О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

Abssiz  kislota    (ABK).
  1965-yilda  AQSH    olimlari 
Lyu  va  Kareslar 
tomonidan  g‘о‘zani  yashil  kо‘sagidan  ajratib  olingan.  О‘simliklarda  mevalon 
kislotasidan  sintezlanadi.  ABK  ksantofil  violaksantinning  yorug‘lik  ta’sirida 
ajratilgan  mahsulotidan  yoki  lipoksigenaza  fermentidan  ham  hosil  bо‘lishi 
mumkin. Stress ta’sirlarda bu  fitogormon sintezining keskin oshishini aniqlangan. 
ABK о‘simliklarning deyarli barcha organlarida sintezlanadi. Uning hosil bо‘lish 
intensivligi  о‘simlikning  qarishi,  noqulay  ta’sirlar,  ayniqsa  namlik  yetishmasligi 
natijasida keskin oshadi. U qari barglar, pishgan mevalar, tinim holatidagi urug‘ va 
kurtaklarda  kо‘p  miqdorda  bо‘ladi.  О‘simlikning  urug‘ning  murtagi  pishib  yetila 
borishi bilan о‘zi ABK sintezlash  xususiyatiga ega bо‘lishi orqali, о‘zining tinim 
va  chidamlilik  jarayonlarini  boshqaradi.  ABKning  sintezi  kunduziga      nisbatan 
kechasi  50-60  marta  yuqori  bо‘ladi.  ABKning  miqdoriga  haroratning  pasayishi, 
yorug‘lik  tarkibida  kо‘k  va  ultrabinafsha  kvantlarining  kam  bо‘lishi  stimullovchi 
ta’sir kо‘rsatadi.  
ABK akropetal va bazipetal ravishda floema va ksilema bо‘ylab transport 
qilinadi.  Harakat  tezligi  juda  yuqori  ABK  uchun  oziqa  moddalarni  tortuvchi 
markaz  bо‘lib,  faol  bо‘linayotgan  meristema  xizmat  qiladi.  ABK  metabolizmi 


127 
 
qand  moddalari  bilan  konyugat  hosil  qilish  orqali  amalga  oshishi,  ular 
qaytariladigan va qaytarilmaydigan bо‘lishi mumkin, shuningdek fazeyev kislotasi 
orqali oksidlanishi ham mumkin.  
ABKning fiziologik samarasi xilma-xildir. Ular ta’sirida muhim fiziologik 
jarayonlar  ingibirlanishi  ham  yoki  aksincha  stimullanishi  ham  mumkin.  Abssiz 
kislota kuchli ingibitor ta’sirga ega fitogormondir. Ular nuklein kislotalar, oqsillar 
va  xlorofillar  parchalanishini  tezlashtiradi,  proton  pompaning  faolligini 
pasaytiradi.  ABK  ta’sirida  og‘izchalar  yopiladi  va  fotosintetik  fosforlanish 
tо‘xtaydi.  
ABK tomonidan urug‘, kurtak  va tugunaklarning tinim davri boshqariladi, 
atirgulning  partenokarpik  mevalari  rivojlanishi  va  kartoshka  tugunaklarini  hosil 
bо‘lishi, bodring  gipoktilini  chо‘zilishi,  loviya  qalamchalarida  ildiz hosil bо‘lishi 
stimullanadi.  Bu  fitogormon  g‘alla  ekinlari  hujayralaridagi  zahira  oqsillar 
tarkibining о‘zgarishiga ham ta’sir etadi.  
О‘simliklarning stresslarga chidamliligini oshishida abssiz kislotaning roli 
juda muhim. U ham sitokinin kabi stress oqsillar, shuningdek, oqsillarning о‘ziga 
xos  guruhi,  sinikatsiya  oqsillarining  sintezini  indusirlaydi.  Bu  moddalar  urug‘ 
tarkibidagi    namlikni  tutib  turishga  javobgar  bо‘lib,  bu  uning  tinim  davriga 
о‘tishida juda muhimdir. Bu gormonni о‘zi sintezlash qobiliyatiga ega bо‘lmagan 
о‘simliklar tezda nobud bо‘ladi.  

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish