www.ziyouz.com
kutubxonasi
372
Falakni latoyifdin etgay to‘la.
Birav bo‘lsa bir ishda bu nav’ fard,
Vale ko‘rmasa bahra jo‘z ranju dard.
Bo‘lub Qof vajhi maoshig‘a kon,
Murabbiysi anqog‘a hamoshyon,
Uyi notavon ko‘ngli yanglig‘ buzuq,
Bu uy ichra anduxu g‘am yer ozuq,
Mayi bazmi barcha yurak qonidin,
Surudi hazin ko‘ngli afg‘onidin,
Desakim, topay eski puldin farog‘,
Topilmay juz a’zosida yangi dog‘.
Maishat uchun orzu qilsa siym,
Ani topqay, ammo esarda nasim,
Kishi jinsi mulkida mardum giyo
Diram sinfi avzoida kimiyo.
Kishi bo‘lsa andog‘ki, o‘tti maqol,
Bu yanglig‘ kishiga bu nav’ o‘lsa hol,
Nechuk mayli ovoralig‘ etmagay,
Boshin olibon bir taraf ketmagay?!
Yana bir bukim, zohir o‘lmish mango
Ki, chiqmish Xuroson elidin vafo.
Vafo azm aylarda bo‘lmish magar
Saxovu muruvvat anga hamsafar.
Bu uch fe’l chiqqach arodin tamom,
Yana bo‘lmish uch fe’l qoyimmaqom.
Vafo yerida zohir o‘lmish nifoq,
Saho o‘rnida buxl tutmish visoq.
Muruvvatqa bo‘lmish hasad joygir,
Zihe hush elu mulkati dilpazir.
Ne mulku ne el emdi tahrir etay,
Alar holatin vasf bir-bir etay.
Dema mulkkim, vahshatobodi zisht,
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |