Reja Xizmatlar iqtisodiyotining raqamlashuvida turizm sohasining bugungi holati


 “Raqamli turizm” fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Download 312,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana11.01.2022
Hajmi312,32 Kb.
#349529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu. “Raqamli turizm” fanining maqsadi na vazifalari

 

4. “Raqamli turizm” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 

 

Hozirgi  jamiyat  rivojlanishning  shunday  bosqichida  turibdiki,  bu  bosqichda 



yangi  axborot  texnologiyalarining  tez  tarqalishi  jarayoni  va  shu  jarayon  ta’sirida 

ijtimoiy iqtisodiy hayotning ko’plab jabhalarida o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. 

Global  axborot  va  kommunikativ  texnologiyalarning  rivojlanishi  natijasida 

paydo bo’lgan elektron muhitning mavjudligi va shu muhitning afzalliklaridan o’z ish 

faoliyatida  foydalanatgan  korxonalarning  ko’pligi  mamlakatimiz  Hozirgi  zamon 

iqtisodiyotining  muxim  belgici  bo’lib  hisoblanadi.  Hozirgi  zamon  tadbirkorlari 

axborot  texnologiyalarining  imkoniyatlaridan  faol  foydalanayaptilar.  Ushbu 

foydalanishning  darajasi  ko’pchilik  hollarda  tadbirkorning  biznesni  yuritishdagi 

muvoffakiyatini, uning ichki va dunyo bozoridagi tutgan o’rnini belgilab beradi. 

Axborot  texnologiyalari  sohasidagi    sunggi  yangiliklardan  foydalanish 

mamlakat  iqtisodini  xom-ashyo  tarmoklariga  boglikligini  sustlashtirdi  va  yukori 

texnologik xizmatlar sohasini kuchaytirdi. 




XX asrdagi axborot texnologiyalarining eng axamiyatga molik yutuklaridan biri 

bo’lib  internetning  paydo  bulishi  va  rivojlanishi  hisoblanadi.  Internet  orkali 

ma’lumotlarni  o’zatish  standartlari  va  texnologiyalari    biznesga  oid  ma’lumotlar 

almashuvining  universal  (ko’p  tarmokli)  muhitiga  aylandi  va  ko’pgina  hollarda 

elektron biznes sohasida biznesni yuritish tamoyillarini aniqlab berdi. 

Internet  ajoyib  muhitni  tashkil  etadi.  Uning  yordamida  xar  bir  korxona    o’zi 

ishlab  chikargan  tovarlar  va  xizmatlar  tugrisida  ma’lumotlar  tarqatishni  amalga 

oshirishi,  marketing  izlanishlar  olib  borishi,  o’z  mijozlari  bilan  savdo-sotikdan 

keyingi  alokani    davom  ettirishi  mumkin.  Xususiy  va  uncha  katta  bo’lmagan 

korxonalar  internet  texnologiyalariga  asoslangan  elektron  biznesning  afzal 

tomonlaridan  keng foydalanish imkoniyatiga ega buldilar. 

Mamlakat iqtisodiyoti sharoitida elektron biznesning rivojlanish yo’nalishlarini  

aniqlash,  chet  el  tajribasining  ilmiy  umumlashmasi  va  O’zbekistonda  elektron  

biznesni  rivojlantirish,  undan  foydalanish  bo’yicha  takliflarni  ishlab  chiqish  xalk 

xujaligining muxim vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. 

Axborot texnologiyalarining yukori tezlikda rivojlanaetganligi va yakinda paydo 

bo’lganligini  hisobga  olgan  holda  yukori  tezlikda  rivojlanib  mukammallashib 

borayotgan elektron biznes amaliyoti nazariyani ortda qoldirmoqda va shu sababli bu 

xodisa va uning iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni to’liq o’rganilmagan. 

Axborot  texnologiyalari  va  elektron  biznesning  turli  jabhalarida  qo’llanilishi 

to`g`risida bir qator asarlarning bo’lishiga qaramay elektron biznes faoliyati jarayoni  

to`g`risidagi savollar yetarlicha yoritilmagan. 

O‘zbekiston  iqtisodiyotining  shakllantirilishi  va  kelgusida  uni  izchil 

rivojlantirilishiga  yuqori  iqtisodiy  samaradorlikni  ta’minlovchi  elektron  biznesning 

zamonaviy konsepsiyasini keng miqyosda qo‘llamasdan erishib bo‘lmaydi. 

Bugungi  kunda  elektron  biznes  tizimi  infratuzilmasi,  zamonaviy  modellari, 

tashkiliy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilish tamoyillari va usullarini ishlab chiqish bilan 

bog‘liq bo‘lgan bir qator nazariy va uslubiy masalalar hali o‘z yechimini topmagan. 

Qabul  qilingan  qonunchilik  bazasi  hamda  O‘zbekiston  iqtisodiyotining  zamonaviy 

xususiyatlarini  hisobga  olgan,  samarali  amal  qiladigan  elektron  biznesni  qurishning 

nazariy  va  uslubiy  asoslari  yetarli  darajada  ishlab  chiqilmagan.  Bozor  iqtisodiyoti 

talablariga  javob  beradigan  Internet-kompaniyani  hamda  uning  tarkibida  elektron 

magazinlarni  tashkil  qilishning,  shuningdek,  ularning  qiymatini  baholashning  eng 

samarali varianti mavjud emas. 

Ommaviy  axborotni  an’anaviy  vositalaridan  farqli  o‘laroq,  Internet  quyidagi 

muhim afzalliklarga ega: interfaollik, muallif va kitobxon o‘rtasida teskari aloqaning 

mavjudligi, foydalanuvchiga shaxsiy yondashuv qo‘llash imkoniyati, axborot taqdim 

etishning  yuqori  tezligi.  Narxi  esa  muxbirning  olisligiga  ham,  uzatilayotgan 

xabarning hajmiga ham bog‘liq emas (odatda, faqatgina Internetga kirish uchun haq 

to‘lanadi). 

Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga raqamli turizm bo'yicha ta'lim standartida 

talab qilingan bilimlar, ko'nikmalar va tajribalar darajasini ta'minlashdan iborat. 

Fanning  vazifasi  -  talabalarga  raqamli  turizmning  nazariy  asoslari  bilan 

tanishtirish hamda ularni zamonaviy bilim va ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat. 



 

Download 312,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish