4. “Raqamli turizm” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Hozirgi jamiyat rivojlanishning shunday bosqichida turibdiki, bu bosqichda
yangi axborot texnologiyalarining tez tarqalishi jarayoni va shu jarayon ta’sirida
ijtimoiy iqtisodiy hayotning ko’plab jabhalarida o’zgarishlar sodir bo’lmoqda.
Global axborot va kommunikativ texnologiyalarning rivojlanishi natijasida
paydo bo’lgan elektron muhitning mavjudligi va shu muhitning afzalliklaridan o’z ish
faoliyatida foydalanatgan korxonalarning ko’pligi mamlakatimiz Hozirgi zamon
iqtisodiyotining muxim belgici bo’lib hisoblanadi. Hozirgi zamon tadbirkorlari
axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan faol foydalanayaptilar. Ushbu
foydalanishning darajasi ko’pchilik hollarda tadbirkorning biznesni yuritishdagi
muvoffakiyatini, uning ichki va dunyo bozoridagi tutgan o’rnini belgilab beradi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi sunggi yangiliklardan foydalanish
mamlakat iqtisodini xom-ashyo tarmoklariga boglikligini sustlashtirdi va yukori
texnologik xizmatlar sohasini kuchaytirdi.
XX asrdagi axborot texnologiyalarining eng axamiyatga molik yutuklaridan biri
bo’lib internetning paydo bulishi va rivojlanishi hisoblanadi. Internet orkali
ma’lumotlarni o’zatish standartlari va texnologiyalari biznesga oid ma’lumotlar
almashuvining universal (ko’p tarmokli) muhitiga aylandi va ko’pgina hollarda
elektron biznes sohasida biznesni yuritish tamoyillarini aniqlab berdi.
Internet ajoyib muhitni tashkil etadi. Uning yordamida xar bir korxona o’zi
ishlab chikargan tovarlar va xizmatlar tugrisida ma’lumotlar tarqatishni amalga
oshirishi, marketing izlanishlar olib borishi, o’z mijozlari bilan savdo-sotikdan
keyingi alokani davom ettirishi mumkin. Xususiy va uncha katta bo’lmagan
korxonalar internet texnologiyalariga asoslangan elektron biznesning afzal
tomonlaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega buldilar.
Mamlakat iqtisodiyoti sharoitida elektron biznesning rivojlanish yo’nalishlarini
aniqlash, chet el tajribasining ilmiy umumlashmasi va O’zbekistonda elektron
biznesni rivojlantirish, undan foydalanish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish xalk
xujaligining muxim vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarining yukori tezlikda rivojlanaetganligi va yakinda paydo
bo’lganligini hisobga olgan holda yukori tezlikda rivojlanib mukammallashib
borayotgan elektron biznes amaliyoti nazariyani ortda qoldirmoqda va shu sababli bu
xodisa va uning iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni to’liq o’rganilmagan.
Axborot texnologiyalari va elektron biznesning turli jabhalarida qo’llanilishi
to`g`risida bir qator asarlarning bo’lishiga qaramay elektron biznes faoliyati jarayoni
to`g`risidagi savollar yetarlicha yoritilmagan.
O‘zbekiston iqtisodiyotining shakllantirilishi va kelgusida uni izchil
rivojlantirilishiga yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi elektron biznesning
zamonaviy konsepsiyasini keng miqyosda qo‘llamasdan erishib bo‘lmaydi.
Bugungi kunda elektron biznes tizimi infratuzilmasi, zamonaviy modellari,
tashkiliy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilish tamoyillari va usullarini ishlab chiqish bilan
bog‘liq bo‘lgan bir qator nazariy va uslubiy masalalar hali o‘z yechimini topmagan.
Qabul qilingan qonunchilik bazasi hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy
xususiyatlarini hisobga olgan, samarali amal qiladigan elektron biznesni qurishning
nazariy va uslubiy asoslari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Bozor iqtisodiyoti
talablariga javob beradigan Internet-kompaniyani hamda uning tarkibida elektron
magazinlarni tashkil qilishning, shuningdek, ularning qiymatini baholashning eng
samarali varianti mavjud emas.
Ommaviy axborotni an’anaviy vositalaridan farqli o‘laroq, Internet quyidagi
muhim afzalliklarga ega: interfaollik, muallif va kitobxon o‘rtasida teskari aloqaning
mavjudligi, foydalanuvchiga shaxsiy yondashuv qo‘llash imkoniyati, axborot taqdim
etishning yuqori tezligi. Narxi esa muxbirning olisligiga ham, uzatilayotgan
xabarning hajmiga ham bog‘liq emas (odatda, faqatgina Internetga kirish uchun haq
to‘lanadi).
Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga raqamli turizm bo'yicha ta'lim standartida
talab qilingan bilimlar, ko'nikmalar va tajribalar darajasini ta'minlashdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga raqamli turizmning nazariy asoslari bilan
tanishtirish hamda ularni zamonaviy bilim va ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat.