Mulk
MULK, M i l k (koʻpligi - amlok) - ma’nodosh boʻlgan va koʻpincha aralash holda qoʻllaniladigan
istiloxdar (MLK oʻzagidan -"ega boʻlmoq"). Mulk ham cheklanmagan hokimiyat (jumladan,
podsho hokimiyatini) va shak-shubhasiz xususiy egalikni, ham mana shu xususiy egalik ob’ektini,
milk esa - faqat xususiy egalik ob’ektini anglatadi. Xususiy egalik huquqi meros, sotib olish,
in’om, xususiy egalik ob’ektini yaratish (buyumlar yasash, unumsiz yerni oʻzlashtirish, foydali
qazilmalar qazib chiqarish va b.) va harbiy oʻlja sifatida bosib olish yoʻli bilan vujudga keladi. M.
muddatga ega emas,shuning uchun topib olingan buyumning egasi noma’lum boʻlsa, topgan
kishining xususiy mulki boʻla olmaydi - uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim boʻladi
(bundan qad. xazinalar mustasno). Tashlandiq egasiz yer, uni qayta ishlagan shaxsning xususiy
yeriga aylanadi - bu holda yer oʻz mohiyatini yoʻqotgan, foydasiz boʻlib qolgan va shuning uchun
xususiy egalik ob’ekti boʻla olmaydi deb hisoblanadi. Biroq, amalda tashlandiq yer koʻpincha
oldi-sotdi ob’ektiga aylangan, demak uning egasi hayotligida yerga ishlov berilmagan hodda
ham xususiy egalik huquqi bekor qilinmagan. Soliq belgilashdagi farqlar, soliq maqomining
oʻzgarishlari yerga xususiy egalik huquqiga ta’sir qilmagan. Butun oʻrta asrlar tsavrida katta-
katta mulk yerlari davlat boshliqlari ixtiyorida boʻlib kelgan. Musulmon huquqiga koʻra, M.
nafaqat moddiy ob’ektlar, balki turli huquqlar (mas., kanaldagi suvdan olinadigan ulushga boʻlgan
huquq) ham boʻlishi mumkin, ularni ham sotib olish va sotish, garovga berish ham mumkin
boʻlgan. Faqat musulmon kishi uchun foydasiz yoki man etilgan narsalargana (vino, choʻchqa va
b.) xususiy egalik ob’ekti boʻlishi mumkin emas.
Mulk
—
moddiy
va
maʼnaviy
neʼmatlarning
muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan
oʻzlashtirilishi; mulkka
egalik huquqi
hamda mulk obʼyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash
boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan
iqtisodiy
munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer
osti boyliklari,
korxona
,
bino
, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor
mahsulot
,
pul
,
qimmatli
qogʻozlar
,
sanʼat
va
adabiyot
asarlari
,
ilmiy
va texnikaviy
ishlanmalar
va boshqalar boʻlishi
mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni egalari
hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar,
oilalar
,
jamoalar
va, nihoyat,
davlat
kiradi. Mulkdan
amalda
foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.
Kishilarning moddiy neʼmatlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va isteʼmol etishdagi oʻrni, siyosiy
hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bogʻliq. Jamiyat
taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga koʻra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa
tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar gʻoyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh
boʻlib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari
jamoaning umumiy mulki boʻlgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar
yakka holda mehnat qila oladigan boʻldi. Bu oʻzgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy
mulkka aylangan.
Xususiy mulk
— bu mulkni oʻzlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U
2 xil boʻladi: 1) individual — yakka xususiy mulk, yaʼni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk;
2) korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi
umumiy mulkning bir qismi sifatida mavjud boʻlgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi
mulkdir.
Jamoa mulki
— bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki boʻlib,
bu mulkning egalari shu jamoada mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu
mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi.
Davlat mulki
— davlat ixtiyorida boʻlgan mulk, davlat
hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan
monopollashgan
mulkdir. Bunday mulk
obʼyekti — yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot,
moddiy va maʼnaviy boyliklar boʻlishi mumkin. Bu mulk ijtimoiy neʼmatlarni yaratishga xizmat
qiladi.
Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli
mamlakatlarda farqlanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeliga bogʻliq. Fuqarolik jamiyati
doirasida davlat mulki tobora ijtimoiy yoʻnalish olmoqda, yaʼni umummilliy manfaatlarni himoya
qilishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoiy mulk — tarixan sobiq sotsialistik mamlakatlarda mavjud boʻlgan.
Bunda kishilar mulk egasi sifatida teng boʻladi, shuning uchun har bir kishining jamiyatdagi
mavqei, turmush darajasi uning mehnati bilan belgilangan.
Mulkga egalik va uni tasarruf etish muayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi va u
mulkchilik munosabatlari deb ataladi. Mulk paydo boʻlishi uchun mulkka aylanadigan narsalar naf
keltira olishi zarur. Mulkchilik munosabatlari mulkni kishilarning oʻziniki yoki oʻzganiki ekanligini
bildiradi. Bunday munosabatlarning 3 jihati bor: 1) mulkka egalik qilish, yaʼni
mulkdorlik
huquqining
mulk egasida saqlanib turishi; 2) mulkdan foydalanish va uni amalda ishlatish. Mulkdan
foydalanilganda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish yuz beradi.
Mulkdor
oʻz
mulkini ishlatganda egalik qilish va mulkdan foydalanish bir qoʻlda toʻplanadi, mulk keltirgan
nafni uning egasi tanho oʻzlashtiradi. Mulk oʻzgalar qoʻlida ishlatilganda bundan olingan
daromadni mulkdor mulkni amalda ishlatuvchi bilan baham koʻradi; 3) mulkni tasarruf etish — bu
mulk taqdirini mustaqil hal qilish, yaʼni mulkni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga
qoʻyish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda mulkni ijaraga
berish muhim oʻrin tutadi. Yer, suv havzalari, bino va inshoot kabi koʻchmas mulklar oddiy ijaraga
beriladi. Qimmatbaho mashina va uskunalar (traktor, kombayn, samolyot, teplovoz, paroxod, yuk
avtomashinalari va vagonlar) ijarasi lizing shaklida amalga oshiriladi. Mulk boʻlgan pul
mablagʻlarni oʻz egasi tomonidan, oʻzgalarga foydalanib turish uchun berish kredit shakliga
kiradi. Mulk milliy boylikni hosil etadi
[1]
.
Shodmonov Sh., Alimov R., Joʻrayev T. Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2002.
1.
Ahmadjon Oʻlmasov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mulk&
action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Mulk&oldid=2381053
"
dan olindi
Adabiyot
Manbalar
Soʻnggi tahrir 6 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |