P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

V.  TAFAKKUR  TU RLAR I

Odamlarning  ehtiyojlari,  hayotiy  qiziqishlari  va  faoliyatlari juda  xil- 

ma-xildir.  Shu  sababli,  odamning  tafakkuri  ham  turli  hollarda  har  xil 

turda namoyon bo'ladi.  Bilish  uchun  kerak bo'lgan vazifalarni va har xil 

amaliy vazifalarni hal etishga to'g'ri kelib qolinganida, shuningdek, boshqa 

odamlarning  fikrlarini  nutq  orqali  va  amaliy  muomalada  bilib  olishga, 

tushunib olishga to'g'ri kelinganida odam o'z fikrini ishlatadi. Mana shun­

dan 


ijodiy  tafakkur 

va 


tushunish 

deb  ataladigan  tafakkur  kelib  chiqadi. 

Tafakkurning faolligi  qay turda bo'lishiga  qarab,  u  ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz 

tafakkuiga bo'linadi,  tafakkurning umumiylashganlik darajasiga  qarab,  u 

aniq va abstrakt tafakkurga, yo'nalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafak­

kuiga bo'linadi.



Ijodiy  tafakkur  va  tushunish

Paydo bo'lgan savollaming javobini odam o'zi qidirib topsa, qo'yilgan 

vazifalarni odam o'zi hal qilsa, odamning ongida yangi hukmlar va tushun­

chalar paydo bo'lsa,  bunday hollarda  ijodiy tafakkur paydo bo'ladi.

Savollaming paydo bo'lishi yoki qo'yilganligi fikr qilish, tafakkur jara- 

yonlaridagi  boshlang'ich  momentdir (yoki  fazadir).

Idroklarda, tasawurlarda,  fikrlarda va nutqda biror yetishmagan, mu­

kammal  ifodalanmagan  narsa sezilib qolganida,  o'zining yangiligi,  kutil- 

maganligi bilan e’tibomi jalb qiladigan narsa va hodisalar idrok qilingani- 

da  hamda  shunga  o'xshash  fikrlar  paydo  bo'lganida  bizning  ongimizda 

savollar tug'iladi.  Idrok,  tasawur va fikrlar bir-biri bilan «to'qnash» kelib 

qolganida, bir-biriga zid tushib qolganida savollar paydo bo'ladi.  Bunday 

hollarda  taajjublanish,  hayratda  qolish  hissi  tug'iladi  va  shu  hislar bilan 

birlikda savollar ham  ifodalanadi.

Inson faoliyatining hamma turlarida uning ehtiyojlari sababli savollar 

paydo bo'laveradi, faoliyat jarayonining o'zida bizda yangi savollar tug'iladi, 

yangi vazifalar qo'yiladi.

Nutq  orqali  muomala  qilganimizda,  kitoblarni  o'qiyotgan  vaqtimiz- 

da,  narsalarni  ko'zdan  kechirayotganimizda,  texnikaga  va  mexanikaga 

doir xilma-xil  mashinalar bilan tanishayotganimizda va shu  kabi hollarda 

bizda turli  savollar tug'iladi.

Tafakkur jarayonining o'zi ham, bilish jarayonining o'zi ham muttasil 

har xil savollar tug'ilishiga sabab bo'ladi.  Odam qanchalik ko'p bilaversa, 

uning oldida noma’lum  narsalar shu qadar ko'p paydo bo'laveradi,  unda 

shu  qadar  ko'p  savollar tug'ilaveradi  va  uning  o'zi  shu  qadar ko'p  savol 

beraveradi.  Bilishga qiziqish  savollar qo'yishda katta  rol  o'ynaydi.

206

www.ziyouz.com kutubxonasi




Kundalik hayotda shunday ham bo'ladiki, savol berilishi bilan darrov 

uning javobi ham topiladi.  Masalan, «Bugun nima kun?» «Bugun shanba», 

«Ikki marta uch qancha bo'ladi?» «Ikki marta uch — olti». Shunday qilib, 

bunday tafakkur jarayonida savolga javobni idrok qilinayotgan yaqin vazi- 

yatning o'zi  beradi  yoki  hammaga  ma’lum  ochiq-oydin  haqiqatlar javob 

bo'lib  xizmat  qiladi.  Kundalik  hayotimizdagi  nutqni  bevosita tushunish- 

ning o'zi  ham  oddiy tafakkurga taalluqlidir.

Bu — tafakkurning 



oddiy, 

elementar jarayonlaridir.  Bu ayrim hukmlar 

bizning  idrokimizda  ifodalanadi  hamda  tasawurlar  va  tushunchalar  ta- 

riqasida  xotiramizda mustahkam  o'rin  oladi.

Ijodiy  tafakkur  to'g'risida  gapirganimizda  biz  murakkab  aqliy  jara- 

yonni nazarda tutamiz.  Bu jarayon bir qancha bosqichlar (yoki fazalar) va 

momentlardan  iborat bo'ladi.

Ijodiy  tafakkur  murakkab  jarayon  bo'lib,  bu 




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish