19.3-§. To‘lqin funksiya va uning statistik ma’nosi. Shredinger
tenglamasi
De-Broyl gipotezasini tajribada tasdiqlanishi, mikrozarralarning
impuls va koordinatalarini aniqlashda noaniqlik munosabatlarini
bajarilishi va boshqa qator tajribalar kvant mexanikasini yaratilishiga
olib keldi.
Kvant mexanikasini yaratilish davri 1900 yilda M.Plank
tomonidan yorug‘lik kvanti haqidagi gipotezani ixtiro qilinishi davridan
boshlab 1920 yillarni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Kvant
mexanikasini yaratishga avstriyalik fizik E.Shredinger, nemis fizigi V.
Geyzenberg va angliyalik fizik P.Diraklar katta hissa qo‘shgan. Bu
mexanikada faqat mikroob’yektlardagina aniq kuzatiladigan kvant
tasavvurlar o‘z aksini topganligi uchun uni, odatda, kvant mexanikasi
deb ham ataladi.
Yorug‘likning kvant nazariyasiga ko‘ra difraksiya manzarasining
intensivligi, o‘sha joyga tushayotgan kvantlar soni bilan aniqlanadi.
Shuningdek, difraksiya manzarasining ma’lum nuqtasiga mos kvantlar
soni yorug‘lik to‘lqini amplitudasining kvadrati E
2
m bilan aniqlanadi.
Bitta kvant uchun to‘lqin amplitudasining kvadrati uni fazoning u yoki
bu nuqtasiga tushish ehtimolligini bildiradi.
Mikrozarralarda kuzatiladigan difraksiya manzarasi ham ma’lum
yo‘nalishlar bo‘yicha zarralar oqimini bir xilda taqsimlanganligiga
bog‘liq. Ma’lum yo‘nalishga ko‘p sondagi zarralar to‘g‘ri kelsa, boshqa
yo‘nalishga kam sonli zarralar to‘g‘ri keladi.
To‘lqin nazariyaga ko‘ra difraksiya maksimumga de-Broyl
to‘lqinining eng katta intensivligi mos keladi. Fazoning qayeriga ko‘p
sonli zarralar tushayotgan bo‘lsa, o‘sha joyda de-Broyl to‘lqinining
intensivligi ham katta bo‘ladi. Boshqacha aytganda mikrozarralardan
hosil bo‘ladigan difraksiya manzarasi zarralarning fazoning o‘sha joyiga
tushish ehtimolligiga bog‘liq.
320
Kvant
nazariyasining
o‘ziga
xos
tomoni
shundaki,
mikrozarralarning xossalarini o‘rganishda ehtimolliklar qonuniyatlaridan
foydalaniladi. De-Broyl to‘lqini ehtimolliklar to‘lqinidan iborat deb
qarash, ya’ni zarrani fazoda topilish ehtimolligi to‘lqin qonuniyat bilan
o‘zgaradi deyish xato bo‘lar edi. Chunki, bunday bo‘lganda zarrani
fazoda topilish ehtimolligi manfiy qiymat ham oladi. Ehtimollikni
manfiy bo‘lishi ma’noga ega emas.
1926 yilda M.Borning ko‘rsatishicha to‘lqin qonuniyat bilan
ehtimollik o‘zgarmasdan, balki ehtimollikning amplitudasi o‘zgaradi.
Ehtimollikning amplitudasi fazoning koordinatalari va vaqtga bog‘liq
bo‘lgan (x, u, z, t) to‘lqin funksiya orqali ifodalanadi. Ehtimollik
amplitudasi mavhum bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ehtimollik uning
modulining kvadratiga proporsional:
W
∼
2
)
,
,
,
(
t
z
y
x
ψ
(19.4)
Demak, de-Broyl to‘lqini amplitudasining kvadrati fazoning ayni
nuqtasida mikrozarraning qayd qilish ehtimolligini xarakterlaydi.
Shunday qilib mikrozarrani holatini to‘lqin funksiya bilan ifodalash
statistik yoki boshqacha aytganda ehtimollik xarakteriga ega. To‘lqin
funksiya qiymatini kvadrati zarrani t vaqt momentida fazoning tomonlari
x va x+dx, u va u+dy, z va z+dz sohasida topilish ehtimolligini
ko‘rsatadi.
Kvant mexanikasida zarrani holati butunlay yangicha, ya’ni
zarraning ham to‘lqin, ham korpuskulyar xususiyatini o‘zida
mujassamlashtirgan to‘lqin funksiyasi orqali ifodalanadi. Zarrani
hajmining dv bo‘lakchasida bo‘lish ehtimolligi
Do'stlaringiz bilan baham: |