Ergashxodjaeva Sh. Dj


-BOB. XALQARO SAVDO BITIMLARI



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

10-BOB. XALQARO SAVDO BITIMLARI 
 
10.1. Xalqaro savdo bitimlarining turlari 
 
Korxona  xalqaro  faoliyatini  tashkil  etishning  asosiy  shakllaridan  biri  xalqaro 
savdo  bo’lib,  u  eksport  va  import  hajmi,  savdo  aylanmasi,  savdo  saldosi  bilan 
tavsiflanadi.  Xalqaro  bozorda  tovarlar  oldi-sotdisi  tovarni  pul  mablag’lariga  yoki 
boshqa  narsaga  ayirboshlashni  nazarda  tutadi  va  bitim  xarakteriga  ega  bo’ladi. 
Xalqaro  savdoda  bitim  bu  —  bozor  sub’yektlarining  yaxshi  tushunilgan,  maqsadli 
yo’naltirilgan  va  irodali  harakatlari  bo’lib,  ularni  amalga  oshirar  ekan,  bozor 
sub’yektlari  belgilangan  huquqiy  natijalarga  erishishga  intiladilar.  Xalqaro  savdoda 
bitimlarni bir qator belgilarga ko’ra quyidagi turlarga taqsimlash mumkin
1


 
oldi-sotdi bitimlari; 

 
tovarayirboshlash bitimlari; 

 
barter bitimlari. 
Xalqaro  bitimlar  vaqt  ko’rsatkichlariga  ko’ra  quyidagi  turlarga  taqsimlanadi: 
uzoq muddatli; qisqa muddatli; muddatsiz; darhol etkazib berish shartli bitimlar. 
Xalqaro  bitimlarni  tomonlar  o’rtasida  huquq  va  majburiyatlar  taqsimlanishiga 
ko’ra  quyidagicha  taqsimlash  mumkin:  bir  tomonlama;  ikki  tomonlama;  ko’p 
tomonlama. 
Xalqaro  savdo  valyuta  operasiyalari  (bitimlari)  bilan  bog’liq,  chunki  bir 
savdogarning valyutasi ikkinchi savdogar uchun xorijiy valyuta hisoblanadi. Valyuta 
operasiyalari  ikkita  valyuta  nisbatidan  iborat  bo’lgan  valyuta  kurslari  bo’yicha 
amalga  oshiriladi.  Valyuta  kursi  turli  xil  milliy  valyutalar  o’rtasida  aloqa  o’rnatish, 
ularni  taqqoslash  va  operasiyalarni  amalga  oshirshga  imkon  beradi.  Valyuta  kursi 
doimiy  emas,  ya’ni  bir  valyuta  turi  pasayib  borsa,  ikkinchisining  kursi  o’sadi. 
Valyuta kursining tebranishiga ta’sir ko’rsatuvchi bir qancha omillar  mavjud bo’lib, 
ular talab va taklifga bog’liq bo’ladi. Valyuta kursini aniqlash uchun to’g’ri va teskari 
kotirovkadan foydalanish mumkin. 
                                                
1
  Карпова  С.В.  Международный  маркетинг.  Учебник  и  практикум  для  бакалавров.  –  М.:Дашков  и  Ко, 
2018 – 155c. 


 
221 
To’g’ri  kotirovka  xorijiy  pul  birligining  milliy  valyutada  baholanishini 
ifodalaydi. Masalan, 1 funt sterling 1,540 AQSH dollariga teng. To’g’ri kotirovkadan 
foydalanishda  xorijiy  valyuta  birligi  milliy  valyutada,  bizning  holatda  AQSH 
dollarida aks ettiriladi. To’g’ri kotirovkadan asosan AQSHda foydalaniladi. Bir qator 
Evropa mamlakatlarida milliy valyuta birligini xorijiy valyutada aks ettiruvchi teskari 
kotirovka qo’llanadi. 
Valyutalarni AQSH dollariga nisbatan kotirovkasi keng tarqalgan, ya’ni AQSH 
dollari  asosiy  valyuta  kotirovkasi  hisoblanadi.  Turli  xil  valyutalarning  AQSH 
dollariga  nisbatini  bilgan  holda  ularning  bir-biriga  nisbatini  ham  aniqlash  mumkin. 
Bu  kross-kurs  deb  atalib,  ikkita  valyuta  kursini  AQSH  dollariga  bo’lish  yoki 
ko’paytirish natijasida olinadi. Masalan, nemis markasining dollarga nisbatan kursi 1 
AQSH  dollariga  1,8145  marka,  fransuz  frankining  kursi  1  AQSH  dollariga  1,5285 
frank  hisoblanadi.  Bu  holda  kross-kurs  quyidagicha  aniqlanadi:  1,5285  fransuz 
frankiga  1,8145  nemis  markasi,  ya’ni  nemis  marka  0,8424  fransuz  frankiga  teng. 
Valyuta bozoridagi asosiy kurs kassa bitimlari kursi, ya’ni «spot» yoki telegraf orqali 
jo’natish  kursi  hisoblanadi.  Bu  kurs  valyuta  bitimini  darhol  yoki  ikki  kun  ichida 
amalga  oshirilishini  nazarda  tutadi.  Har  qanday  xalqaro  bitimlar  bo’yicha  valyuta 
kurslari  kotirovkasi  sotuv  uchun  ham,  xarid  uchun  ham  bir  vaqtning  o’zida  qabul 
qilinadi,  ya’ni  kotirovka  sotuvchi  va  xaridorning  kurslari  asosida  amalga  oshiriladi. 
Ular  o’rtasidagi  farq  «spred»  yoki  «marja»  deb  ataladi  va  bank  daromadini 
ifodalaydi.  Bundan  tashqari,  katta,  o’rtacha  (5  mln  dollargacha)  va  kichik  summa 
o’rtasida ham farqlar mavjud. Katta summa marjasi odatda ko’proq bo’ladi. 
Amaliyotda  belgilangan  davrdan  so’ng  valyutani  birgalikda,  avvaldan 
belgilangan  sanada  va  kurs  bo’yicha  etkazib  berish  shartlariga  ega  bo’lgan  valyuta 
bitimlari keng tarqalgan.  Bunday bitimlar tovar eksportchisi,  xorijiy  valyuta debitori 
yoki  kreditori  va  qimmatli  qog’oz  investorida  yuzaga  keluvchi  valyuta 
tavakkalchiliklarini  qoplashga  xizmat  qiladi.  Bunda  belgilangan  vaqtdan  so’ng 
etkazib beriluvchi  valyuta kursi kelajakda darhol etkazib beriluvchi  valyuta kursidan 
farq  qiladi  hamda  mos  keluvchi  valyutalar  bo’yicha  foiz  stavkalaridagi  farqni  va 


 
222 
valyuta  bozorining  mos  keluvchi  valyutalarni  oshirish  yoki  pasaytirish  taklifini  aks 
ettiradi. Bunday bitimlar forvard bitimlar nomini olgan. 
Xalqaro  valyuta  bitimlarining  60  %dan  ortig’i  banklararo  bozorda  kassa 
bitimlari  shaklida  amalga  oshiriladi.  Qolgan  bitimlar  asosan  amalda  ikkita 
operasiyani  –  naqd  va  muddatli  operasiyalarni  birlashtiruvchi  «svop»  bitimlar 
shaklida amalga oshiriladi. Valyuta kursi bitimni imzolash paytida qayd etiladi, biroq 
bitim  ishtirokchilari  kurs  o’zgarsagina  diskontni  yoki  mukofot  kafolatini  taqdim 
etadi.  Bitimlarning  4  foizigina  fyuchers  (muddatli)  bozorida  (forvard  bitimlar) 
amalga oshiriluvchi bitimlarga to’g’ri keladi. 
Valyuta  opsionlari  oldi-sotdisi,  ya’ni  xorijiy  valyutani  ma’lum  muddat 
davomida  sotib  olish  yoki  sotish  –  Amerika  opsioni  va  belgilangan  muddatda  sotish 
yoki  sotib  olish  –  Evropa  opsioni  bilan  bog’liq  operasiyalar  alohida  o’ringa  ega. 
Bunda  opsion  xaridori  mazkur  operasiyaning  foydalilik  darajasini  baholashi 
natijasida  shartnomani  bajarishi  yoki  bajarmasligi  ma’lum.  Sotuvchi  xaridorning 
hohishiga ko’ra shartnoma shartlarini albatta bajarishga majbur. 
Bunday  oldi-sotdi  bitimlari  qatoriga  bitta  valyutaning  turli  bozorlardagi  kursi 
o’rtasidagi  farq  hisobiga  foyda olish  uchun oldi-sotdi jarayonini  ifodalovchi  valyuta 
arbitrajini  ham  kiritish  mumkin.  Biroq  zamonaviy  sharoitlarda  arbitraj  bitimlarining 
amalga  oshirilishida  kommunikatsiya  tizimining  rivojlanishi  sababli  turli  joylarda 
valyuta  kursi  deyarli  bir  xil  ekanligi  qiyinchiliklar  tug’diradi.  Valyuta  arbitrajidan 
muddatli bitimlarni amalga oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish