P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

murakkab 

jarayonda 

qo'yilgan savol ketidan  (shu savolning murakkabligiga qarab) dastlab vazifa 

ifodalanadi, so'ngra esa vazifani, masalani yechish jarayoni, ya’ni qo'yilgan 

savollarga javob  qidirish jarayoni  boshlanadi.

Vazifa,  masala — yechilishi,  hal qilinishi talab etilgan savoldir.  Ifoda­

langan  vazifa 

m aqsadni

  ham  o'z  ichiga  oladi.  Bu  maqsad  noma’lumni 

topishga va shu tariqa hayronlik, taajjublanish va gumon hislaridan qutu- 

lishga  intilishdan  iboratdir.  Tafakkurning  murakkab jarayonlaridagi  ma­

salani  ifodalashning  o'zi,  ko'pincha,  murakkab  faoliyat  bo'ladi.  Bunda 

nimalar ma’lum va  noma’lumligini  hisobga olishga,  masala qanday vazi­

yatda yechilayotganligini hisobga olishga, yechilayotgan masalaning ahami­

yatini  tushunib  olishga  to'g'ri  keladi.

Tafakkur jarayonining  shundan  keyingi  bosqichi  — javobni  izlash- 

dan,  masalani  hal  etishga  olib  keladigan  yo'llarni,  vositalarni,  qoi- 

dalarni,  usullarni  qidirish  va tatbiq  qilishdan  iborat  bo'ladi.  Qo'yilgan 

savollarga  beriladigan  javoblarni  ba’zan  idrok  qilinayotgan  tevarak- 

atrofdagi vaziyatdan qidirishga to'g'ri keladi.  Bunday hollarda tafakkur 

jarayonlaridagi odamning kuzatuvchilik qobiliyati katta ahamiyatga ega 

bo'ladi.

Ba’zan  lozim  bo'lgan  javob  «xotira  zapaslari»  orasidan  — tajriba  va 

bilimlarimizdan topiladi. Imtihon berayotgan o'quvchining fikri, ko'pincha, 

shu  tariqa  ishlaydi.  Ko'pincha tafakkur jarayonlarida kerakli javoblar xa­

yol  yordami  bilan  topiladi.  Masalan,  har xil  taxminlar,  ilmiy gipotezalar 

shu  tariqa vujudga  keladi,  ko'pgina  kashfiyotlar,  texnika sohasida har xil 

ixtirolar qilinadi.

Ko'pincha, tafakkur jarayonlaridagi kerakli javoblarni  muhokama qi­

lish va o'ylab ko'rish, faraz qilish tafakkurning mantiqiy usullarini qo'llanish 

yo'li  bilan  topiladi.  Masalan,  matematika  masalalari  ana  shu  yo'l  bilan

www.ziyouz.com kutubxonasi



yechiladi.  Masala va vazifalarni  yechish,  qo'yilgan savolga javob  qidirish 

jarayonida  biz ba’zan yanglishamiz,  shu  masalani yechishga olib boradi- 

gan to'g'ri  yo'ldan  adashamiz.  Olingan javobning o'zi yoki  masalani  hal 

etish usulining o'zi bizda shubha tug'diradigan paytlar ham bo'ladi.  Bun­

day  hollar  tafakkur jarayonida  yana  bir  payt  — shu  jarayonning  nati­

jalarini  tanqidiy  tekshirib  chiqish  payti  keladi.  Ba’zan  bu  tanqidiy  tek­

shirish  masalani,  vazifani  hal  etish jarayoni  bilan  ayni  bir  vaqtda,  bab- 

baravar  bo'laveradi.  Fikr qilish jarayonining  mana  shu  nazorat  qiluvchi 

paytida mantiqiy jarayonlar xulosa chiqarish,  isbotlash,  rad etish jarayon­

lari, ayniqsa, katta o'rin tutadi. Harakatning oxiigi va asosiy mezoni odam­

ning tajribasidir.

Masalani, vazifani hal etish yo'llarini va qo'yilgan savollarga beriladi­

gan  javoblarni  ko'pincha  boshqa  odamlardan  qidirishga  to'g'ri  keladi. 

Faoliyatning boshqa turlarida bo'lgani kabi, tafakkur sohasida ham, odam 

o'zining  ijtimoiy  mavjudot  ekanligini  ko'rsatadi.  Turli  masalalarni,  vazi­

falarni  hal  etish vaqtidagi  tafakkur jarayonlari,  ko'pincha,  boshqa odam­

lar bilan  nutq  orqali  aloqa  qilish  yo'li  bilan  voqe  bo'ladi.  Bu  aloqa  esa 

suhbatlashish,  muhokama  qilish,  bahslashish  va  boshqa  shu  kabilardan 

iborat  bo'ladi.

Tarixga  kirgan  va  ulug'  kishilarning  nomlari  bilan  bog'liq  bo'lgan 

ilmiy  kashfiyotlar,  falsafiy  va  ilmiy  tushunchalar,  turli  nazariyalarning 

ko'pchiligi ayni vaqtda ko'p jihatdan jamoa tafakkurining, ba’zan bir necha 

bo'g'indagi  odamlar tafakkurining  mahsulidir.

Tafakkur jarayonidagi tushunish boshqa bir kishining og'zaki  va yoz­

ma  nutqini  idrok  qilish  va  uqib  olish  jarayonida  sodir  bo'ladi.  Nutqni 

tinglayotganimizda  yoki  biror yozma  matnni  o'qiyotganimizda,  odatda, 

biz  o'zimiz  eshitayotgan  yoki  o'qiyotgan  so'z  birikmalarini  to'g'ri  idrok 

qilishga  («payqab  olishga»)  intilamiz.

Texnika  buyumlari,  mashinalar,  ishlab  chiqarish  korxonalari  bilan, 

avtomat  va elektron apparatlar bilan,  asbob va shu  kabilar bilan  tanishish 

jarayonida  ham  bizda tushunish  sodir bo'ladi.

Bunday  holda tushunish  muayyan  bir texnikaviy obyektda gavdalan- 

gan  fikrlar  sistemasini  idrok  qilishda  («payqab  olishda»),  obyektning, 

masalan,  umuman  hisoblash  mashinasining va  undagi  ayrim detallarning 

ma’nosi  va  vazifasi  nimaligini  tushuna  olishda  namoyon  bo'ladi.

Jumladan,  o'zimiz  idrok  qilayotgan  yoki  tasawur  qilayotgan  narsa­

larni  o'zimizdagi  mavjud  tushunchalar  qatoriga  o'tkazishning  o'zi  ham 

tushunishimizning  ifodasidir.

Texnikani tushunmoq uchun qandaydir texnikaviy tajribaga ega bo'lish, 

loaqal  oddiy asboblardan  foydalana bilish  va  loaqal  oddiy mashinalar bi­

lan  tanish  bo'lish  kerak.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Tushunish ijodiy tafakkurdan farq qiladi, gavdalantiruvchi xayol bo'lgani 

kabi,  tushunishni  ham  gavdalantiruvchi  tafakkur deb  ta’riflash  mumkin.

Tushunish  asosan,  tayyor bilimlami  va  ko'nikmalarni  o'zlashtirishda 

sodir boMadigan  tafakkurdir.

Maktabda  o'qitish  jarayonida  tushunish  katta  rol  o'ynaydi. 

O'quvchilaming  bilimlami  uqib  olishdagi  muvaffaqiyatlari  ulaming  shu 

bilimlami  qay  darajada  tushunishlariga  bog'liq bo'ladi.

Odamning aqliy faoliyatida tushunish va mustaqil  ijodiy tafakkur jara­

yonlari bir-birini istisno qilmaydi.  Shuni nazarda tutish kerakki, tafakkur­

ning bu  ikkala  turi  ayni  bir xil  operatsiyalardir:  taqqoslash,  analiz,  sintez 

qilish  va  shu  kabilarda  sodir bo'laveradi.

Ba’zan  tushunish  jarayonida  ham  savollar  qo'yishga  va  masalalarni 

hal qilishga to'g'ri keladi. Og'zaki nutqni idrok qilish chog'ida yoki kitobni 

o'qiyotganimizda,  yoxud  biror  texnika  va  mexanizmlarni  ko'zdan 

kechirayotganimizda  tushunib  bo'lmaydigan,  tushunish  qiyin  bo'lgan 

narsalar uchrab qoladi.  Bunday hollarda «buni qanday tushunmoq kerak» 

degan  savol  tug'iladi,  bu  savolning javobini  qidirish  boshlanadi.  Bundan 

tashqari, biror vazifani  mustaqil  hal qilmoq uchun, biror masalani  musta­

qil  hal  etmoq  uchun  biror  nimani  tushunish  ham  kerak.  Masalan,  hukm 

yuritishda chin xulosaga kelmoq uchun shu  hukm yuritishga asos bo'lgan 

shart-sharoitning  mazmunini  to'g'ri  tushunib  olmoq  kerak.  Matematika 

masalasini yechayotgan o'quvchi awalo shu masalaning mazmunini tushu­

nib  olishi,  ya’ni  matnda  ifodalangan  fikmi  (hukmni  va  tushunchalarni) 

uning  mantiqiy  bog'lanishida  to'g'ri  uqib  olishi,  so'ngra  esa  masalani 

yechishga  kirishuvi,  ya’ni  tushunilgan  materialga  asoslanib  turib,  har  xil 

fikrlash jarayonlarini tatbiq qilish  yo'li  bilan  noma’lum sonni  qidirishi  va 

topishi  lozim  bo'ladi.

Tushunish  (idrok  qilishdan  iborat  fikr  yuritish jarayoni)  va  masalani 

mustaqil  yechish  (ijodiy  fikr qilish)  jarayonlari  odam  faoliyatida  bir-biri 

bilan  chambarchas  bog'langan  holda  sodir bo'ladi  va  o'tadi.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish