115
tarkibiga qarab, kerakli fermentni, xoxlagancha tayyorlash imkoniyatini beradilar.
Buning ustiga kо‘pgina mikroorganizmlar fermentlarni о‘z hujayra qobiqlaridan
tashqariga chiqaradilar, bu esa mikroorganizmlardan yanada faolroq foydalanish
imkoniyatini yaratadi.
Metabolizmning
katta
intensivligidan
tashqari
mikroorganizmlar
biomassasini о‘sish tezligi juda kattadir. Bu qisqa vaqt oralig‘ida ayrim vaqtlari
24-72 soat ichida ferment ajratish uchun juda katta miqdorda ham-ashyo olish
mumkin, uni hayvon va о‘simlik xom ashyolari bilan solishtirib bо‘lmaydi.
Kо‘plab mikroorganizmlarning muhim xususiyatlaridan yana biri ular ozuqa
sifatida har xil chiqindilardan foydalanib о‘sish qobiliyatiga egadirlar (sellyuloza,
neft uglevodorodlari, metan, metanol va boshqalar). Mikroorganizmlar foydalana
oladigan ayrim xom-ashyolar odam va hayvonlar uchun zaharlidir. Shunday ekan
mikroorganizmlar fermentlar sintez qilish bilan bir qatorda, atrof-muhit
muhofazasi uchun ham xizmat qiladilar.
Ayrim fermentlarning sintezlanish miqdori mikroorganizmlar hujayrasida
juda yuqori bо‘lishi mumkin. Masalan: ribulezobisfosfat-karboksilazaning miqdori
ayrim vaqtlarda fototrof bakteriyalar sintez qiladigan suvda eriydigan oqsilning 40-
60% ni tashkil etadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, kо‘p mikroorganizmlar katta miqdorda kultural
muhitga chiqadigan fermentlar hosil qiladilar. Bu fermentlar asosan oqsil, kraxmal,
sellyuloza, yog‘larni va boshqa suvda erimaydigan moddalarni parchalaydigan
gidrolazalarga taalluqlidir. Bir qancha fermentlar faqat mikroorganizmlardagina
uchraydi. Molekula holidagi azotdan ammiak hosil qilishda ishtirok etadigan
nitrogenaza
fermenti
azotni
о‘zlashtirish
qobiliyatiga
ega
bо‘lgan
bakteriyalardagina uchrashi aniqlangan.
Ayrim bakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri ularning
anorganik substratlarni: ammiakni, nitritlarni, sulfid va oltingugurtni boshqa
birikmalarini, va shunga о‘xshash ikki valentli temirni oksidlash qobiliyatidir.
Bunday jarayonlarni amalga oshishi mikroorganizmlarda alohida fermentlarning
mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bir qancha bakteriyalar va suv о‘tlari molekula
holidagi vodorod hosil qilishi hamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini olib
boruvchi degidrogenaza fermentlari saqlashi aniqlangan.
Kо‘pchilik bakteriyalar ularga metan, metanol, metillangan aminlarni,
uglerod oksidini va boshqa bir xil uglerodli birikmalardan substrat sifatida
foydalanib, о‘sish va rivojlanishga yordam beradigan fermentlarni sintezlash
qobiliyatiga ega. Atrof muhitni, uni ifloslantiruvchi bir qancha moddalardan
tozalash mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar hisobiga amalga
oshiriladi, ular plastmassa, pestitsidlarni va boshqa zaharli murakkab birikmalarni
oddiy tarkibiy qismga parchalab yuboradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: