1-mavzu. “Raqamli turizm” fanining maqsadi na vazifalari
Reja
1. Xizmatlar iqtisodiyotining raqamlashuvida turizm sohasining bugungi holati
2. Raqamli turizmning mazmuni va rivojlanish xususiyatlari
3.O‘zbekistonda raqamli turizmni rivojlantirish salohiyati va hozirgi holati
tahlili
4. “Raqamli turizm” fanining predmeti, maqsad va vazifalari
1. Xizmatlar iqtisodiyotining raqamlashuvida turizm sohasining bugungi holati
Respublikamiz Markaziy Osiyoning eng yirik turistik maskanlaridan biri sifatida
iqtisodiyotning mazkur tarmog‘ini rivojlantirishda katta potensialga ega hisoblanadi.
Mamlakatimizda so‘nggi 3 yilda turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazaning
yanada rivojlantirilishi, turistik infratuzilma rivoji, sayyohlik salohiyati targ‘iboti,
kadrlar salohiyatini kuchaytirishga katta e’tibor qaratildi. Bu kabi amalga
oshirilayotgan turizm sohasidagi islohotlar albatta turistlar sonini
oshirishga xizmat
qiladi.
Hozirgi bosqichda global turizm industriyasining rivojlanish tendensiyalari
axborot kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
boshqacha aytganda, turizmning zamonaviy rivojlanishi raqamli iqtisodiyotda
kechmoqda. Ya’ni raqamlashtirish jarayoni juda ko‘plab sohalar kabi turizm
industriyasini ham chetlab o‘tmadi.
Raqamli iqtisodiyot bu ishlab chiqarish kompleksi insonlar uchun qulayliklarni
ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan virtual muhit bo‘lib, raqamli
texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarish tizimidir.
Bugungi kunda iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish masalasi
O‘zbekistonda ham davlat darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bu borada keng ko‘lamli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hujjat aylanishi tizimlari
joriy etilmoqda, elektron to‘lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasida
yaratilgan normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Shu bilan birga, axborot-
texnologik platformalarda faoliyat ko‘rsatayotgan raqamli iqtisodiyot jadal
rivojlanmoqda.
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot
texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa
yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish –
kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar
nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi
1
.
Mamlakatimizda
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish,
1
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020
davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish
yuzasidan katta ishlar olib borilyapti.
Shu bilan birga, 2030 yilga qadar “Raqamli O‘zbekiston” konsepsiyasini ishlab
chiqish yuzasidan ham chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Davlat
boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash,
shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini
amalga oshirish maqsadida 2018
yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning galdagi muhim
vazifalari sifatida–investitsion va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini
diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasida turli faoliyatlarni,
jumladan, mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komission yig‘imlar
formatida mukofot olish imkoniyatini beruvchi yangi bloklar yaratish va taqsimlovchi
platformani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat), smart kontraktlar (raqamli
tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish bo‘yicha huquq va majburiyatlar
bitilgan elektron shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, tarqatish,
boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek,
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish; malakali kadrlarni
tayyorlash; kriptovalyutalar va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
bu borada huquqiy bazani yaratish kabilar nazarda tutilgan.
Bugungi kunda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning istiqbolli va jadal
rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Xizmatlar sohasining rivojlanishi -
jamiyatning muvaffaqiyatli ravnaq topishiga asosdir. Ijtimoiy ehtiyojlar tizimida yuz
beradigan o‘zgarishlar xizmatlar sohasining o‘sish omili hisoblanadi. Texnika,
texnologiya, ishlab chiqarish tuzilmalarining murakkablashishi, aholi turmush
darajasining oshishi, shuningdek, insonning o‘zini mukammallashtirishi, ya’ni ta’lim
va madaniyat darajasini oshirishi hisobiga ishlab chiqarish va aholi ehtiyojlari izchil
ravishda kengayib boradi.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini
tashkiliy-iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki, ushbu sohaning rivojlanishi tashkiliy jihatdan optimal va xizmatlar bozori
konyunkturasiga
nisbatan
egiluvchan
bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish sifati va
samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyatni
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish milliy iqtisodiyot miqyosida bir qator ijtimoiy va iqtisodiy
muammolarni bartaraf etishga sabab bo‘ladi.
Iqtisodiyotda xizmatlar o‘sishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy
shakldagi to‘plamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi
kabi omillar tashkil etadi.
2020 yil 1 yanvar holatiga respublikada 398,1 mingta faoliyat ko‘rsatayotgan
korxona va tashkilotlar qayd etildi. Shundan, xizmatlar sohasida 261 mingdan ortiq
korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos
davriga nisbatan 23,0 % ga oshdi. Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan
korxona va tashkilotlarning ulushi sezilarli darajada salmoqlidir, ya’ni 2020 yil 1
yanvar holatiga u 65,8 % ni tashkil etdi. Shu jumldan, kuzatilayotgan davrda sanoat
sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi - 17,7 %, qurilish
- 9,1 % ga yetdi va atigi 7,4 % qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga
to‘g‘ri keldi.
Bugungi kunda respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish,
yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish,
ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori
texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish dolzarb masala hisoblanadi.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy
narxlarda 511 838,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2018 yil bilan taqqoslaganda 5,6 %
ga o‘sdi
2
. YaIMda xizmatlar sohasining salmog‘i so‘ngi olti yilda qariyb 3 marotaba
oshganligini ko‘rishimiz mumkin.