xizmatlarni taqdim etishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) sektori tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, AKT rivojlanishi mamlakatning raqobatbardoshlik darajasiga
bevosita ta’sir qiladi, katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirishga
2019 yil yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining
hajmi 10 869,2 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. 2018 yilga nisbatan ushbu turdagi
xizmatlarning o‘sish sur’ati 108,0 % ga yetdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy
hajmidagi ulushi 5,7 % ni tashkil etdi. O‘z navbatida 2019 yilda axborot va aloqa
tarmog‘ining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,6 % ni tashkil etgan. Axborot va
aloqa tarmog‘i qo‘shilgan qiymati tarkibida asosiy ulush telekommunikatsiya
xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmog‘i va boshqalarga)
tarmog‘ining jadal rivojlanayotgan eng istiqbolli sohalaridan biri turizm hisoblanadi.
Turizmning rivojlanish tarixi juda qadim zamonlarga borib taqalgani holda, turizm
xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Bundan
tashqari, odamlar yangi o‘lkalarni kashf etish, dunyoni ko‘rish va bilish, savdo-
sotiqni rivojlantirish, madaniy va diplomatik aloqalarni o‘rnatish maqsadida sayohat
qilishgan. Qadimda savdo-sotiq karvonlar yo‘llari kesishgan, madaniyatlar va
sivilizatsiyalar tutashgan chorrahada joylashgani uchun Markaziy Osiyo mintaqasi
bu jarayonda muhim o‘rin tutgan.
Respublikamiz Markaziy Osiyoning eng yirik turistik maskanlaridan biri
sifatida iqtisodiyotning mazkur tarmog‘ini raqamlashtirishda katta potensialga ega
hisoblanadi. O‘zbekistonning geografik o‘rni nihoyatda qulay, ajoyib tabiiy- iqlim
sharoitiga egaligi insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o‘rin tutadi. O‘zbekiston
iqtisodiy barqaror davlatlar qatoriga kirib, nodir tarixiy arxitektura yodgorliklariga,
shirin-shakar mevalar, xilma-xil taomlar, ajoyib milliy an’ana, urf-odatga ega, halqi
esa mehmondo‘stligi bilan ajralib turadi. Bularning barchasi chet ellik turistlar
e’tiborini tortadi va turistik sayohatlarga chiqishga undaydi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mazkur sohani me’yoriy-huquqiy bazasini
takomillashtirish, nafaqat mamlakatimiz, balki uning mintaqalari darajasida ham
turizmni, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Prezident
farmonlari qonunlar, hukumat qarorlari qabul qilinib, hayotga tatbiq qilinib
kelinmoqda.
Xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida turizm industriyasini
jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni
diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga
alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha 2016 yil 2 dekabrida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyeyovning “O‘zbekiston Respublikasining turizm
sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
e’lon qilindi. Mazkur farmonning maqsadi mamlakat iqtisodiyotining strategik
tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-
huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada
to‘liq va samarali foydalanish, turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan
takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida
targ‘ibot qilish, turizm sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirishdan
iboratligi belgilangan
4
.
2018 yil 3 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasida turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish
bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5326-sonli Farmoni
imzolandi. Hujjatga ko‘ra Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya,
Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga viza rejimini
joriy etish nazarda tutilgan. Bugungi kunda quyidagi to‘qqiz mamlakat fuqarolari
vizasiz rejimdan foydalanadilar: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya,
Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina va Qirg‘iziston (60 kungacha).
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 2 декабрдаги “Ўзбекистон Республикасининг туризм
соҳасини жадал ривожлантиришни таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида” ПФ-4861-сонли Фармони. (ЎРҚ,
2016 й., 49-сон, 558-модда, 2017 й., 1-сон, 3-модда).
Turizm sohasining rivojiga doir 2018 yil 6 fevralda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3509-
sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15
noyabrdagi “2018 yil 19 - 21 noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Turizm
sohasidagi birinchi xalqaro investitsiya forumini samarali tashkil etish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 931-sonli qarori shuningdek, Hindiston
Respublikasi (01.10.2018 yildan) va Misr Arab Respublikasi (05.09.2018 yildan)
hukumatlari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.
Bundan tashqari ushbu sohani jadal rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-sonli “O‘zbekiston
Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi farmoni hamda PQ-4095-sonli “Turizm tarmog‘ini rivojlantirishga oid
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini keltirib o‘tish mumkin. Ushbu qarorda 2019-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurishning maqsadli
parametrlari, istiqbolli investitsiya loyihalari, zamonaviy axborot texnologiyalarini
tatbiq etiladigan madaniyat ob’ektlari va muassasalari belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyati jadal rivojlanmoqda. O‘z
navbatida so‘nggi yillarda mamlakatimizga uzoq va yaqin xorijdan tashrif
buyurayotgan turistlar soni va geografiyasi juda tez sur’atlar bilan ortib va kengayib
bormoqda.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari soni 8279,0
ming kishini tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 28 foizga
ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: