www.ziyouz.com
kutubxonasi
368
MASNAVIY
Sano haqqakim, koshifi hol erur,
Xirad mushkilotig‘a halol erur,
Alimeki, yo‘qtur bidoyat anga,
Azimeki, yo‘qtur nihoyat anga;
Hazar ichra bechoralar yovari,
Safar ichra ovoralar rahbari;
Ne solikkakim, dasht etib jilvagoh,
Tavakkulni aylab anga zodi roh;
Musofirni yo‘ldin kecha gum qilib,
Yonig‘a aning qumni qoqum qilib;
Anikim, qilib ishqdin yoralig‘,
Nasib aylabon anga ovoralig‘;
Birovga necha g‘urbat izhor etib,
Chu bir yerda ko‘p turg‘uzub, xor etib;
Biravnikim aylab bir el ichra xor,
Anga chora aylab ul eldin firor;
Safarni tamug‘din nishon aylabon,
Tamug‘ ranjin andin ayon aylabon;
Ko‘ngulsizga mushfiq, kishisizga yor,
Umidi yo‘q el andin ummidvor.
Aning hamdidin so‘ngra yuz ming durud,
Bari farruxoyin humoyunvurud.
Nabi ravzasig‘a alayhissalom,
Ham olu ham ashobig‘a bardavom
Ado bo‘ldi chun hamdu na’tu sano,
Bu ovoradin yuz tuman ming duo.
Angakim erur fazl avjida mehr,
Ne mehreki, bir zarra anga sipehr.
Safo subhining mehri farxundasi,
Fano shomining sham’i raxshandasi.
Karam borgohida masnadnishin,
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |