400
Yadroviy energiyadan foydalanishga asoslangan qurilmalarning
asosiy qismi yadroviy reaktorlardir. Misol tariqasida atom elektr stansiya
(AES) ning ishlash prinsipi bilan tanishaylik. Zanjir bo‘linish
reaksiyasida ajralayotgan energiya aktiv zonani aylanib yuradigan (23.4-
rasm q.) issiqlik eltuvchiga o‘tadi. Issiqlik eltuvchi bu energiyani issiqlik
almashgichda suvga beradi, natijada suv bug‘ga aylanadi. Bug‘ esa o‘z
navbatida generatorning trubinasini harakatga keltiradi. Trubinadan
o‘tgan bug‘ kondensorda suvga aylanib, yana issiqlik almashgichga
boradi. Shu tarzda yadroviy energiya elektr energiyaga aylantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: