Сборник документов Франко-российского сотрудничества 2011 г. №8. стр11.
29
Byudjetning xarajatlar bo’yicha ijrosi Byudjet direktorati
tomonidan nazorat qilinadi. Byudjet derektorati o’z tizimiga
qarashli moliyaviy nazoratchilar yordamida mablag’larni xarajat
qilish sur’atlarini nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq
nazorat qilinadi. Frantsiyadagi G’aznachilik Avstraliyadagi
G’aznachilik kabi davlatning ichki va tashqi qarzlarini
boshqaradi, yuqorida aytib o’tganimizdek, muomalaga qimmatli
qog’ozlarni chiqarishni nazorat qiladi, ularni hajmiga, to’lov
muddatiga va tarkibiga bog’liq masalalarni echadi. Frantsiyada
ham davlat moliya axborot tizimi samarali faoliyat ko’rsatadi.
Mazkur tizimda byudjetni tayyorlash, byudjet hujjatlarini nashr
qilish va byudjet ijrosi amalga oshiriladi. Shuningdek, Byudjet
derektorati va tarmoq vazirliklarini bog’laydigan boshqa tizimlar
ham mavjud. Buxgalteriya yozuvlari (provodkalar) asosida yagona
hisobraqamdagi mablag’lar to’g’risida to’liq axborot olish
uchun bir kun ketadi, har xafta to’liq kengaytirilgan
ma’lumotlar olish mumkin. Davlat moliyasini boshqarish uni hisob-
kitobini yuritish mablag’ jalb qilish bilan olib boriladi. U
davlat majburiyatlarini boshqaradi, ichki va tashqi mablag’ni
jalb qiladi, ularning hisob-kitobini yuritadi va har yilgi davlat
qarzlari to’g’risidagi hisobotni tayyorlaydi. Frantsiyadagi
g’aznachilik tizimi faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri
shundaki, kadrlar masalasiga alohida e’tibor beriladi.
Frantsiyadagi Davlat G’aznasi organlarida 58000 xodim
ishlaydi, o’tgan yillar mobaynida Davlat G’aznasi Bosh
Boshqarmasi kadrlarni sifatli tanlash va xodimlarni samarali
30
boshqarishga alohida e’tibor beradi. 1998 yili talab darajasida
kasb xodimlarini tayyorlashga yo’naltirilgan kadrlarni tayyorlash
tizimini modernizatsiyalash amalga oshirilgan. Xodimlar guruhlarga
qarab taqsimlangan:
A
guruhi:
rahbarlik
funksiyalarini
bajarishga
tayyorlanayotgan
darajali
(litsenziyaga
ega)
davlat
xizmatchilari;
B guruhi: o’rta maxsus ma’lumotga ega, o’rta rahbarlik
funksiyalarini
bajarishga
tayyorlanayotgan
davlat
xizmatchilari;
C guruhi: maxsus kasb ma’lumoti to’g’risida diplomga ega
davlat xizmatchilari.
Davlat G’aznasi Bosh Boshqarmasi G’aznachilik organlarining
malakali
xodimlari
to’g’risida
axborotlarni
tarqatilishi
bo’yicha faol ravishda ish olib bormoqda. Shu maqsadda uch
yo’nalishda ish olib borilgan:
Davlat G’aznasi xizmatiga kelgan xodimlarni boshlang’ich
kasbga tayyorlash;
Davlat G’aznasi xizmatida ishlayotgan xodimlarni kasb
mahoratini oshirish;
xizmat pog’onalaridan ko’tarilishni xohlovchi xodimlarni
konkurs asosida tanlab, ularni rahbarlikka tayyorlash.
Quyidagi 2-jadvalda Frantsiyaning Davlat daromadlari va
xarajatlari to’g’risida ma’lumot berilgan.
2-jadval