www.ziyouz.com
kutubxonasi
407
Oq aylamagini men siyahro‘yi yomon,
Aylayolmon afv suyi birla gumon.
106
Isyon aro qolg‘an ibtilonimu deyin?
Ma’mur etkan nafsi vag‘onimu deyin?
Yo‘q toat ila kibru riyonimu deyin?
Yaxshi demak o‘zni bu balonimu deyin?
107
Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav,
Sajjoda garav bo‘lsa ne tong, ey rahrav,
Chun mug‘bacha ollida qilur sajda birav,
Yo‘q ayb musallosi aning mayg‘a garav.
108
Jonimg‘a qilur javru jafo yor asru
Kim, yor ichida javru jafo bor asru.
Bo‘ldum chekibon javru jafo zor asru,
Men javrkashu yor jafokor asru.
109
Gar qilsa kishi qilib gunohe, tavba,
Ul jurmg‘a bo‘lsa uzrxohi tavba.
Qilmoq necha goh jurmu gohe tavba,
Bu jurm ila tavbadin ilohiy tavba.
110
Ne yuzini g‘oza aylamish farsuda,
Ne ko‘ziga surma tortmish behuda.
Ne qoshini vusma aylamish oluda,
Bu yuzu ko‘zu qoshdin eman osuda.
111
Nomang manga ruhdin nishon bo‘ldi yana,
Osoyishi joni notavon bo‘ldi yana.
Har harfi aning tanimda jon bo‘ldi yana,
Har lafzi hayoti jovidon bo‘ldi yana.
112
Chun lola to‘kuldi, lolagun jom ichma,
Gul fasli tugandi mayi gulfom ichma.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |