P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  tafakkur jarayonlari



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  tafakkur jarayonlari

Boshqa  aqliy jarayonlar  singari,  tafakkur jarayoni  ham,  ixtiyoriy  va 

ixtiyorsiz  sodir bo'lishi  mumkin.

Boshqa  aqliy  faoliyat  turlariga  (idrok,  esda  qoldirish,  esga  tushirish, 

xayolga)  nisbatan  tafakkur  ko'proq  ixtiyoriy jarayondir.  Fikrlash  faoliya­

tida ko'pincha maxsus savollar qo'yiladi, masalalar ifodalab beriladi. Javob- 

larni  qidirish,  yangi  masalalarni  yechish  vaqtida  ko'pincha  biz  ma'lum 

darajada  kuch  sarflaymiz,  irodamizni  ishga  solamiz,  bunda  ba’zan  katta 

qiyinchiliklarni,  to'sqinliklarni  yengishga  to'g'ri  keladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Ixtiyoriy  tafakkur  muhokama  qilish  tarzida  o‘tadi.  Matematikadan 

har  qanday  masalani  yechish  jarayoni  ixtiyoriy  tafakkurga  misol  bo‘la 

oladi.  Nazorat  qiluvchi tanqidiy tafakkur ham,  asosan,  ixtiyoriy tafakkur 

jarayonidir.

Tafakkur jarayonlari  ixtiyorsiz  tarzda  ham  boMadi.  Bunda  ixtiyorsiz 

jarayonlar  ko'pincha  ixtiyoriy  tafakkur  bilan  chambarchas  chirmashib 

ketadi.  Ba’zan  faoliyatning turli  sohalariga:  maishiy,  amaliy,  ilmiy-bilish 

faoliyatlariga  doir  savollar  beixtiyor  tug'ilib  qoladi.  Qo'yilgan  savollar- 

ning javoblari ham, xuddi shuningdek, ba’zan beixtiyor qidiriladi va topi­

ladi.  Bunday  hollarda  fikrlash jarayonlar  sezilmasdan  o'taveradi,  savol- 

larning  javoblari  esa  fahmga  kelganday  bo'ladi.  Ba’zan  shunday  ham 

bo'ladiki, biz qattiq fikr qilib turgan vaqtimizda butunlay boshqacha fikr­

lash bizda beixtiyor (biror nimaning ta’siri bilan) paydo bo'ladi, shu fikr­

lar  ongimizga  o'rnashib  olib,  bizning  e’tiborimizni  asosiy  ishdan,  shu 

onning o'zida ongli ravishda qo'yilgan vazifadan chetga tortadi. Ko'pincha 

biz  biron-bir  vazifani  ixtiyoriy  ravishda  o'z  oldimizga  qo'yib,  uni  hal 

etayotganimizda,  shu  onning o'zida bizning oldimizda turmagan  boshqa 

masalalarni ham yo'lakay hal qilib qo'yamiz. Shunday hollar ham bo'ladiki, 

ixtiyoriy  ravishda zo'r berib,  fikr qilingan vaqtda hal  etilmay qolgan ma- 

salalar  biroz  vaqt  o'tgach,  biz  kutmagan  holda,  o'z-o'zidan  hal  qilinib 

qoladi.

Yirik mutafakkirlar beixtiyor fikr qilib turgan  paytlarida  ilmiy kashfi­

yotlar  qilganliklari  singari  hollar  ham  oz  emas.  Chunonchi,  shu  narsa 

ma’lumki, qadimiy grek mutafakkiri Arximed solishtirma og'irlik qonunini 

shu  masala  ustida zo'r berib  fikr qilgan  vaqtida kashf qilolmasdan,  balki 

o'zi sira kutmagan bir paytda, vannada cho'milib turgan vaqtida beixtiyor 

kashf qilgan.

Mendeleyevning  aytishiga  qaraganda,  u  elementlaming  davriy  siste­

masi jadvalini tuzmoqchi bo'lib, uch kecha-kunduz tinmay ishlagan. Ammo 

shunda  ham  bu  vazifani  hal  qila olmagan.  Shundan  keyin juda  charchab 

o'rniga yotgan-u, shu onda uxlab qolgan.  «Men tushimda, — deydi  Men­

deleyev, — shu elementlar batartib joylashtirib qo'yilgan jadvalni ko'rdim». 

Mendeleyev darhol o'rnidan turib, shu jadvalni bir parcha qog'ozga yozib 

qo'ygan.


Masalaning  bunday  beixtiyor  ravishda,  kutilmagan  holda  hal  etilishi 

ilgari  zo'r  berib  qilingan,  lekin  bitmay  qolgan  tafakkur jarayonining  tu- 

gallanishi  bo'lsa  kerak.

O'zlari  masalani  mana  shunday  beixtiyor hal  etgan  va  shu jarayonni 

kuzatgan  kishilar  bu  jarayonni  mana  shu  tariqa  izohlab  berganliklarini 

ko'ramiz.  Masalan,  professor  Bexterevning aytishiga qaraganda,  u tushi- 

da  yoki  ertalab  uyg'onishi  bilanoq,  masalani  to'satdan  yechishga  muvaf-

www.ziyouz.com kutubxonasi




faq  bo'lar  ekan.  Bunday hollarda  o'rganilayotgan  masala  ustida  uxlash- 

dan  oldin  ham  qattiq  o'ylash  va  diqqat-e’tibomi  shu  masalaga  to'plash 

katta  rol  o'ynasa kerak.

Beixtiyor tafakkur jarayonlarida  muvaqqat  bog'lanishlarning vujudga 

kelishida  oriyentirovka  reflekslari  katta  rol  o'ynaydi,  oriyentirovka  ref- 

lekslari  mana  shu  bog'lanishlarni  faollashtiradi  va  shu  bog'lanishlarning 

yo'nalishiga ta’sir qiladi.

Taajjublanish va hayratda qolish hislari, qiziqish hissi, ishonch, ishonch­

sizlik  hissi,  shubhalanish hissi  va,  ayniqsa,  yangilikni  sezish  hissi  ixtiyor­

siz tafakkur jarayonlarini  faollashtirishda  katta ahamiyatga egadir.

Bu  hislar  fikrlash jarayonlarining  tug'ilishiga  sabab  bo'ladi  yoki  shu 

hislarning  o'zi  tafakkur jarayonlari sababli  tug'iladi va o'z  navbatida  shu 

jarayonlarning  borishiga ta’sir qiladi.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish