaviy xarakterga ega bo’lgan, ulardan foydalanish tijorat qiymatiga 


 
237 
ega  bo’lgan  texnik  tajriba  va  ishlab  chiqarish  sirlarini  taqdim  etishda  foydalaniladi. 
Bunda patentlanmagan ixtirolar oldi-sotdi predmeti hisoblanadi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish