О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

Etilen  moddasi.
  1901-yilda  Sankt-Peterburg  universiteti  laboratoriyasida 
tajriba uchun nо‘xat о‘simligi о‘stirilganda, urug‘dan qing‘ir-qiyshiq, uchki qismi 
pastga  qarab  qarmoq  shaklida  egilgan  kalta  о‘simtalar  о‘sgan.  Issiqxonalarda  va 
ochiq yerlarda о‘sayotgan о‘simliklar esa о‘suvchan, tо‘ppa-tо‘g‘ri bо‘lib о‘sgan. 
Nelyubov bu fiziologik ta’sirni chaqiruvchi omil laboratoriyada ekanligini taxmin 
qilgan.  О‘sha  vaqtlarda  xonalar  gaz  yordamida  yoritilar  edi.  Havosi  tozalangan 
sharoitda  issiqxonadagi  о‘simliklar  normal  ravishda  rivojlana  boshlagan.  Aynan 
qaysi  moddalar  ta’sir  etishini  о‘rganish  maqsadida  Nelyubov  yorug‘lik  gazining 
turli komponentlarini navbatma-navbat berib, etilenning ta’sirida: 
1)  о‘simtalar bо‘yiga va eniga о‘sishida sekinlashishi; 
2)  qayta tо‘g‘rilanmaydigan poya uchining pastga egilishi
3)  о‘simtalar о‘sish yо‘nalishidagi о‘zgarish  kabi  fiziologik  reaksiyalarini  
aniqladi va  buni о‘simtalarning etilenga uch karra javobi deb atadi. 
Shuningdek,  etilenning  о‘simlik  barglarini  tо‘kilishidagi,  mevalarning 
pishib yetilishidagi ta’sirlari ham aniqlangan. Etilen moddalari о‘simliklarda ham 
sintezlanadi.  Bu  moddalar  yagona  gazsimon  fitogormon  bо‘lib,  oddiy  tuzilishga 
ega. Etilenni dezaktivatsiyasi uning atrof muhitga ajralishidan tashqari etilen oksidi 
hosil bо‘lish yо‘li bilan ham boradi. Etilenning maksimal faolligi uning maksimal 
oksidlanish vaqtiga tо‘g‘ri keladi, oksidlanishni sun’iy tо‘xtatilishi fitogormonning 
ta’sirini yо‘qotadi. Bularning hammasi etilenning oksidlanish uning fitogormonal 
faolligini  amalga  oshirishi  bilan  bog‘liq  ekanligi  haqida  taxmin  qilish  imkonini 
beradi.  
О‘simlikning  deyarli  barcha  tirik  hujayralari  etilenni  biosintez  qilishga 
qodir.  Bu  fitogormonning  hosil  bо‘lish  xarakteri  ontogenezda  keskin    о‘zgaradi. 
Yuvenil davrdagi о‘simliklarda etilen asosan meristema tо‘qimalarida sintezlanadi. 
Keyinchalik  pishib  yetilayotgan  mevalarda      uning  miqdori  ortadi.  Shuningdek, 
etilenning biosintezi о‘simlik shikastlanganda yoki stress ta’sirlarda keskin oshadi.  
О‘simlikliklarda  etilen  biosinteziga  metionin  aminokislotasi  asos  bо‘lib 
xizmat qiladi.  
Etilen 
о‘simlik 
hujayralarining 
izodeametrik 
chо‘zilishini 
(yо‘g‘onlashishi)oshirish xususiyatiga ega.  


126 
 
Etilenning  qator  ta’sirlari  uning  antiauksinlik  ta’sirlari  bilan  ham 
belgilanadi.  Auksindan  farqli,  etilen  ajratuvchi  qavat  hosil  qiladi,  ya’ni  barglarni, 
gullarni,  mevalarni  tо‘kilishiga  olib  keladi.  Bu  uning    hujayra  devorlarini 
parchalovchi  fermentlar  endopoligaluktoronaza  va  sellyulazaning  sintezini 
indusirlashi  bilan  bog‘liq.  Etilen  ta’sirida  auksin  tomonidan  indusirlangan  
hujayralar  chо‘zilishdan  tо‘xtaydi,  mitotik  faolligi  pasayadi.  Shuningdek,  etilen 
auksinning transportini ham tо‘xtatadi.  
Etilen  mevalarni  tо‘kibgina  qolmay,  shuningdek  ularning  pishishini 
tezlashtiradi.  Bu  fitogormon    kauchuk  beruvchi  о‘simliklarda  lateks  (  tabiiy 
kauchuk ) ni chiqishining oshishiga ta’sir kо‘rsatadi.  
О‘simliklar  о‘sishiga  etilen  turlicha  ta’sir  kо‘rsatadi.  Kо‘pchilik 
о‘simliklarda  hujayralarning  bо‘linishi  va  chо‘zilishi  jarayonlarini  sekinlashtirish 
orqali  vegetativ  о‘sishni  tо‘xtatadi.  Ammo  ba’zi  hollarda,      masalan,  sholi 
nihollarida etilen miqdorining oshishi, uning о‘sishini jadallashtiradi.  
Etilenning  himoya    ta’siri  ham  katta  qiziqish  uyg‘otadi.  Yuqorida 
aytilganidek,  etilenning  miqdori  stress  ta’sirlar  va  mexanik  shikastlarda  keskin 
oshadi. Bu о‘simlikning potensial havfga nisbatan birinchi javobi bо‘lishi mumkin. 
Stress etileni fitoaleksinlar (himoyalovchi moddalar) patogen zamburug‘lar hujayra 
qobig‘ini  va  ba’zi  fenol  birikmalarni  parchalovchi  xitinaza  fermenti  sintezini 
indusirlaydi.  Fitoaleksinlarni  kimyoviy  tabiati  о‘simlikning  sistematik  holatiga 
bog‘liq.  Masalan:  kartoshka  seskviterpenoidli  fitoaleksinlar  hosil  qiladi, 
dukkaklilarda fitoaleksinlar fenolli birikmalar asosida sintezlanadi. 
О‘simlikning  shikastlangan  joyidan  fitoaleksinlar  va  xitinazadan  tashqari 
proteazalarning    ingibitorlari  ham  tashilib,  u  о‘simlikning  shikastlangan  joyidagi 
hujayra  oqsillarini  parchalanishdan  himoya  qiladi.  Bundan  tashqari,  etilen 
miqdorining ortishi о‘simliklar himoyasida ishtirok etuvchi boshqa gormon-abssiz 
kislotaning sintezlanishini ham stimullaydi.  

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish