119
bor yо‘g‘i 1 necha milligram) miqdorda ta’sir etuvchi yangi avlodlari
yaratilmoqda. Bu esa alohida ekologik ahamiyat kasb etadi.
О‘simliklarning gormon tizimi. Gormonlar haqida tushuncha. Tirik
organizmlar gormon regulyatsiyasi ular nasliy dasturning amalga oshishida va
muhitning о‘zgaruvchan sharoitiga adaptatsiyasida hal qiluvchi rolni о‘ynaydi
(Defling, 1985).
О‘simliklarda ham boshqaruvchi tabiatli moddalarning mavjudligi haqida
birinchi bо‘lib CH. Darvin (1880) nihollarning yorug‘lik manbai tomon intilishi
bо‘yicha о‘tkazgan tajribalari asosida yozilgan «О‘simliklarning harakat qilish
qobiliyati» asarida о‘z fikrini bayon etgan edi. U bilan bir vaqtda, buyuk nemis
botanigi va fiziologi Y.Saks ham о‘simliklarda poya, barg va ildizning shakllanishi
hamda rivojlanishiga javobgar moddalar mavjudligi xaqida aytib о‘tgan edi, lekin
bu taxminlar о‘sha davrdagi olimlar tomonidan e’tirof etilmadi.
О‘simliklarning regulyator moddalarini aniqlash va ajratib olish bо‘yicha
izlanishlar XX asrning boshlaridan jadal rivojlana boshladi. 1909-1910 yillarda G.
Fitting tomonidan orxideya о‘simligining tugunchasini о‘sib, urug‘siz meva hosil
bо‘lishini yuzaga keltiruvchi moddalari aniqlandi va ularga hayvonlarning
regulyator moddalari kabi gormonlar deb nom berildi. Undan bir necha yil ilgari
etilenning о‘simliklarni bо‘yiga о‘sishini tezlashtiruvchi xususiyati aniqlangan edi.
О‘sha davrning о‘zida N. G. Xolding va F. Ventlar tomonidan о‘simliklarning
tropizmi nazariyasi yaratilgan va u asoschilari nomi bilan atalgan, 1930 yillarni
oxirida M.X. Chaylaxyan о‘simliklarni generativ organlarini shakllanishi va
gullashini amalga oshiruvchi gipotetik fitoregulyatorlar haqidagi florigen
nazariyasini ilgari surdi.
О‘simliklarning gormonlarini о‘rganish va ajratib olish bо‘yicha 1950-
1960-yillarda yaxshi natijalarga erishildi, sitokinin va abssiz kislotalari ajratib
olindi va ularning xususiyatlari aniqlandi. Hozirgi kunga qadar yana bir nechta
endogen regulyator moddalar – brassinosteroidlar, fuzikoksinlar, jasmin va salitsil
kislotalari, ba’zi oligosaxaridlar ajratib olindi, shuningdek о‘simliklarni о‘sishni
boshqaruvchi gormon tabiatiga ega bо‘lmagan regulyatorlari - poliaminlar, bir
qator fenol birikmalari va boshqa moddalari о‘rganilmoqda.
Shu bilan bir vaqtda regulyator moddalarni aniqlash, yaratish va ularni
о‘simlikshunoslikda qо‘llash ishlari ham olib borilmoqda. Bunday moddalardan
dastlab auksinning sun’iy anologi о‘simliklarni vegetativ kо‘paytirish va
ildiz hosil
bо‘lishini induksiyalash uchun foydalanildi. 1960 yilda о‘simliklarning bо‘yiga
о‘sishini sekinlashtiruvchi standart moddalar aniqlandi. Bu moddalar qishloq
xо‘jaligida qо‘llaniladigan, keng tarqalgan fitoregulyatorlardir. Hozirgi kunda
qimmatli xususiyatlarga ega, ayniqsa, antistress va reparativ ta’sirga ega bо‘lgan
fitoregulyatorlarni aniqlashga katta e’tibor berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: