www.ziyouz.com
kutubxonasi
408
Javzoda chu tutti mehr orom ichma,
Ko‘p bo‘lsa zarurat o‘lmayin shom ichma.
113
Mug‘ dayrida bo‘lsa manga bir koshona,
Malja’ dag‘i piri dayrdek farzona.
May mug‘bacha tutsa har zamon mastona,
Kofir bo‘layin bo‘lsa murodim yona.
114
Ham jismingga za’f bo‘lsa jonim sadqa,
Ham joningga jismi notavonim sadqa.
Sarvingg‘a shikast o‘lsa ravonim sadqa,
Yo‘q-yo‘qki, sanga jonu jahonim sadqa.
115
Yo koshifi asrori nihon bo‘lsa kishi,
Halloli rumuzi osmon bo‘lsa kishi.
Yo oshiqi zori notavon bo‘lsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon bo‘lsa kishi.
116
Sen xud borasen ko‘ngulni qaytarg‘il, axiy,
Bedilliq o‘tidin meni qutqarg‘il, axiy.
Yo tiyg‘ chekib to‘sh-to‘shidin yorg‘il, axiy,
Bir porasini bizga berib borg‘il, axiy!
117
Sen borg‘ali ortmish ko‘ngul zorlig‘i,
Oh o‘qlaridin har nafas afgorlig‘i.
Bilman unutulg‘anmu ekandur manga hajr,
Yo ko‘prak erur bu qatla dushvorlig‘i.
118
Jonimg‘a yetipturur xumor, ey soqiy,
May tutqilu berma intizor, ey soqiy.
Avval o‘zing ayla ixtiyor, ey soqiy,
Tutqil menga so‘ngra zinhor, ey soqiy,
119
Oxir dami umr etsa shitob, ey soqiy,
Tutqil manga oncha mayi nob, ey soqiy
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |