www.ziyouz.com
kutubxonasi
373
Tamug‘ bilgurub g‘oyib o‘lg‘ach bihisht.
Tamoshosini kimki, bunyod etib,
Sipohonu Ray mulkidin yod etib.
Hisori anou taab mahbasi,
Siyahcholdin tiyra ro‘roq base.
Imorotida ganjdin yo‘q asar,
Xizona xaroba bo‘lub sarbasar.
Masojidda toat bila nur yo‘q,
Xavoniqda non rasmi dastur yo‘q,
Ham avqofni sadr amlok etib,
Vale ko‘pragin may uchun tok etib,
Ham el manzilin shah katakdek buzub,
Tovug‘ o‘rnig‘a chug‘d o‘lturg‘uzub.
Madorisda ilmu salohu yaqin
Aningdekki, dayr ichra islomu din.
Ko‘ngul jam’i ahli munojot aro,
Aningdekki, taqvo xarobot aro.
Elida kishilikdin osor yo‘q,
Sharoratdin o‘zga padidor yo‘q.
Ne el, ne kishi, balki shaytonu dev,
Kelib barchag‘a da’b bedodu rev.
Bo‘lub lomakon sathidin xonlari,
Adam mulki bug‘doyidin nonlari.
Qora pul uchun aylabon qatl fan,
O‘luktin tama’ aylab ammo kafan,
Ne vayronda eski tanobe bilib,
Yilon sog‘inib, ganj da’vo qilib.
Qizil oltun istab qoratoshtin,
Falak go‘yi bir dona xashxoshtin.
Tutulsa birav o‘g‘ridur deb kuchun
Tutubon ilig, lek kesmak uchun.
O‘lum kelsa bir zori bedil sari,
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |