Watanabe A. (2012) Inside ‘world’s first augmented reality hotel’. Retrieved on 14 Mar 2012
ilovalari qanchalik turistik manzillarni namoyish qilishda muhimligini ta’kidlab
o‘tishgan.
Benyon D. va boshqalar
14
tadqiqotlarida raqamli turizmning ma’nosiga e’tibor
qaratib, uni raqamli vositalar orqali turizm tajribasini qo‘llab-quvvatlash deb
ta’kidlashgan. Raqamli turizm - bu axborot-kommunikatsiya vositasi, IT-echim
turistlarning ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan va turizm sohasida
tashkilotlar va korxonalarning raqobatdoshligini oshiradigan vositadan foydalanishni
anglatadi.
Raqamli turizm bo‘yicha yetuk mutaxassislardan biri Buyuk Britaniya
Bornmut universiteti professori Dmitrios Buhalis bo‘lib, u raqamli turizmni elektron
turizm, smart turizm atamalari bilan bir xil ekanini ta’kidlab, elektron turizm bu
tashkilotlarga turizm, sayohat, mehmondo‘stlik va umumiy ovqatlanish sohalaridagi
samaradorlikni oshirishga imkon beradigan barcha jarayon va xizmat zanjirlarini
raqamlashtirishdir
15
, deb ta’kidlagan.
Elektron turizmning mohiyati shundaki, axborot-kommunikatsiya vositalaridan
foydalanish turizmning barcha sohalarida uchraydi. Elektron turizm elektron
tijoratning bir turi sifatida, shuningdek, mahsulot va xizmatlarni elektron tizim orqali
sotish bilan shug‘ullanadigan sohadir
16
. Elektron tijorat singari, u elektron
ma’lumotlarni uzatish, tarqatishni boshqarish, elektron marketing, onlayn
tranzaksiyalar, elektron ma’lumotlar almashinuvi, boshqaruv tizimlari va
ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan boshqarishni ham o‘z ichiga oladi
17
. Bundan
tashqari, elektron turizm turizmning o‘ziga xos faoliyati, masalan, virtual makonda
turoperatorlarning, sayyohlik agentliklari xilma xil takliflarini paydo bo‘lishini
yuzaga keltiradi
18
. Shuningdek, elektron turizm elektron ma’lumotlar, elektron bron
(mehmonxonalar, transport va boshqalar) va iste’molchilar uchun elektron to‘lovlarni
o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda raqamlashtirish hayotning barcha sohalarida
rivojlanmoqda. Buhalis D. va Jun S. ma’lumotlariga ko‘ra
19
, raqamli turizm raqamli
vositalar va texnikalarning paydo bo‘lishi tufayli turizmda paradigma o‘zgarishi
hisoblanadi.
MDH mamlakatlari olimlarining ham bu borada qator fiklari mavjud. Masalan,
rossiyalik olimlar N.Morozova va M.Morozovning fikriga ko‘ra zamonaviy turizm
industriyasi yangi kompyuter texnologiyalarini joriy etilishi bilan ulkan
o‘zgarishlarga ega bo‘ldi. Har qanday tashkilotni turistik biznes bozorida zamonaviy
axborotlar texnologiyasidan foydalanilmasdan muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi
amaliyotda mumkin emas. Turizm mahsulotini yaratish va sotish texnologiyasini
xususiyati qisqa vaqt ichida transport vositalarini erishish va turistlarni joylashtirish
imkoniyatlari haqida malumotlarni taqdim etish, joylarni tez bronlashtirish va
rezervlashni ta’minlash, hamda turistik xizmatlarni taqdim etishda qo‘shimcha
14
Benyon, D., Quigley, A., O’Keefe, B., & Riva, G. (2014). Presence and digital tourism.
Do'stlaringiz bilan baham: