16
Лукашина Ольга. Рекомендации по изучению налогового законодательства -: Рига.-
2012 г.
35
Latviyaning 2012 yil byudjet ijrosi bo’yicha asosiy normativ
aktlar:
Moliya va byudjetni boshqarish to’g’risidagi qonun.
Byudjet tashkilotining moliya rejasini tuzish va hisobini
yuritish to’g’risidagi Nizom.
Hisob raqamlar xizmatining qoidalari.
Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi.
Byudjet daromadlarining tasnifi.
Buxgalteriya hisobini yuritish va statistik hisobotlarni
tuzish to’g’risidagi me’yoriy hujjat.
Mamlakat byudjeti ikki asosiy bo’g’inga bo’linadi: Davlat
byudjeti va o’zi-o’zini boshqarish organlari byudjeti. Davlat
byudjeti asosiy byudjet va maxsus byudjetdan, o’z-o’zini
boshqarish organlari byudjeti ham asosiy byudjet va maxsus
byudjetdan iborat. Latviyaning 2008 yil byudjet jarayonlarini
tartibga solishning asosiy normativ aktlari:
1. Har yili tasdiqlanadigan Byudjet to’g’risidagi qonun.
2. O’z-o’zi boshqarish organlari byudjeti to’g’risidagi
qonun.
3.
O’z-o’zini
boshqarish
organlari
byudjetlarini
tenglashtirish va
moliyaviy faoliyatini nazorat qilish to’g’risida»giqonun.
4. Moliyaviy dastaklar to’g’risidagi qonun.
5. Soliqlar to’g’rsidagi qonun.
6. Moliya vazirligining normativ aktlari.
7. G’aznachilikning normativ aktlari.
36
Rossiya Federatsiyasining byudjet tizimini barcha bosqichlarida
byudjet ijrosi “yagona kassa” tamoyili asosida amalga
oshiriladi. “Yagona kassa” tamoyili Rossiya Federatsiyasi
qonuniy hujjatlariga muvofiq, byudjet daromadlarini barcha
tushumini, byudjet taqchilligini manbalarini jalb etish va
moliyalashtirishni va byudjetning yagona hisobraqamidan barcha
xarajatlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Federal byudjetning
daromadlar qismi ijrosi haqida gapiradigan bo’lsak, soliq
organlarining Moliya vazirligi bo’ysunuvidan chiqqanligi Federal
byudjet ijrosi jarayonlarini tezkor boshqarish uchun zarur
bo’lgan axborotlarni uzatishni bo’linishiga olib keldi. Davlat
soliq xizmati kanallari bo’yicha barcha soliq to’lovlarning
amalga oshirilganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Lekin
shunga qaramasdan, Rossiya Moliya vazirligi o’zining hududiy
organlaridan haqiqatda federal byudjetning daromadlar qismiga
tushgan miqdori to’g’risida to’liq axborot olish imkoniyatidan
chetlatilgan, bu esa byudjet amaliyotidagi moliyalashtirishning
kechikishiga olib keldi.
Davlatning moliyaviy resurslarini boshqarish, himoyalash,
nazorat qilish va hisobga olishni ta’minlash katta muammo bo’lib
qoldi. Davlatning moliya tizimi boshkaruvi bo’yicha davlat
talablarini amalda bajarilishini ta’minlovchi ijro boshqaruvi
organini tuzish zaruriyati yuzaga keldi. Ma’lumki, Rossiyada 1928
yildan 1917 yilgacha «barcha kirim va chiqimlarni hisoblash»
mavjud bo’lgan, bu vazifalarni Davlatning G’aznachilik
Deportamenti amalga oshirgan. Rossiyada byudjet ijrosini tahlili
37
shuni
ko’rsatadiki,
90-yillar
boshida
Rossiyada
davlat
g’aznasini to’ldirish bilan bog’liq va uning resurslarini
xarajat qilishning nazoratini ta’minlashga zururiyat tug’ildi.
Rossiya Federatsiyasi 90-yillarning boshidan yakka tizimli moliya
boshqaruvidan voz kechdi, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida
moliyaviy manfaatni himoya qilishni o’z oldiga vazifa qilib
qo’ydi. Shunday qilib, federal byudjet ijrosini amalga oshira
oladigan tezlikda yangi moliya organini tuzish masalasini hal
qilish kerak edi. Rossiya Federatsiyasida 1992 yili federal
miqyosda hududiy g’aznachilik tizimi vujudga keldi. Federal
G’aznachilik organi Rossiya Federatsiyasi Moliya Vazirligi
tarkibiga kiradi, markazlashgan tizim hisoblanadi va u hududiy
tamoyillarga asoslanadi. Bunga huquqiy asos bo’lib Rossiya
Federatsiyasi
Prezidentining
Farmoni,
«G’aznachilik
to’g’risida»gi Nizom xizmat qildi. Mamlakatda davlat byudjet
siyosatini
olib
borish
maqsadida
Rossiya
Federatsiyasi
Prezidentining 1992 yil 8 dekabrdagi 1556-sonli Farmoni federal
byudjet daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarish, davlat
dasturlarini moliyalashtirishda tezkorlikni oshirish, tushumlar
ustidan nazoratni kuchaytirish, davlat mablag’larini maqsadli va
iqtisod qilib ishlatish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Moliya
Vazirligiga bo’ysinuvchi Federal G’aznachilik organlarining
markazlashtirilgan tizimi shakllantirilgan.
Italiyada davlat moliyasini boshqaruvchi asosiy organlarga quyidagilar kiradi:
G’aznachilik – uning zimmasiga davlat xarajatlari ustidan moliyaviy
nazoratni amalga oshirish yuklatilgan;
38
Moliya vazirligi – daromadlarni shakllantiradi;
Byudjet va rejalashtirish vazirligi – moliyaviy resurslarni boshqaradi va
davlat byudjetini tuzadi;
Ichki ishlar vazirligi – mahalliy moliyani boshqaradi.
AQSHda Federal G’aznachilik to’g’ridan-to’g’ri Prezidentga bo’ysunadi va
keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy funksiyalarni bajaradi. Byudjet jarayonida
byudjetni tayyorlashga javob beradigan Ma’muriy-byudjet boshqarmasi, auditga va
nazoratga, hisob-kitob ishlariga javob beradigan Bosh byudjet-nazorat boshqarmasi
kabi muassasalar qatnashadi, Soliq boshqarmasi va Bojxona boshqarmasi
g’aznachiliknig bir qismi hisoblanadi.
Amerika Qo’shma Shtatlari da davlat moliyasi Moliya vazirligi (Federal
G’aznachilik) tomonidan boshqariladi, bu vazirlik to’g’ridan-to’g’ri AQSh
prezidentiga qaraydi va uning oldida hisobot beradi.. Uning funksiyalari qatoriga
quyidagilar kiradi:
davlatning moliyaviy va soliq siyosatini ishlab chiqish;
pul belgilarining emissiyasi va tanga chiqarilishi;
davlat qarzini boshqarish;
o’zining Nyu-York Federal rezerv bankidagi yagona hisob raqamiga kelib
tushadigan va undan ketadigan pul mablag’larini va hukumat hisob
raqamlarini nazorat qilish;
ichki daromadlarni yig’ish.
qisqa muddatli (4-6 oyga mo’ljallangan) rejani tuzadi va uni har oy
yangilashga javob beradi;
davlat qimmatli qog’ozlarni ishlab chiqaradi va ularni auktsionlarda
joylashtirishni ta’minlaydi;
g’aznachilik qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozori qoidalarini ishlab
chiqaradi;
buxgalteriya hisobiga javob berib, tashkilotlar uchun instruktsiyalarni ishlab
chiqadi;
39
davlat tashkilotlarining oylik va yillik hisobotlarni qabul qiladi.
Bundan tashqari AQShda moliyaning boshqarilishida prezident qoshidagi
Ma’muriy-byudjet boshqarmasi shug’ullanadi.Bu tashkilot federal byudjetning
xarajatlar qismini tuzadi, byudjet boshqarilishining tezkor nazoratini amalga
oshiradi va asosiy bajaruvchi organ hisoblanadi. G’aznachilik barcha tushumlarni
va to’lovlarni Nyu-Yorkdagi Federal rezerv bankida o’zining bosh hisobraqami
orqali nazorat qiladi, g’aznachilik barcha soliqlarni va boj to’lovlarni yig’adi,
markazlashgan holda barcha yig’imlarni yig’ilishini va ba’zi muassasalarga
xizmatlar ko’rsatishni ta’minlaydi. Tushumlarni yig’ishda bank tizimidan
foydalaniladi. Tarmok departamentlari mablag’larni to’g’ri va samarali ishlatilishi
bo’yicha nazoratni amalga oshiradi. Barcha xarajatlar tasdiklangan byudjet
parametrlari doirasida byudjetdan mablag’ oluvchilarning so’rovi asosida
g’aznachilik tomonidan to’lanadi, bunda cheklardan va elektron pul o’tkazish
vositalaridan foylaniladi.
Byudjetdan ajratilgan mablag’lar tarkibi ham g’aznachilik tomonidan, ham
Ma’muriy-byudjet boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Shuningdek, AQSHda
g’aznachilik boshka mamlakatlardagi kabi davlatning qimmatli qog’ozlarini
chiqarishni va hisobini nazorat qiladi hamda ularning to’lov muddatlarini
belgilaydi va auktsionlarda ularni joylashtirishni nazorat qiladi. Shu bilan birga
g’aznachilik davlatning qimmatli qog’ozlari bilamchi bozori qoidalarini belgilaydi,
g’aznachilik qisqa muddatli kassa talablarini qoplash uchun doimiy haftalik
qimmatli qog’ozlarni chiqaradi. G’aznachilik buxgalteriya hisob-kitobiga javob
beradi, oylik va yillik moliya hisobotlarni tayyorlash uchun ma’lumotlar yig’adi va
muassasalar uchun me’yoriy hujjatlar tayyorlaydi. Ichki nazorat va audit
funksiyalarini tarmok departamentlaridagi bosh inspektorlar bajaradilar. Federal
hukumat federal mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy dasturlar
bo’yicha tekshiruvni amalga oshiradi. AQSHda g’aznachilik va Byudjet
departamentlari faoliyati aniq muvofiqlashtirilgan. G’aznachilik byudjet tushumlari
to’g’risida hujjatlarni tayyorlaydi va makroiqtisodiy asoslarni ishlab chiqishda
40
qatnashadi. Ma’muriy-byudjet boshqarmasi Prezident Kongressiga taqdim
qilinadigan xarajatlar smetasini tayyorlaydi, shuningdek, turli darajadagi
byudjetlarni umumlashtiradi. G’aznachilik pul oqimlari boshkaruvini va qarz
majburiyatlari hisob-kitobini amalga oshiradi. G’aznachilik va tarmoq
departamentlari o’rtasida dialog tartibida axborotlar almashuvi amalga oshiriladi.
G’aznachilik tizimida yagona federal tizimdagi hisobotlarni tayyorlash uchun ba’zi
bir funksiyalar birlashtiriladi. Tarmok departamentlari o’zlarining xususiy axborot
tizimiga ega, shuningdek, g’aznachilikka dialog tartibida axborotlar beradi va
kabul qiladi.
Hisobotlarni turlariga qarab ularni tayyorlash vaqti turlichadir, naqd pul
oqimlari to’g’risidagi umumiy axborot har kuni tayyorlanadi. Byudjetning
bajarilishini esa ichki daromadlarni yig’uvchi Moliya vazirligi, bojxona qo’mitasi
va alkogol ichimliklar, ta’maki mahsulotlar va qurol-yaroq bo’yicha daromadlarni
boshqaruvchi departamenti shug’ullanadi.
AQSh paydo bo’lganidan beri o’z davlat qarz majburiyatlariga ega. Qarzlar
Amerika Revalutsion urishi davridan beri, 1791 yil 1 yanvardan beri har yili tahlil
qilina boshlangan. Keyingi 45 yil davomida mamlakat qarzlari qisqa vaqtda ushbu
farqlar (ya’ni daromad va xarajatlar o’rtasidagi) nolga teng bo’lgan. Lekin 1835 yil
8 yanvardan Endryu Jekson prezidentligi davrida shiddatli ravishda million
martaga oshib ketda. Qarzlaning tez sur’tlarda o’sishi ilk davri fuqarolar urishi
davridan boshlangan. Urishdan so’ng mamlakatning qarz majburiyati 65 mln
AQSh dollarini tashkil qilgan. 1860 yilda esa 1 mlrd AQSh dollarini, 1863 yilda
esa AQSh dollarini tashkil qilgan. Urishdan so’ng mamlakatning qarz majburiyati
so’nggi 100 yillikning oxirlariga qadar asta-sekinlik bilan o’sib bordi. 1910 yillar
oxiri 1920 yillar boshlarida mamlakatning qarz majburiyatlari taxminan 22 mlrd
AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu salbiy ko’rsatkich mamlakatning 1-jahon
urishida qatnashganligi tufayli yuzaga kelgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki 1980-1990 yillar
mobaynida mamlakatning qarz majburiyati 3 barobarga oshib ketdi. 1998-2002
41
yillar mobaynida mamlakatning qarz majburiyati dollarning nominali hisobiga bir
muncha qisqardi. Ammo mamlakatning umumiy miqdori qisqarmadi. 2005 yilning
oxirlariga kelib yalpi mamlakatning qarz majburiyati 7,8 trln AQSh dollarini
tashkil etdi, bu ko’rsatkich 1980 yilga nisbatan 8,7 barobarga o’sganlagini
ko’rsatadi.
Ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki 1910 yilda AQSh davlat qarzlari miqdori
2.6 mlrd AQSh dollari, 2010 yil
10008,9
mlrd AQSh dollari, 2011 yil esa
11699,8
mlrd AQSh dollari miqdorida, 2012 yil esa
12383,5
mlrd AQSh dollari miqdorida
davlat qarzlari mavjud bo’lgan.
Bugungi kunda Federal G’aznachilik har yili auktsionda 200dan ortiq davlat
qarz majburiyatlari shartnomarini belgilaydi. G’aznachilikka Kongress tomonidan
davlat korxonalarini moliyalashtirish huquqlari berilgan, moliyalashtirish summasi
belgilangan tartibdan oshmagan bo’lishi kerak. Moliyalashtirishning eng yuqori
darajalari yangi qonunlar qabul qilingan holatlarda bo’lgan.
Ko’pgina qarzdorlik shakllari veksellar va obligatsiyalar bo’lganligai sababli
AQSh g’aznachiligi ularni emissiya qilish bilan birgalikda davlat qarz
majburiyatlari boshqaruvi egalari haqida ham ma’lumotlariga ega bo’ladi. Ushbu
qimmatli qog’ozlar joylashuvi ustidan qat’iy nazorat amalga oshiriladi, chunki
joylashtirilgan mablag’larning ko’pgina qismi Federal Rezerv G’aznachiligi
hisobiga to’g’ri kelari bu AQSh pul-kredit siyosati barqarorligini ta’minlovchi
asosiy omil hisoblanadi. Diagrammadan ko’rinib turibdiki davlat qarz
majburiyatlarining qariyb yarmi “Federal Rezerv va Intragovernmental
Holdings”ga tegishli. Davlat byudjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab
qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston
Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan
amalga oshiriladi.
AQSh rasmiy oltin valyuta zahirasi (2016 yil mart ma’lumotlariga ko’ra 261,5
mln troy untsiyasi qiymatiga teng deb baholangan) bu taxminan 1 troy untsiyasi 42
AQSh dollari deb baholanganda 11 mlrd AQSh dollariga teng bo’ladi. AQSh
42
valyuta zaxirasi qiymati 63 mlrd va strategik neft zaxirasi qiymati 67 mlrd AQSh
dollari ( neftning bozor bahosi 104/ barrel 15/ barrel AQSh dollari chegirma
qaymoqli tozalanmagan neft bo’lsa agar) 2016 yil fevral ma’lumotlariga ko’ra
AQSh hukumatining milliy qarzi har bir fuqaroga taxminan 30400 AQSh dollarini,
aniqroq qilib aytadigan bo’lsak ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan insonlar hisobida
60100 AQSh dollarini tashkil qiladi. 2015 yilning o’zidagina davlat qarz
majburiyatlarining foizlari uchungina 318 mlrd AQSh dollari miqdorida to’lov
amalga oshirilgan bu esa 2015 yil 1,95 trln soliq tushumlarining 17,9 %ni tashkil
qiladi.
Xalqaro aloqalar Vazirligi va xalqaro qarzdorlik veksel, aktsiya-obligatsiya
shartnomalari nazoratini amalga oshiradi. Quyida 2012 yil iyun oyigacha bo’lgan
malumotlar ko’rsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |