1. Tayoqchasimon viruslar.
Bu guruhga kiruvchi viruslar viruslar to`g`ri,
bukulmaydigan, mo`rt, silindir formasida o`lib, ular tamaki chiporlanish kasalligi
viruslari guruhlari deyiladi. Bu guruhga uzunligi 130-300 millimikron, eni 20
millimikronga yaqin viruslar kiradi.
2. Ipsimon viruslar.
Ipsimon viruslarning zarrachalari oson bukuluvchan,
elastik va bir biri bilan matashishi xususiyatiga ega bo`ladi. Ipsimon viruslarning
eni 10 millimikron atrofida bo`lib, uzunligi 1 mikronga yetishi mumkin.
Viruslarning ipsimon formasi faqat o`simlik virusiga xos deb hisoblanar
edi. Ammo keyingi vaqtlarda DNK va RNK tutuvchi bakteriofag viruslarining ham
ipsimon formalari topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |