P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Hukmning  haqligiga  ishonch  hissi



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Hukmning  haqligiga  ishonch  hissi

Tafakkur jarayoni  hamisha obyektiv dunyoda mavjud  narsa-hodisalar 

to'g'risida  chin  xulosa  chiqarishga,  shuningdek,  xato  xulosa  va  hukm- 

lardan  qutulishga  qaratilgan bo'ladi.

Mana shunday chin haqiqatni qidirayotgan kishida, odatda, o'zi tayyor 

holda  o'qib  olayotgan  yoki  fikrlash jarayonida  paydo  bo'layotgan  hukm- 

larning  chinligiga,  haqligiga  ishonch  yoki  shubha  hissi  tug'iladi.  Ishonch 

yoki shubhalanish darajasi turlicha bo'ladi.  Biz biror hukmning chinligiga, 

muhokamalarimizning to'g'riligiga to'la amin bo'lishimiz, ishonishimiz yoki 

aksincha,  shubhalanishimiz yoxud butunlay  ishonmasligimiz  mumkin.

Shunday  hukmlar,  xulosalar  borki,  ularni  o'qib  olishda  yoki  hosil 

qilishda  kishida  shubhalanish  hislari,  ya’ni  ishonchdan  ishonchsizlikka 

o'tish  va  aksincha,  shubhadan  ishonchga  o'tish  hislari  paydo  bo'ladi.

Voqelikni  bevosita  idrok  qilish,  sezishga  asoslangan  hukmlar  bizda 

katta  ishonch  hissi  tug'diradi.  Odatda,  biz  bunday  hukmlarni  ko'rinib 

turgan,  o'z-o'zidan  ravshan  haqiqat  deymiz.  Lekin  idrok  qilish  vaqtida 

noto'g'ri  idrok  qilish  hollari  ham  bo'lganligi  sababli,  mana  shunday  id- 

roklarga  asoslangan  hukmlar bizda  ba’zan  ishonchsizlik  yoki  shubhala­

nish  hislarini  tug'diradi.  Ba’zan  biz  «o'z  qulog'imizga  va  o'z  ko'zimizga 

ishonmay  qolamiz».

www.ziyouz.com kutubxonasi



Xotira tasawurlariga asoslangan (o'tmishni esga tushiigandagi) hukmlar 

ba’zan kishida shubha tug'diradi va ularga kamroq ishonch bilan qaraymiz.

Xulosa  chiqarish  yo'li  bilan  hosil  qilinadigan  hukmlar  xotira  tasav- 

vurlariga asoslangan hukmlarga qaraganda ko'p daraja inobatli,  ishonchli 

bo'ladi,  lekin,  shunday bo'lsa ham,  biz xulosa chiqarish  yo'li  bilan  hosil 

qilingan  yoki  shu  yo'l  bilan  hosil  qilinadigan  hukmlardan  hamma  vaqt 

ham  qanoat  hosil  qilavermaymiz.  Buning sababi,  birinchidan,  mana shu 

chiqarilgan xulosaga negiz bo'lgan asoslaming qanchalik to'g'riligiga, ya’ni 

shu  hukmlarda  voqelikning  to'g'ri  aks  ettirilganligiga  qay  darajada 

ishonch  borligiga  va  ikkinchidan,  kishi  xulosa  chiqarishning  mantiqiy 

shakllarini qanchalik egallab olganligiga bog'liq bo'ladi. Agar kishi xulosa 

chiqarish shakllarini to'la egallab olmagan bo'lsa, u to'g'ri va chin asoslar 

bo'lgan taqdirda ham xato xulosa chiqarishi  yoki  chin xulosani  noto'g'ri 

xulosa deb  qabul  qilishi  mumkin.

Odamning  mavjud  ehtiyojlari  va  manfaatlari  hukmning chinligiga va 

muhokamaning to'g'riligiga hamda qay darajada ishonch bilan  qarashiga 

ta’sir qiladi. Bizning ehtiyojlarimizga va manfaatimizga mos kelgan hukmlar 

darrov chin  hukm  deb  aytila  beradi,  bizning manfaatimizga  mos  kelma- 

gan  hukmlami,  xulosalarni  esa,  ko'pincha,  biz  noto'g'ri  xulosalar  deb 

qabul  qilamiz.

Hukm  chiqarishda  ishonchning  qay  darajada  osonlik  bilan  vujudga 

kelishi  har bir shaxsning  individual  xususiyatlariga ham bog'liqdir.

Odamlar hissiyotga berilib yoki o'z  manfaatlarini  ko'zlab hukm yuri- 

tishlari  mumkin,  shu  sababli  bir  tomonlama,  g'arazgo'ylik  bilan  chiqa­

rilgan  va  binobarin,  haqiqatni  aks  ettirmaydigan  xato  hukmlar  bo'lishi 

mumkin.


Ishonmaslik,  shubhalanish  hislari  haqiqatni  qidiraverishga  yo'llaydi, 

tajribada sinalgan hukmlar eng ko'p ishonch bilan qabul qilinadigan, ino­

batli  hukmlardir.  Shu  sababli,  odamning  fikr  qilishi  va  bilish  faoliyati 

jarayonlaridagi  tafakkur jarayonlarini,  ayrim  hukmlarni  tajribada  sinab 

ko'rish va tanqiddan  o'tkazish  zaruriyati,  ehtiyoji  tug'ilgan.

Haqiqatni  isbot  qilish,  noto'g'risini  rad  etish  ehtiyoji  tug'ilgan.  Shu 

sababli,  yana  kengaytirilgan  mantiqiy shakldagi  hukm  chiqarish,  hamma 

dalil va asoslami birma-bir keltirib xulosa chiqarish zaruriyati ham tug'ilgan. 

Tafakkurning ikkilamchi jarayonlari, ya’ni  nazorat  qiluvchi  yoki  tanqidiy 

tafakkur shu tariqa vujudga keladi va tashkil topadi.  Bu tafakkur kishining 

yoshi  o'tgan  sari,  tarbiya ta’siri  ostida o'sadi.  Nazorat  qiluvchi  tafakkur­

ning  o'sganligi  odamning  aqli  yuksak  darajada  o'sganligini,  odamning 

mustaqil  fikr yuritayotganligini  ko'rsatadi.  Hukmlarni  mufassal  turkum­

larga  ajratish,  xulosa  chiqarishning  hamma  turlariga  doir  qoidalar  tuzib 

berish, shuningdek, shubha tug'diradigan hukmlarni asoslash va isbotlash

www.ziyouz.com kutubxonasi




shakllarini  hamda  qoidalarini  tuzib  berish  bilan  logika  (mantiq)  fani 

shug‘ullanadi.  Shu  qoidalar  va  shakllarga  muvofiq  keladigan  tafakkur 




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish